O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/363
Sana18.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#385558
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   363
Bog'liq
2 5255887484549596429

huquqiy  ta’minot 

doirasida  amalga  oshiriladi.  Bunda 

huquqiy  ta’minotga  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi, 

Kodekslari, 

qonunlari, 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Prezidenti 

farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlari,  hukumat  qarorlari,  vazirlik 

va tarmoqlarning me’yoriy hujjatlari, litsenziyalar, shuningdek aniq 

bir  korporativ  tuzilmaning  ish  faoliyatini  tartibga  soluvchi  ta’sis 

hujjatlari,  nizomlar  va  yo‘riqnomalar  kiradi.  Bunda  moliyaviy 

qonunchilikdan,  xususan  soliq  qonunchiligidan  o‘z  vaqtida  xabar-

dor  bo‘lish  moliyaviy  qarorlar  qabul  qilishda  va  majburiyatlarni 

bajarishda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Korporativ  moliyani  boshqarish  tizimining  samarali  ishlashi 



tashkiliy  ta’minot

ga  ham  bog‘liq  bo‘lib,  bunda  boshqaruvning 

tashkiliy  mexanizmi,  shuningdek  tegishli  xizmat,  bo‘linma  va 

alohida  mutaxassislarning  funksiya  va  vazifalari  doirasi  nazarda 

tutiladi.  Shu  o‘rinda  soliqlar  bo‘yicha  mas’ul  bo‘linmalarning 

faoliyat  yuritishi  bir  tomondan  majburiyatlarga  o‘z  vaqtida  e’tibor 

qaratish imkonini bersa, boshqa tomondan qo‘shimcha xarajatlarga 

ham olib keladi. 

Korporativ  moliyani  boshqarishning 

metodik  ta’minoti

  asosini 

moliyaviy 

resurslarni 

samarali 

boshqarishga 

qaratilgan 

umumiqtisodiy,  analitik  va  maxsus  usullar,  metodlar  va  modellar 

majmuasi tashkil etadi. 

Korporativ  moliyani  boshqarish  tizimining  markaziy  bo‘g‘ini 



kadrlar  ta’minoti

  hisoblanadi.  Bunda  moliyaviy  menejerlar, 

menejerlar va boshqalar moliyaviy resurslarni maqsadli boshqarish 

yuzasidan  maxsus  usullar,  metodlar  va  instrumentlardan  keng 

foydalanadilar.   

Moliyaviy  qarorlar  qabul  qilish  boshqaruvchilarning  zarur 

axborotlar  ta’minlanish  darajasiga  beovosita  bog‘liq.  Bunday 



 

257 


axborotlarning o‘z vaqtida olinishi, to‘liqligi, aniqligi va ishonchliligi 

hozirgi  kun  biznes  muvaffaqiyatiga  xizmat  qiluvchi  eng  asosiy 

omillardan  biri  hisoblanadi.  Yuqoridagilar  asosida  ta’kidlashimiz 

mumkinki,  korporativ  moliyani  boshqarish  tizimining  muhim  va 

ajralmas elementi biznesning 

axborot ta’minoti

dir. 


Korporativ  moliyani  boshqarishda  keng  ma’noda  axborot 

ta’minotiga 

moliyaviy 

qarorlarni 

qabul 

qilish 


jarayonida 

foydalaniladigan  har  qanday  axborotni  kiritish  mumkin.  Bunda 

foydalaniladigan  axborotlar  shakllanish  manbalaridan  kelib 

chiqqan  holda  ichki  va  tashqi  axborotlarga  bo‘linadi.  Ichki 

axborotlar  korporativ  tuzilma  faoliyat  yuritishi  jarayonida  uning 

turli  bo‘linmalari  buxgalteriya,  rejalashtirish,  ishlab  chiqarish 

bo‘limi,  investitsiya,  moddiy-texnik  ta’minot,  savdo,  marketing  va 

boshqalardan  olinadigan  axborotlarni  o‘z  ichiga  oladi.  Bunday 

axborotlar korporativ tuzilma ichida yuzaga kelishi, amal qilishi va 

foydalanilishi sababli moliyaviy menejerga ulardan doimiy ravishda 

to‘liq va batafsil tarzda foydalanish imkoniyati taqdim etilishi lozim. 

Axborotlarning  miqdori,  shakli,  qamrov  va  batafsillik  darajasi 

hamda  olinish  davriyligi  aniq  bir  korporativ  tuzilma  ish  faoliyatini 

tartibga  soluvchi  tegishli  nizom  va  yo‘riqnomalar  asosida 

belgilanadi.  Bugungi  kunda  mamlakatimizdagi  aksiyadorlik 

jamiyatlarida  ichki  axborotlar  va  ulardan  foydalanish  bo‘yicha 

“Axborot siyosati to‘g‘risida” Nizom amal qilib kelayotganligini ham 

shu o‘rinda ta’kidlashimiz lozim. 

Fikrimizcha,  ichki  axborotlar  moliyaviy  boshqaruv  uchun 

so‘zsiz  muhim  bo‘lgan  bir  paytda  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida 

xo‘jalik obyektining samarali va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi ko‘p 

jihatdan ularning tashqi muhitga moslashuvchanlik qobiliyati bilan 

ham  belgilanadi.  Bunda  bozor  kon’yunkturasi,  mol  yetkazib 

beruvchilar,  xaridorlar,  raqobatchilar,  foiz  stavkalari,  soliq 

stavkalari  (umuman  soliqlar  bo‘yicha),  makroiqtisodiy  indikatorlar, 

qimmatli  qog‘ozlar  kotirovkalari,  moliyaviy  qonunchilikdagi 

o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlar moliyaviy menejer faoliyati uchun 

axborotga bo‘lgan talabda sezilarli darajada yuqori ulushga egaligini 

ham qayd etib o‘tishimiz lozim.  

Bunday  axborotlarni  olishning  qulayligi,  obyektivligi  va  o‘z 

vaqtida  amalga  oshirilishi  mavjud  axborot  bozori  va  uning 



 

258 


infratuzilmasi  rivojlanish  darajasiga,  shuningdek  foydalaniladigan 

texnik ta’minot va moliyaviy menejerlarning axborot texnologiyalari 

sohasidagi kasbiy tayyorgarlik holatiga ham bog‘liqdir. 

Korporativ  moliyani  boshqarishning  texnik  ta’minotini 

axborotlarni  yig‘ish,  uzatish  va  qayta  ishlash  jarayonini  maksimal 

darajada to‘g‘ri tashkil etish va optimallashtirish imkonini beruvchi 

zamonaviy  hisoblash  va  telekommunikatsion  texnika  vositalari 

tashkil  etadi.  Bunda  dasturiy  ta’minot  orqali  korporativ  tuzilma 

texnik 

majmuasining 

faoliyat 

yuritishi, 

kompyuterlardan 

foydalanuvchilar o‘zaro aloqasi va funktsional masalalarni hal qilish 

ta’minlanadi. 

Soliqlar 

bo‘yicha 

dasturiy 

ta’minotlarning 

mukammalligi esa ish jarayoni samaradorligini yanada oshiradi. 

Faoliyat  ko‘lami,  mulkchilik  shakllari,  rivojlanish  bosqichlari 

va  faoliyat  turlariga  bevosita  bog‘liq  holda  korporativ  moliyani 

boshqarish tizimi yetarli darajada murakkab tuzilmaga ega bo‘lishi 

mumkin. 



Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish