©
“Iqtisod-moliya” nashriyoti, 2019
3
Akajonlarim Do‘stiyor va Sirojiddin
Elmirzayevlarning yorqin xotirasiga
bag‘ishlayman!
KIRISH
Bozor qonuniyatlarini hisobga olgan holda ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyot
yo‘nalishlari
belgilangan
davlatlarda
korporativ
boshqaruv amaliyotiga doimiy ravishda diqqat-e’tibor qaratilgan,
desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu boisdan mazkur masala xalqaro
iqtisodiy tashkilotlarning ham e’tiboridan chetda qolmasdan
kelmoqda. Xususan, Jahon banki guruhi tomonidan har yili e’lon
qilib kelinayotgan “Biznes yuritish” (Doing Business) hisobotlarida
biznes yuritishga ta’sir etuvchi muhim omil sifatida minoritar
investorlar huquqlarini himoya qilish holati alohida davlatlar
kesimida tahlil qilinib, reyting tuzib chiqilmoqda. Shuningdek
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan 2015-yilda
hozirgi real shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda “Korporativ
boshqaruv prinsiplari” qayta e’lon qilinganligi
1
korporativ boshqaruv
amaliyotining milliy va jahon iqtisodiyoti uchun qay darajada
muhimligini ko‘rsatmoqda.
Respublikamizda ham iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash
maqsadida korporativ tuzilmalar, xususan aksiyadorlik jamiyatlari
faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida qator islohotlar
o‘tkazilmoqda. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “korporativ
boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish,
korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini
kuchaytirish”
2
masalasi alohida belgilab qo‘yildi. Bunda korporativ
boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, aksiyadorlik jami-
yatlarida axborotlarni oshkor qilish va faoliyat shaffofligini
ta’minlash, aksiyadorlar, shu jumladan minoritar aksiyadorlar
1
http://www.doingbusiness.org
,
https://www.oecd.org/daf/ca/Corporate-Governance-Principles-
ENG.pdf
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 4947-sonli Farmonidan.
4
huquqlarini himoya qilish kabi jihatlarga ustuvor darajada e’tibor
qaratilmoqda. Keltirilayotgan jihatlar mamlakatimizdagi aksiya-
dorlik jamiyatlarining investitsion jozibadorligini ta’minlashda
alohida ahamiyat kasb etishini ham shu o‘rinda qayd etib o‘tish
zarur.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda iqtisodiy sohalar
bo‘yicha tayyorlanayotgan mutaxassislarning zamonaviy korporativ
boshqaruv xususida
yetarli darajada bilim,
malaka
va
ko‘nikmalarga ega bo‘lishini ta’minlash iqtisodiy oliy o‘quv yurtlari
oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Bunda esa aksiyadorlik
jamiyatlari (umuman, barcha korporativ tuzilmalar) faoliyati
bo‘yicha real amaliyot va bu boradagi ilg‘or xorij tajribalari asosida
o‘quv adabiyotlari yaratish va ta’lim tizimiga joriy etish maqsadga
muvofiq sanaladi.
Respublikamizda tayyorlanib kelinayotgan 5A230601 – “Davlat
moliyasini boshqarish”, 5A230602 – “Korporativ moliya va qimmatli
qog‘ozlar bozori”, 5A230603 – “Investitsiyalarni boshqarish”
magistratura mutaxassisliklari uchun mo‘ljallab nashrga tayyor-
langan va taqdim etilayotgan “Zamonaviy korporativ boshqaruv”
darsligi aynan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning
amaldagi mexanizmi, rivojlangan davlatlar ilg‘or tajribalari, xalqaro
tashkilotlar
tomonidan
belgilangan
korporativ
boshqaruv
prinsiplarini qamrab olgan.
Fan dasturi asosida darslikda korporativ boshqaruvning
nazariy asoslari, korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari va
modellari, korporativ tuzilma sifatida aksiyadorlik jamiyatlari
faoliyati tashkiliy asoslari, aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruv
organlari, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini tashkil etish, o‘tkazish
va rasmiylashtirish, korporativ nizolarning oldini olish va
manfaatlar to‘qnashuvini samarali boshqarish, aksiyadorlik
jamiyatlari faoliyat samaradorligini baholash, korporativ boshqa-
ruvda ichki nazorat tizimi, korporativ boshqaruvda axborotlarni
oshkor etish va shaffoflik, minoritar aksiyadorlar va ularning
huquqlarini ta’minlash, davlat ulushi mavjud aksiyadorlik
jamiyatlarida korporativ boshqaruv, korporativ moliyaviy siyosat va
uning asosiy yo‘nalishlari, aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli
5
qog‘ozlar muomalasi, aksiyalarni ochiq obuna tartibida joylashtirish
operatsiyalarini tashkil etish va o‘tkazish, korporativ birlashmalar
tashkil etish va ularning faoliyat mexanizmi, korporativ boshqa-
ruvda foydani taqsimlash mexanizmining qo‘llanilishi, aksiyadorlik
jamiyatlari
tomonidan
yirik
bitimlar
tuzish,
aksiyadorlik
jamiyatlarini qayta tashkil etish va tugatish masalalari atroflicha
o‘rganilganligiga guvoh bo‘lish mumkin. Har bir bob bo‘yicha amaliy
misollar, xorijiy tajribalardan misollar keltirilganligi darslikning
mazmunan boyishiga xizmat qilgan.
Xususan, Darslikning “Korporativ boshqaruvning nazariy
asoslari” birinchi bobida korporativ boshqaruvning mohiyati,
maqsadi va vazifalari, korporativ boshqaruv ishtirokchilari,
korporativ boshqaruv nazariyalari, korporativ boshqaruv va korpo-
rativ menejment, korporativ boshqaruv prinsiplari, O‘zbekistonda
korporativ boshqaruvning tashkiliy va huquqiy asoslari, korporativ
boshqaruv kodeksining qo‘llanish xususiyatlari xususida fikr
yuritilgan.
Darslikning “Korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari va
modellari” nomli ikkinchi bobida xalqaro darajada tan olingan
korporativ boshqaruv modellariga umumiy tavsif, Anglo-amerika
modeli xususiyatlari, Korporativ boshqaruvning nemis modeli,
korporativ boshqaruvning yapon modeli, Korporativ boshqaruvning
oilaviy modeli kabilar batafsil yoritilgan.
Darslikning “Korporativ tuzilma sifatida aksiyadorlik jamiyat-
lari faoliyati tashkiliy asoslari” nomli uchinchi bobida aksiyadorlik
jamiyatlarining vujudga kelishi va rivojlanish evolyutsiyasi, aksiya-
dorlik jamiyatlarining afzalliklari va kamchiliklari, aksiyadorlik
jamiyatlari tashkiliy asoslari bayon qilingan.
Darslikning “Aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruv organlari”
nomli to‘rtinchi bobida aksiyadorlik jamiyatlari tashkiliy tuzilmasi
va boshqaruv organlari tarkibi , aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va
uning vakolat doirasi, kuzatuv kengashi va uning korporativ
boshqaruvdagi roli, ijroiya organi tashkiliy tuzilishi va faoliyat
mexanizmi yoritilganligiga guvoh bo‘lish mumkin.
Darslikning “Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini tashkil etish,
o‘tkazish va rasmiylashtirish” nomli beshinchi bobida aksiyadorlar
6
umumiy yig‘ilishining tashkil etilishi, aksiyadorlar umumiy
yig‘ilishida ovoz berish va ovoz natijalarini rasmiylashtirish,
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini tashkil etish va o‘tkazishning
amaldagi holati atroflicha tadqiq qilingan.
Darslikning “Korporativ boshqaruv tizimini baholash” nomli
oltinchi bobida korporativ boshqaruv tizimini baholashning
tashkiliy jihatlari o‘rganilgan, aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ
boshqaruv tizimini baholash natijalari tahlil qilingan.
Darslikning “Korporativ nizolarning oldini olish va manfaatlar
to‘qnashuvini samarali boshqarish” nomli yettinchi bobida
korporativ nizolar, ularning yuzaga kelish sabablari va
tasniflanishi, manfaatlar to‘qnashuvini samarali boshqarish prin-
siplari, manfaatlar qarama-qarshiligi kelib chiqishining oldini olish,
manfaatlar qarama-qarshiligini boshqarish va bartaraf qilish kabi
masalalarga e’ibor qaratilgan.
Darslikning “Korporativ boshqaruvda ichki nazorat tizimi”
nomli sakkizinchi bobida ichki nazorat tizimining tashkiliy jihatlari
va amal qilish mexanizmi, taftish komissiyasi faoliyat mexanizmi,
ichki audit xizmati faoliyat mexanizmi
haqida fikr yuritilgan.
Darslikning “Korporativ boshqaruvda hisobdorlik, axborotlarni
oshkor etish va shaffoflik” nomli to‘qqizinchi bobida korporativ
boshqaruvda hisobdorlik, axborotlarni oshkor etish va shaffoflikni
ta’minlashning tashkiliy xususiyatlari, axborotlar oshkoraligini
ta’minlash maqsadida aksiyadorlik jamiyatlari korporativ veb-
saytlarida e’lon qilinadigan axborotlar, aksiyadorlik jamiyatlarining
emitent sifatida axborotlarni oshkor etishlari bo‘yicha talablar
bayon qilingan.
Darslikning “Minoritar aksiyadorlar va ularning huquqlarini
ta’minlash” nomli o‘ninchi bobida aksiyadorlarning huquqlari va
ularga amal qilishi, minoritar aksiyadorlar va ular huquqlarini
himoya qilish, aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish tartiblari
keltirilgan.
Darslikning “Davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlarida
korporativ boshqaruv” nomli o‘n birinchi bobida davlat va
korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarning
iqtisodiy mohiyati, korporativ boshqaruvda davlat ishtirokining
7
o‘ziga xos xususiyatlari, oltin aksiya amaliyoti va uning
O‘zbekistonda qo‘llanilish xususiyatlari o‘rganilgan, aksiyadorlik
jamiyatlarida davlat ishtirokining amaldagi holati tahlil qilingan.
Darslikning “Korporativ moliyaviy siyosat va uning asosiy
yo‘nalishlari” nomli o‘n ikkinchi bobida korporativ moliyaviy
munosabatlar tizimi, korporativ moliyani boshqarishning tashkiliy
xususiyatlari va konsepsiyalari, korporativ moliyaviy siyosat asosiy
yo‘nalishlari tadqiq qilingan.
Darslikning “Aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog‘ozlar
muomalasini tashkil etish” nomli o‘n uchinchi bobida aksiyadorlik
jamiyatlarida qimmatli qog‘ozlar muomalasining nazariy va tashkiliy
jihatlari, aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini va boshqa qimmatli
qog‘ozlarini joylashtirish hamda olish tartibi bayon etilgan,
aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog‘ozlar muomalasi amaldagi
holati tahlil qilingan
Darslikning “Aksiyalarni ochiq obuna tartibida joylashtirish
operatsiyalarini tashkil etish va o‘tkazish” nomli o‘n to‘rtinchi
bobida aksiyalarni ochiq obuna tartibida joylashtirishning iqtisodiy
mohiyati, afzalliklari va kamchiliklari, aksiyalarni ommaviy
joylashtirish amaliyotini tashkil etish va o‘tkazish bosqichlari,
mamlakatimizda aksiyalarni ommaviy joylashtirish amaliyoti
keltirilganligiga guvoh bo‘lish mumkin.
Darslikning “Korporativ birlashmalar va ularda korporativ
boshqaruv mexanizmi” nomli o‘n beshinchi bobida korporativ
birlashishlarning iqtisodiy mohiyati, bozor iqtisodiyoti sharoitidagi
ahamiyati va amalga oshirilishi, korporativ birlashmalarning tur-
lari, o‘zbekistonda xoldinglar faoliyat mexanizmi bayon qilingan.
Darslikning “Korporativ boshqaruvda foydani taqsimlash
mexanizmi” nomli o‘n oltinchi bobida aksiyadorlik jamiyatlarida
foydani taqsimlash va dividend siyosatining tashkiliy xususiyatlari
keltirilgan va aksiyadorlik jamiyatlari dividend siyosatining
amaldagi holati tahlil qilingan.
Darslikning “Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan yirik bitimlar
tuzish” nomli o‘n yettinchi bobida aksiyadorlik jamiyatlarida yirik
bitimlar tuzish tartibi, aksiyadorlik jamiyatining affillangan
shaxslari bilan bitimlar tuzish amaliyoti keltirilgan.
8
Darslikning “Aksiyadorlik jamiyatini qayta tashkil etish va
tugatish” nomli o‘n sakkizinchi bobida aksiyadorlik jamiyatini qayta
tashkil etish, mamlakatimizda qo‘shib yuborish, qo‘shib olishga
oldindan rozilik berish tartibi, aksiyadorlik jamiyatlarini tugatish
tartibi bayon qilingan.
Darslikdagi “Davlat va korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi
moliyaviy munosabatlarning iqtisodiy mohiyati” nomli 11.1-
paragrafi Toshkent moliya instituti “Moliyaviy menejment” kafedrasi
katta o‘qituvchisi J.J.Qurbonov tomonidan yozilgan.
Darslikni tayyorlashda mahalliy olimlar qatori xorijiy olimlar
ilmiy
tadqiqot
ishlaridan,
xalqaro
hisobotlardan
keng
foydalanilganligini ham qayd etib o‘tish zarur.
Har bir bob yuzasidan amaliyot darslari uchun keltirilgan
qator topshiriqlar talaba va magisrantlarni masala yuzasidan
mustaqil mushohada yuritishga undaydi va fikrlash doirasini
kengaytirishga xizmat qiladi. Bunda klasterli topshiriqlar, T-sxema
bo‘yicha topshiriqlar, muammoli vaziyatlar bo‘yicha fikrlar
bildirishga yo‘naltiradigan masalalar o‘rganuvchining o‘z fikrini
bayon etishini rivojlantirishida ham ahamiyatga ega.
Har bir mavzu bo‘yicha keltirilgan nazorat savollari, test
variantlari talabalarning mavzu bo‘yicha bilimlarini mustaqil
tekshirish imkonini beradi va ma’ruza darslarini mustahkamlashga
xizmat qiladi.
Darslik 5A230601 – “Davlat moliyasini boshqarish”, 5A230602
– “Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori”, 5A230603 –
“Investitsiyalarni boshqarish”, 5A230604 – “Xalqaro moliya”
magistratura mutaxassisliklari uchun mo‘ljallab nashrga tayyor-
langan bo‘lsa-da, undan boshqa iqtisodiy yo‘nalishlar va mutaxas-
sisliklar, xususan 5231900 – “Korporativ boshqaruv” bakalavriat
yo‘nalishi, 5A231901 – “Korporativ boshqaruv” magistratura
mutaxassisligi
talabalari,
korporativ
boshqaruv,
moliyaviy
menejment, korporativ moliya sohalari bo‘yicha tadqiqotlar olib
borayotgan ilmiy izlanuvchilar va amaliyotchi mutaxassislar ham
foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |