15
1.2. Korporativ boshqaruv ishtirokchilari.
Korporativ boshqaruv va korporativ menejment
Bizga ma’lumki, korporativ tuzilma va uning ishtirokchilari
o‘rtasida korporativ munosabatlar o‘rnatiladi. Bunday muno-
sabatlar korporativ tuzilmani boshqarishda yaqqol ko‘zga
tashlanadi hamda majburiylik va boshqaruv xususiyatlariga ega
hisoblanadi.
Korporativ boshqaruv obyekti sifatida esa korporativ
munosabatlar va korporativ mulk qaraladi. Korporativ tuzilmalar o‘z
faoliyati davomida turli subyektlar munosabatlarga kirishadi.
Bunda munosabatlarga kirishuvchi subyektlar o‘z manfaatlari,
faoliyat xususiyatlari va boshqa jihatlarga ko‘ra tasniflanishi
mumkin. Umuman korporativ boshqaruv subyektlari quyidagilar:
-
emitent sifatida aksiyadorlik jamiyatlari;
-
aksiyadorlar, ya’ni investorlar;
-
korporativ tuzilma menejerlari;
-
davlat;
-
kreditorlar va boshqa manfaatdor shaxslar.
Umumiy holda munosabatga kirishuvchi birinchi navbatdagi
subyekt bu aksiyadorlar (ulushga ega shaxslar) hisoblanadi. Hozirgi
kunda davlat, jismoniy va yuridik shaxslar aksiyador bo‘lishlari
mumkin. Ular mulkdor sifatida o‘z kapitallarini aksiyadorlik
jamiyatlariga kiritadilar va albatta bundan manfaat (foyda, samara)
kutadilar. Bundan tashqari eng asosiy jihat bu aksiyadorlarning
aksiyadorlik jamiyatini umumiy boshqarish huquqini o‘z
zimmalarida qoldirishidir.
Aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatini umumiy boshqargan
holda maxsus boshqaruvni, joriy moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini
boshqarishni menejerlarga shartnoma asosida yuklaydi. Natijada
menejerlar ham korporativ munosabatlarga kirishadi hamda
faoliyatni samarali tashkil etish maqsadida xodimlar faoliyatini
o‘zaro muvofiqlashtirib boradi.
Xodimlar
korporativ
tuzilma
bilan
tuzilgan
mehnat
shartnomasi asosida ma’lum bir funksional vazifalarni bajaradilar
va tegishli ravishda ish haqlari hisoblanishi va to‘lanishi natijasida
moliyaviy munosabatlarga kirishadilar. Agarda xodim aksiyadorga
16
aylanadigan bo‘lsa, munosabatlar doirasi yanada kengaygan holda
boshqaruv munosabatlaridagi ishtiroki ham yuzaga keladi.
Korporativ tuzilmalar, jumladan aksiyadorlik jamiyatlari
faoliyatni tashkil qilish yoki kengaytirib borish nuqtayi nazaridan
turli moliyaviy tuzilmalar, xususan fond birjalari, banklar, sug‘urta
kompaniyalari bilan ham munosabatlarga kirishadilar. Moliya
institutlari bir tomondan o‘zlarining asosiy faoliyatlaridan kelib
chiqqan holda korporativ tuzilmalar bilan munosabatlarga kirishsa,
boshqa tomondan qo‘shimcha faoliyat sifatida aksiyadorlik
jamiyatlari aksiyalarini xarid qilish orqali aksiyadorga aylanishi
natijasida korporativ boshqaruvda ham ishtirok etishlari mumkin
bo‘ladi. Bunda moliya institutlari asosiy faoliyati orqali korporativ
tuzilmalar bilan munosabatlar deyilganda aksiyalarni joylashtirish
nuqtayi nazaridan fond birjalari bilan, qo‘shimcha mablag‘lar jalb
qilish nuqtayi nazaridan banklar bilan, risk darajasini kamaytirish
maqsadida sug‘urta kompaniyalari bilan nazarda tutilmoqda.
Yana bir eng asosiy jihat bu korporativ tuzilmaning o‘z asosiy
faoliyatini oshirishi uchun hamkor tadbirkorlik tuzilmalari bilan
yuzaga keladigan munosabatlaridir. Ular ham korporativ tuzilma
faoliyatidagi ishtirokidan kelib chiqqan holda manfaatdor tomonga
aylanadi va bilvosita bo‘lsada korporativ boshqaruv jarayonida
ma’lum holatlarda ishtirok etadi.
Korporativ boshqaruvda davlat bilan munosabatlar ham jiddiy
e’tibor talab qiladigan masalalardan biri hisoblanadi. Bunda davlat
tomonidan qo‘yilayotgan atrof-muhit muhofazasi, bandlikni qo‘llab-
quvvatlash, ijtimoiy muammolarni hal qilish kabi masalalar
korporativ tuzilma mulkdorlari tomonidan strategik qarorlar qabul
qilishda hisobga olinishi talab etiladi. Davlat bilan munosabatlarda
soliq munosabatlari qamrovi kengligi va majburiy va davomli
ekanligi bilan ham xarakterli hisoblanadi. Yuqoridagilardan
tashqari davlatning aksiyador sifatidagi faoliyati korporativ
boshqaruvda davlatning ishtirokini kafolatlaydi va bu amaliyot
dunyo miqyosida keng qo‘llanilishini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.
Korporativ tuzilma faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan
yuridik va jismoniy shaxslar hamda korporativ munosabat-lar
17
ishtirokchilari affillangan shaxslar deb ataladi. Bunda ma’lum bir
qarorlar affillangan shaxslar roziligi asosida qabul qilinadi.
Korporativ munosabatlarda subyektlar manfaatlaridan kelib
chiqqan holda quyidagilar bo‘yicha muammoli holatlar uchraydi:
- pul oqimlarini boshqarish;
- foydani taqsimlash;
- faoliyat yo‘nalishlarini kengaytirish va hokazolar.
Korporativ boshqaruvda eng asosiy subyektlar shubhasiz
mulkdorlar (aksiyadorlar) va menejerlardir. Shu nuqtayi nazardan
korporativ munosabatlarda korporativ boshqaruv va korporativ
menejment umumiy va xususiy tarzda ko‘rib chiqiladi.
Korporativ boshqaruv umumiy tarzda korporativ menejmentni
ham o‘z ichiga oladi va yaxlit boshqaruv tizimini o‘zida aks ettiradi.
Korporativ menejment esa maxsus shartnoma asosidagi boshqaruv
sifatida korporativ tuzilma joriy faoliyatini boshqarib boradi.
Korporativ tuzilmalarda yuzaga keladigan eng muammoli
munosabatlar aynan aksiyadorlar va menejerlar o‘rtasida yuzaga
keladi. Menejerlar aksiyadorlarning agentlari sifatida foliyat
yuritishi
tufayli
fanda
agentlik
nazariyasi
shakllangan.
“Tadbirkorlikda professional menejmentga XX asrdan boshlab
alohida e’tibor qaratilgan. Bosh ijrochi direktor yoki bosh menejer
jami menejerlar ustidan nazorat qiladi va javobgarlikni o‘z bo‘yniga
oladi. Rahbarlik va javobgarlik yuqoridan pastga, hisobdorlik esa
pastdan yuqoriga tartibda amal qiladi”
8
.
Do'stlaringiz bilan baham: