259
bo‘yicha turli xil imkoniyatlarga, turli xil risklilik darajalariga ega
bo‘ladi. “Yangi tashkil etilgan” va “o‘sishda davom etayotgan”
korporativ tuzilmalarda katta miqdorda moliyaviy resurslar talab
qilinadi. Bunday korporativ tuzilmalar moliyaviy resurs jalb qilish
bo‘yicha agressiv moliyaviy siyosatni amalga oshiradilar, olingan
daromadlarni to‘liqligicha yoki katta qismini biznesga reinvestitsiya
qiladilar.
“Rivojlanishning
yuqori
darajasiga
chiqqan”
va
“rivojlanishdan to‘xtagan” korxonalarda esa moliyaviy resurslarga
bo‘lgan talab ma’lum bir darajada barqarorlashadi va bu jarayonda
ularning katta qismi o‘z mablag‘lari hisobiga qoplanadi. Aniq bir
korporativ tuzilmaning rivojlanish bosqichlari xususiyatlarini bilish
va uni hisobga olish korporativ moliyani samarali tashkil etish va
amalga oshirish imkonini beradi.
Tadbirkorlik faoliyati turli xil tashkiliy-huquqiy shakllarda
amalga oshirilishi mumkin. Tashkiliy-huquqiy shakl korporativ
tuzilma mulkdorlari va menejerlari tomonidan belgilab olinadigan
rivojlanish strategiyasi, investitsiyalarni jalb qilish manbalari va
shakllari, daromadlarni taqsimlash va reinvestitsiyalash rejalari,
soliqqa tortish tartiblaridan kelib chiqqan holda tanlanadi. Biznesni
tashkil etishning tashkiliy-huquqiy shakllari sifatida mamlakati-
mizda mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, xususiy korxonalar,
oilaviy korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari kabilar keng qo‘llanilib
kelinmoqda va ulardagi moliyaviy boshqaruv mexanizmi daromad-
larni taqsimlash, majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik, risklarning
taqsimlanishi, biznes ustidan nazoratni amalga oshirish, mulkchilik
huquqining boshqa shaxsga o‘tkazilishi, moliyaviy resurslarni jalb
qilish imkoniyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Xususiy va oilaviy korxonalarda, umuman kichik biznes
korxonalarida moliyaviy boshqaruv bevosita uning egasi tomonidan
amalga oshiriladi.
Katta bo‘lmagan korxonalarda moliyaviy boshqaruv funksiya-
lari buxgalteriya yoki uning tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan moliya
yoki reja-moliya bo‘limiga yuklatiladi. Natijada moliyaviy faoliyatni
umumiy boshqarish bosh hisobchi tomonidan amalga oshiriladi va
u bir vaqtning o‘zida moliyaviy direktor hisoblanadi.
Faoliyat ko‘lamini kengaytirib borish natijasida ixtisoslashgan
bo‘linmalar soni o‘sishi va ularning funksiyalari kengayib borishi
260
sababli moliyaviy boshqaruv tashkiliy tuzilmasi murakkablashib
boradi. Rivojlangan davlatlardagi o‘rta va yirik korporativ tuzil-
malarda moliyaviy direktor yoki moliyaviy masalalar bo‘yicha vitse-
prezident tomonidan boshqariladigan maxsus xizmat tashkil
etilgan. Mazkur xizmat o‘z tarkibiga bir nechta tegishli bo‘linmalarni
qamrab oladi. Bunday kompaniyalarda maxsus moliya xizmatining
namunaviy tuzilmasi quyidagi rasmda keltirilgan (12.5-rasm).
12.5-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: