O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/363
Sana18.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#385558
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   363
Bog'liq
2 5255887484549596429

Kelib chiqish sabablari 

Oldini olish yo‘llari 

Bartaraf etish 

imkoniyatlari 

1. 


2. 

... 


1. 

2. 


... 

 

 



 

 


 

164 


 

 

VIII bob. KORPORATIV BOSHQARUVDA ICHKI  

NAZORAT TIZIMI 

 

8.1. Ichki nazorat tizimining tashkiliy jihatlari  

va amal qilish mexanizmi 

 

Aksiyadorlik 



jamiyatlari 

moliyaviy-xo‘jalik 

faoliyatining 

qonunchilik  hujjatlari  talablari  hamda  ichki  hujjatlar  qoidalari 

asosida  borishini  nazorat  qilib  borish  maqsadida  ichki  nazorat 

tizimi  ham  amal  qiladi.  Bunda  ichki  nazorat  tizimi  faoliyati 

aksiyadorlik jamiyati Ustavi, korporativ boshqaruv kodeksi va ichki 

me’yoriy hujjatlariga asoslanadi.  Shu o‘rinda aksiyadorlar umumiy 

yig‘ilishi  tomonidan  tasdiqlanadigan  “Ichki  nazorat  to‘g‘risida”gi 

Nizomda  ichki  nazorat  tizimining  maqsad  va  vazifalarini,  uning 

ishlash  prinsiplarini  hamda  aksiyadorlik  jamiyati  va  shaxslarning 

ichki nazoratdagi javobgarligini belgilaydi.  

Samarali  ichki  nazorat  mexanizmlarini  joriy  qilish  maqsadida 

kompaniya:  

-  kuzatuv  kengashi  to‘g‘risidagi  nizomda  uning  tarkibiga 

mustaqil a’zolarni kiritish talablarini aks ettiradi;  

- kuzatuv kengashiga homiylik (xayriya) yoki beg‘araz yordam 

ko‘rsatish  (olish)  tartibi  va  shartlarini  belgilash  hamda  bu  borada 

qaror  qabul  qilish  huquqini  faqat  aksiyadorlarning  umumiy 

yig‘ilishi  va  qonun  hujjatlarida  belgilangan  doirada,  bu  haqda 

barcha  aksiyadorlar  uchun  ma’lumotlarni  oshkor  etgan  tarzda 

beradi;  

-  aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishi  qaroriga  asosan,  har  yili 

mustaqil  professional  tashkilotlar  –  maslahatchilarni  jalb  etgan 

holda  biznes-jarayonlar  va  loyihalarning  kompaniya  rivojlanish 

maqsadlariga muvofiqligi yuzasidan tahlil o‘tkazadi;  

-  kompaniya  samarali  ichki  nazorat  tizimini  joriy  qilishning 

asosiy  maqsadini  barcha  aksiyadorlar,  shu  jumladan,  minoritar 

aksiyadorlarning  huquq  va  qonuniy  manfaatlarini  ta’minlashni 

belgilaydi;  ijroiya  organining  affillangan  shaxslar  bilan  va  yirik 

bitimlarni  mustaqil  amalga  oshirishi  uchun  kompaniyaning  joriy 

xo‘jalik  faoliyati  bilan  bog‘liq  bitimlarni  aniqlash  masalasini 




 

165 


aksiyadorlarning  umumiy  yig‘ilishida  muhokama  qilinishini 

ta’minlaydi;  

-  kompaniyaning  ichki  audit  xizmatiga  ichki  nazoratni,  shu 

jumladan,  50  foizdan  ziyod  ulushi  kompaniyaga  tegishli  bo‘lgan 

yuridik  shaxslar  bilan  o‘tkazilgan  operatsiyalar  ustidan  nazoratni 

amalga oshirish vakolatini beradi;  

-  kompaniya  tarkibiga  kiruvchi  tashkilotlarning  boshqaruv 

organlari yig‘ilishlarida o‘zining vakillarini kompaniya nomidan ovoz 

berish  tartibini  belgilaydi;  kompaniya  umumiy  yig‘ilishida  ishtirok 

etuvchi  shaxsga  shunday  shaxs  hisobidan  o‘zi  to‘ldirgan  byulleten 

nusxasini olish imkonini beradi;  

-  kompaniya  ijro  organidan  muntazam  ravishda  kompaniya 

tarkibiga  kiruvchi  korxonalar  faoliyati  yuzasidan  ularning 

tasdiqlangan biznes-rejasiga muvofiq, bajarilgan ishlar va erishilgan 

ko‘rsatkichlar to‘g‘risida hisobot talab qiladi;  

- kompaniya ichki nazorat organi (taftish komissiyasi va ichki 

audit  xizmati)ning  kuzatuv  kengashi,  aksiyadorlar  umumiy 

yig‘ilishi,  minoritar  aksiyadorlar  qo‘mitasi  (agar  mavjud  bo‘lsa)  va 

aksiyadorlar  bilan  o‘zaro  hamkorligi  tartibini  ishlab  chiqadi  va 

tasdiqlaydi.  

Kompaniyada  samarali  ichki  nazorat  tizimini  joriy  qilish 

uchun  aksiyadorlarning  umumiy  yig‘ilishi  "Ichki  nazorat 

to‘g‘risidagi nizom"ni tasdiqlaydi. U quyidagilardan iborat bo‘ladi:  

-  kompaniyaning  ichki  nazorat  organi  tarkibiga  hamda  uning 

a’zolari malakasiga talablar;  

-  ichki  nazorat  tizimi  to‘g‘risidagi  hisobot  tarkibi  va  uni 

shakllantirish reglamenti;  

-  kompaniya  ichki  nazorat  organi  tizimi  samaradorligini 

baholash uchun mustaqil professional tashkilotlar maslahatchilarni 

jalb qilish tartibi;  

-  ichki  nazorat  organi  ishini  monitoring  qilish  mexanizmlari 

tavsifi,  uning  a’zolariga  to‘lanadigan  kompensatsiya  va  mukofot 

pullarini hisoblash tartibi.  

"Ichki  nazorat  to‘g‘risidagi  nizom"  kompaniya  xodimlari, 

boshqaruv  va  nazorat  organi  a’zolari  uchun  rioya  etilishi  majburiy 

bo‘lgan hujjat hisoblanadi.  




 

166 


Kompaniya  "Kuzatuv  kengashi  to‘g‘risidagi  nizom"  talablariga 

muvofiq,  kuzatuv  kengashi  tarkibiga  bittadan  kam  bo‘lmagan 

(ammo  ustavda  ko‘zda  tutilgan  kuzatuv  kengashi  a’zolari  sonining 

15 foizidan kam bo‘lmagan) mustaqil a’zo kiritadi.  

Quyidagilar  kompaniya  kuzatuv  kengashining  mustaqil  a’zosi 

bo‘lishi mumkin:  

(I)  so‘nggi  besh  yil  mobaynida  kompaniya,  uning  sho‘ba  va 

affillangan korxonalarida ishlamagan shaxslar;  

(II)  kompaniya,  uning  sho‘ba  va  affillangan  korxonalari 

aksiyadori bo‘lmagan shaxslar;  

(III)  kompaniya,  uning  sho‘ba  va  affillangan  korxonalari  bilan 

qonun  hujjatlarida  belgilangan  eng  kam  ish  haqining  besh  ming 

baravari  miqdoridan  yuqori  summaga  tegishli  shartnomaga  ega 

bo‘lgan  yirik  mijozlari  yoki  mol  etkazib  beruvchilari  bilan  bog‘liq 

bo‘lmagan shaxslar;  

(IV)  kompaniya,  uning  sho‘ba  va  affillangan  korxonalari  bilan 

xizmat ko‘rsatish yuzasidan shartnomaga ega bo‘lmagan shaxslar;  

(V)  kompaniya,  uning  sho‘ba  va  affillangan  korxonalari 

rahbarlari  bo‘lgan  yoki  so‘nggi  besh  yil  mobaynida  shunday 

lavozimlarda ishlagan shaxsning oila a’zosi bo‘lmagan shaxslar;  

(VI)  kompaniyani  nazorat  qiluvchi  shaxs  (yoki  kompaniya 

ustidan  jamoa  tarzida  nazorat  olib  boruvchi  guruh  va/yoki 

tashkilot a’zosi) bo‘lmagan shaxslar;  

(VII)  kompaniya  bilan  fuqarolik-huquqiy  shartnoma  orqali 

bog‘liq  bo‘lmagan  va  kompaniyaning  sohasi  bo‘yicha  yuqori 

turuvchi  tashkiloti  (kompaniya)  yoki  yirik  aksiyadorining  xodimi 

bo‘lmagan shaxslar.  

Bizga  ma’lumki,  taftish  komissiyasi  va  ichki  audit  xizmati 

aksiyadorlik  jamiyatlarida  korporativ  boshqaruvning  va  ichki 

nazorat  tizimining  muhim  tarkibiy  qismlari  hisoblanadi.  “Ichki 

audit xizmatining vazifasi kompaniyada risklarni boshqarish hamda 

ichki  nazorat  tizimining  samarali  amalga  oshirilayotganligini 

mustaqil baholashdan iborat”

42

. Taftish komissiyasi milliy amaliyot-



da aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga bo‘ysunadi, xalqaro amaliyotda 

esa  “direktorlar  kengashiga  bo‘ysungan  holda  ushbu  holat 

                                                           

42

 Bob  Tricker.  Corporate  governance:  principles,  policies  and  practices.  –  UK.:  Oxford  university  press, 



2012. – P. 374. 


 

167 


yuzasidan  maslahatlar  berib  boradi”

43

.  Quyida  taftish  komissiyasi 



va ichki audit xizmati faoliyat mexanizmi xususida to‘xtalib o‘tamiz.  

 


Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish