O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/363
Sana18.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#385558
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   363
Bog'liq
2 5255887484549596429

JAMI: 

659 

100,0 

30463,5 

100,0 

                                                           

66

 Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi ma’lumotlari asosida tuzildi. 




 

251 


Yuqoridagi  jadval  ma’lumotlaridan  ko‘rinib  turibdiki,  faoliyat 

ko‘rsatayotgan  aksiyadorlik  jamiyatlarining  244  tasi,  ya’ni  37  foizi 

Toshkent  shahrida  joylashgan  bo‘lib,  ular  tomonidan  26189,3 

milliard  so‘mlik,  ya’ni  jamiga  nisbatan  86  foiz  qimmatli  qog‘ozlar 

chiqarilgan. Bu borada eng past ko‘rsatkich Surxondaryo viloyatiga 

to‘g‘ri keladi. 

Korporativ  tuzilmalar  kapital  jalb  qilish  nuqtayi  nazaridan 

investitsiya  institutlari

,  xususan  investitsiya  va  pay  fondlari  bilan 

munosabatlarga kirishadi. Bunda “investorlarning pul mablag‘larini 

jalb  etish  va  ularni  investitsiya  aktivlariga  qo‘yish  maqsadida 

aksiyalar  chiqarishni  amalga  oshiruvchi  yuridik  shaxs  – 

aksiyadorlik  jamiyati  investitsiya  fondidir”

67

.  Keltirilayotgan 



ta’rifdan  ham  ko‘rishimiz  mumkinki,  investitsiya  fondlari  bevosita 

qimmatli  qog‘ozlar  bozorida  faoliyat  ko‘rsatadi  va  korporativ 

qimmatli qog‘ozlar bilan ham operatsiyalarga kirishadi. 

Milliy 


qonunchiligimizga 

ko‘ra,“aksiyadorlik 

jamiyatlari, 

banklar  va  boshqa  kredit  tashkilotlari,  sug‘urta  tashkilotlari, 

investitsiya  fondlari  hamda  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning 

mablag‘larini  jamlab  turuvchi  boshqa  fondlar  hamda  ularning 

investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar, manbalari yuridik 

va  jismoniy  shaxslarning  ixtiyoriy  badallari  bo‘lmish  xayriya 

fondlari  va  boshqa  ijtimoiy  fondlar,  mablag‘larining  hosil  bo‘lish 

manbalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy 

shaxslar  tomonidan  qilinadigan  majburiy  ajratmalar  bo‘lmish 

byudjetdan  tashqari  fondlar,  ustav  fondida  davlatga  tegishli  ulush 

bo‘lgan  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  va  davlat  unitar  korxonalari, 

fond  va  tovar  birjalari  har  yili  majburiy  auditorlik  tekshiruvidan 

o‘tishi  kerak”

68

.  Shuningdek  qonunchilikda  belgilangan  tartibda 



ixtiyoriylik asosida ham auditorlik tekshiruvi jalb qilinishi mumkin. 

Bundan  ko‘rinib  turibdiki,  korporativ  tuzilmalar  o‘z  faoliyati 

davomida  auditorlik  tashkilotlari  bilan  moliyaviy  munosabatlarga 

kirishishga  majbur.  Ayrim  moliyaviy  qarorlarni  qabul  qilishda 

auditorlik  xulosasi  talab  etilishi  ham  korporativ  tuzilmalar  va 

auditorlik tashkilotlarining o‘zaro hamkorligiga xizmat qiladi.  

Xaridorlar  va  mol  yetkazib  beruvchilar  bilan  moliyaviy 

munosabatlar  o‘z-o‘zidan  muntazam  amalga  oshirib  borilishi  bilan 

                                                           

67

 O‘zbekiston Respublikasi “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 3-modda. 



68

O‘zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 10-modda.  




 

252 


xarakterli. Chunki belgilab olingan faoliyatni amalga oshirish orqali 

qo‘yilgan  maqsadga  erishish,  ya’ni  foydani  maksimallashtirish 

uchun  xaridorlar  va  mol  yetkazib  beruvchilar  bilan  moliyaviy 

munosabatlar tashkil etilishi talab etiladi. 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  aktivlar  bahosi  bevosita  talab  va 

taklif  asosida  shakllanadi.  Shuningdek  ma’lum  bir  holatlarda 

aktivlarning  bozor  bahosini  aniqlash  baholash  tashkilotlari 

tomonidan  amalga  oshiriladi.  Korporativ  tuzilmalar  o‘z  faoliyatlari 

davomida  ma’lum  bir  moliyaviy  operatsiyalarni  amalga  oshirish 

uchun baholash tashkilotlari xizmatlaridan foydalanishlariga to‘g‘ri 

keladi. Qo‘shimcha ravishda qonunchilik talablari asosida baholash 

tashkilotlari  xizmatlaridan  foydalanish  bo‘yicha  majburiy  holatlar 

ham mavjud. “Garov to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, “Garov narsasini 

baholash  garovga  qo‘yuvchi  bilan  garovga  oluvchi  o‘rtasidagi 

kelishuvga  ko‘ra  yoki  baholash  faoliyati  to‘g‘risidagi  qonun 

hujjatlari talablariga muvofiq garov narsasini baholashdan o‘tkazish 

orqali  amalga  oshiriladi”

69

.  Baholash  to‘g‘risidagi  qonunchilikka 



ko‘ra,  “Baholashni  o‘tkazishni  davlatga  to‘la  yoki  umumiy  mulk 

huquqida  qisman  qarashli  baholash  obyektlari  bitim  tuzishga  jalb 

etilgan  taqdirda,  shu  jumladan:  baholash  obyektlarini  davlat 

tasarrufidan  chiqarish,  xususiylashtirish,  ishonchli  boshqaruvga 

topshirish  yoki  ijaraga  berish  maqsadida  ularning  qiymati 

aniqlanayotganda;  baholash  obyektlaridan  garov  narsasi  sifatida 

foydalanayotganda;  baholash  obyektlari  sotilayotganda  yoki  o‘zga 

shaxsga  boshqacha  tarzda  o‘tkazilayotganda;  baholash  obyektlari 

bilan  bog‘liq  qarz  majburiyatlaridan  boshqaning  foydasiga  voz 

kechilayotganda;  baholash  obyektlari  yuridik  shaxslarning  ustav 

fondlariga ulush tariqasida berilayotganda majburiydir. 

Baholash  o‘tkazish  baholash  obyektining  qiymati  to‘g‘risida 

nizo 

chiqqan 


taqdirda 

ham, 


shu 

jumladan 

mol-mulk 

natsionalizatsiya  qilinayotganda;  ipoteka  krediti  berilayotganda; 

taraflardan  birining  talabiga  binoan  er-xotinning  mol-mulki 

bo‘linayotganda; mol-mulk mulkdorlaridan davlat ehtiyojlari uchun 

sotib  olinayotgan  yoki  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan 

boshqacha tarzda olib qo‘yilayotganda; soliqlar va boshqa majburiy 

                                                           

69

O‘zbekiston Respublikasi “Garov to‘g‘risida”gi Qonuni, 10-modda. 




 

253 


to‘lovlar  to‘g‘ri  to‘lanishi  ustidan  nazorat  o‘tkazilayotganda 

majburiydir”

70

, deb belgilab qo‘yilgan.  



Yuqoridagilar  asosida  ta’kidlash  mumkinki,  korporativ 

tuzilmalar bank kreditlarini jalb qilish jarayonida garov ta’minotini 

baholash  yuzasidan  baholovchilarga  bevosita  murojaat  qiladi. 

Umuman  baholovchilar  faoliyati  nafaqat  garovni  baholash,  balki 

qimmatli  qog‘ozlarni  baholash,  biznesni  baholash  va  hokazolarda 

ham namoyon bo‘ladi. 

Lizing  kompaniyalari  bilan  moliyaviy  munosabatlarning 

tashkil  etilishi  natijasida  korporativ  tuzilmalar  o‘z  faoliyatlariga 

yangi  texnologiyalar,  asosiy  vositalar  jalb  qilishlari  mumkin. 

Korporativ  tuzilmalarning  asosiy  vositalar  sotib  olish  imkoniyati 

cheklangan  sharoitda  lizing  xizmatlaridan  foydalanish  nisbatan 

samarali bo‘lishi mumkin. 

Soliq  maslahatchilari  bilan  munosabatlarda  esa  soliq 

imtiyozlaridan  samarali  foydalanish,  soliqlarni  rejalashtirish,  soliq 

xatoliklarini  bartaraf  etish  va  hokazolarga  e’tibor  qaratiladi.  Bu 

haqda to‘rtinchi bobda atroflicha to‘xtalib o‘tamiz.  

Shuningdek,  korporativ  tuzilmalar  konsalting  firmalari, 

yuridik 


xizmatlar 

ko‘rsatuvchi 

subyektlar, 

ilmiy 


tadqiqot 

muassasalari,  birjalar  va  boshqa  ijtimoiy  hamda  bozor 

infratuzilmalari  subyektlari  bilan  ham  moliyaviy  munosabatlarga 

kirishishlari mumkin. 

Bugungi  kunda  korporativ  moliyaviy  munosabatlarda  birla-

shishlar  va  qo‘shib  olishlar  operatsiyalari  xalqaro  miqyosda  keng 

qo‘llanilib  kelinayotgan  amaliyotlardan  biri  ekanligidan  kelib 

chiqqan  holda  mazkur  masalaga  e’tibor  qaratishni  maqsadga 

muvofiq, deb hisoblaymiz. 

Korporativ  moliyaviy  taraqqiyotda  har  qanday  korporativ 

tuzilma rivojlanish strategiyasini belgilashda o‘z tashkiliy tuzilmasi 

doirasida yoki boshqa mustaqil iqtisodiy subyektlar bilan birlashish 

orqali  rivojlanishga  e’tibor  qaratadi.  Shu  boisdan  korporativ 

birlashishlar  va  qo‘shib  olishlar  bugungi  kunda  korporativ 

moliyaviy  munosabatlarning  tarkibiy  qismiga  aylanib  ulgurdi. 

Bunda  bir  kompaniya  tomonidan  boshqa  bir  kompaniya  ustidan 

nazorat o‘rnatilishi natijasi hisoblangan qo‘shib olish operatsiyalari, 

                                                           

70

O‘zbekiston Respublikasi “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 11-modda. 




 

254 


shuningdek

 

ikki  yoki  undan  ortiq  kompaniya  yanada  yirikroq 

kompaniyani tashkil etish maqsadida o‘zaro birlashishlari hisobiga 

yangi  kompaniyalar  faoliyati  tashkil  etilishi  kabilarni  alohida  qayd 

etib  o‘tishimiz  mumkin.  Birlashish  va  qo‘shib  olish  bitimlari  orqali 

yangi biznesni tashkil etishdan asosiy maqsad biznesga qo‘shimcha 

elementlarni  birlashtirish  va  integratsiyalash  hisobiga  kompa-

niyaning  strategik  ustunligini  ta’minlashdan  iborat.  Moliyaviy 

jihatdan  yuqori  salohiyatga  ega  kompaniyalar  bozorda  yanada 

raqobatbardosh  bo‘lgan  kompaniyani  tashkil  etish  maqsadida 

nisbatan  kuchsiz  bo‘lgan  kompaniyalarni  o‘ziga  qo‘shib  olishga 

harakat  qiladi.  Shuningdek,  moliyaviy  jihatdan  o‘zaro  teng kuchga 

ega  kompaniyalar  bozorda  o‘z  ulushini  ko‘paytirish  yoki  o‘z 

samaradorligini  oshirish  maqsadida  o‘zaro  birlashadilar.  Keltirib 

o‘tilayotgan ustunlik jihatlar tufayli qo‘shib olinuvchi kompaniyalar 

ko‘p hollarda o‘zlarini boshqa kompaniyalar xarid qilish usuli orqali 

qo‘shib  olishlariga  rozi  bo‘ladi.  Chunki,  ular  keskin  raqobat 

muhitida  o‘zlarining  mustaqil  ravishda  jon  saqlab  qola  olishlariga 

ko‘zlari  yetmaydi.  Korporativ  birlashish  va  qo‘shib  olish 

operatsiyalari  aniq  hisob-kitoblarga  qat’i  ravishda    asoslanishini 

ham 

unutmaslik 



lozim. 

Chunki 


bunday 

operatsiyalar 

muvaffaqiyatsizlikka  yuz  tutishi  natijasida  biznesning  tugatilish 

holatlari ham ko‘p uchraydi. 

Korporativ  tuzilma  pul  mablag‘laridan  samarali  foydalanish 

maqsadida  turli  maqsadli  fondlarni  shakllantiradi.  Har  bir  pul 

fondining  o‘z  maqsad  va  vazifalari  belgilanadi.  Pul  fondlarini 

shakllantirish  orqali  korporativ  tuzilma  o‘z  faoliyatini  kerakli 

mablag‘lar bilan ta’minlashga intiladi, faoliyatini kengaytirib boradi; 

pul  oqimlari  harakatini  ishlab  chiqarish  uzluksizligiga  qaratadi; 

ilmiy  texnika  jarayonini  moliyalashtiradi;  yangi  texnikani 

o‘zlashtiradi  va  joriy  etadi;  subyektlarni  iqtisodiy  rag‘batlantiradi; 

byudjet, bank va hokazolar bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradi. 


Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish