4.Mustaqillik – me’yoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi. Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. Davlat ramzlari.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurilishining Konstitutsiyaviy va huquqiy asoslarini yaratish va yuksak taraqqiyotimizning kafolati rolini muvaffaqiyatli bajarmoqda.
Mustaqillik tomon qo‘yilgan dastlabki qadamlardan biri-bo‘lajak suveren Respublikaning Konstitutsiyasini tayyorlash g‘oyasi Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan 1990-yilni mart oyida ilgari surildi. Ko‘p o‘tmay shu yilning iyun oyida Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida Respublika Prezidenti rahbarligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy Komissiya tuzildi.
Komissiya Konstitutsiya loyihasini tayyorlash jarayonida xalqaro huquq qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining hujjatlariga, Butunjahon inson huquqlari Deklaratsiyasiga amal qildi. Dunyoning ko‘pgina taraqqiy etgan va rivojlanayotgan mamlakatlarining konstitutsiyaviy hujjatlari o‘rganib chiqildi. Shu bilan birga boy tariximizdagi davlat boshqaruv tizimi va adolatli qonunshunoslik an’analari ham chuqur o‘rganildi.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o‘z mohiyati va ahamiyati jihatidan Sovet davridagi Konstitutsiyalardan, xususan, 1978-yilgi O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasidan tubdan farq qilishi kerak edi. Sotsialistik O‘zbekiston Konstitutsiyasi o‘zining mazmuni, ruhi bilan sobiq Ittifoq Konstitutsiyasidan kelib chiqib, O‘zbekistonni bu Ittifoqqa qo‘l-oyog‘i bilan zanjirband etdi. Sinfiylik, partiyaviylik g‘oyalari bilan sug‘orilgan Konstitutsiya g‘oyat darajada mafkuralashtirildi va siyosiylashtirildi. Inson manfaatlariga nisbatan davlat manfaatlari ustun qo‘yildi.
Mustaqillik Konstitutsiyasi loyihasida O‘zbekistonda yuz bergan tarixiy o‘zgarishlar hisobga olindi. Xususan, O‘zbekiston mustaqilligini qonunlashtirish, iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o‘tishning shartlari, davlat va jamiyat qurilishida demokratik tizimning tamoyillari, inson huquqining ustuvorligi ifodasini topdi. Konstitutsiyada bayon etiladigan masalalarni birma-bir o‘rganib chiqish uchun 35 kishidan iborat ishchi guruh va har bir bo‘limini alohida tayyorlaydigan kichik guruhlardan iborat komissiyalar tashkil etildi.
Ishchi guruh va komissiyalar 1991-yilni oktyabrida Konstitutsiyaning birinchi, 1992-yilni bahorida ikkinchi nusxasini tayyorladi va shu nusxasi 1992-yilni 26-sentabrida umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Joylardan tushgan minglab takliflar o‘rganib chiqilib, noyabr oyida ikkinchi marta matbuotda bosib chiqildi.
Tuzatishlar va aniqlashlardan keyin mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Asosiy Qonuni 1992-yili 8-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida qabul qilindi.
Mustaqillik Konstitutsiyasi muqaddima, olti bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat bo‘ldi. Birinchi bo‘limda Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari bayon etilib, unda Davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunning ustunligi, tashqi siyosatning bosh yo‘nalishlari o‘z ifodasini topdi. Asosiy Qonunning Ikkinchi bo‘limi 35 moddadan iborat bo‘lib, Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan. Bunda, O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklariga ega ekanligi, O‘zbekistonning butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatilganligi, fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklari, vijdon erkinligi va uning kafolatlanishi yoritilgan. Insonning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishga bevosita hamda o‘z vakillari orqali qatnashishlari, siyosiy partiyalar va harakatlarga qo‘shilish huquqlari ta’kidlab ko‘rsatilgan.
Konstitutsiya mohiyatini ochib beruvchi 10 ta asosiy tamoyil bo’lib,
1-tamoyil - davlat suvereniteti haqida bo’lib, 1-6 - moddalarda belgilab qo’yilgan.
2-Konstitutsiyaviy tamoyil - xalq hokimiyatchiligi haqida bo’lib, 7-14 – moddalarda xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir, deb ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |