O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan


 Taftish komissiyasi faoliyat mexanizmi



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/363
Sana18.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#385558
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   363
Bog'liq
2 5255887484549596429

8.2. Taftish komissiyasi faoliyat mexanizmi

44

 

 

Bizga ma’lumki, aksiyadorlik jamiyatlari korporativ boshqaruv 



va  ichki  nazorat  tizimida  taftish  komissiyasi  faoliyati  ham  muhim 

ahamiyat  kasb  etadi.  Shundan  kelib  chiqqan  holda  quyida  taftish 

komissiyasi faoliyati xususida to‘xtalib o‘tamiz. 

Aksiyadorlik  jamiyatlarida  O‘zbekiston  Respublikasining 

«Aksiyadorlik  jamiyatlari  va  aksiyadorlarning  huquqlarini  himoya 

qilish  to‘g‘risida»gi  Qonuni,  aksiyadorlik  jamiyati  Ustavi  asosida 

“Taftish  komissiyasi  to‘g‘risida”gi  Nizom  ishlab  chiqiladi  va 

aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishi  tomonidan  tasdiqlanadi.  “Taftish 

komissiyasi to‘g‘risida”gi Nizomda Taftish komissiyasining maqomi, 

vakolatlari va faoliyatini tashkil etish tartibi belgilab qo‘yiladi.  

Taftish  komissiyasi  aksiyadorlik  jamiyatining  nazorat  organi 

hisoblanib,  moliya-xo‘jalik  faoliyati  ustidan  nazoratni  amalga 

oshiradi.  Bunda  Taftish  komissiyasi  aksiyadorlarning  umumiy 

yig‘ilishiga  hisobdorligi  sababli  Kuzatuv  kengashi  va  ijroiya  organi 

uning faoliyatiga aralashishga haqli emas.  

Aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv organlari va aksiyadorlarni 

moliya-xo‘jalik  faoliyati  natijalari  to‘g‘risida  to‘liq  va  ishonchli 

axborot  bilan  ta’minlash,  aniqlangan  kamchilik  va  nuqsonlarni 

bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar kiritish hamda amalga oshirilgan 

tekshiruvlar  asosida  faoliyatni  takomillashtirishga  doir  takliflar 

ishlab chiqish Taftish komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi.  

Taftish  komissiyasi  quyidagilarni  amalga  oshirishga  vakolatli 

hisoblanadi: 

-  aksiyadorlik  jamiyatining  bir  yillik  faoliyati  yakunlari 

bo‘yicha  kompaniyaning  moliya-xo‘jalik  faoliyatini  tekshirishni 

amalga oshiradi;  

-  Taftish  komissiyasining  o‘z  tashabbusiga,  aksiyadorlarning 

umumiy  yig‘ilishi  va  Kuzatuv  kengashi  qaroriga  ko‘ra,  yoki  ovoz 

beruvchi  aksiyalarining  kamida  besh  foiziga  egalik  qiluvchi 

                                                           

43

 Bob  Tricker.  Corporate  governance:  principles,  policies  and  practices.  –  UK.:  Oxford  university  press, 



2012. – P. 359. 

44

 Мазкур  параграф  “Ўздонма



ҳ

сулот”  акциядорлик  компаниясининг  “Тафтиш  комиссияси 

тў

ғ

рисида”ги Низоми асосида тайёрланди. 




 

168 


aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga ko‘ra Kuzatuv kengashini 

oldindan  xabardor  qilish  yo‘li  bilan  boshqa  davr  ichidagi  faoliyat 

yakunlari  bo‘yicha  kompaniyaning  moliya-xo‘jalik  faoliyatini 

tekshirishni amalga oshiradi; 

- bir yillik yoki boshqa davr ichidagi faoliyat yakunlari bo‘yicha 

kompaniyaning  moliya-xo‘jalik  faoliyatini  tekshirish  yakunlariga 

ko‘ra hisobot va xulosa tuzadi; 

- moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha amalga oshirilgan tekshirish 

natijalarini  aksiyadorlarning  umumiy  yig‘ilishi,  Kuzatuv  kengashi 

va aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi e’tiboriga yetkazadi;  

-  aksiyadorlik  jamiyati  boshqaruvi  tomonidan  taqdim  etilgan 

hujjatlar  asosida  kompaniyada  affillangan  shaxslar  bilan  tuzilgan 

bitimlar  yoki  yirik  bitimlarni,  shuningdek  qonun  hujjatlarining  va 

kompaniya  ichki  hujjatlarining  bunday  bitimlarni  tuzishga  doir 

talablariga rioya qilinishini o‘rganib chiqadi; 

-  aksiyadorlik  jamiyatida  affillangan  shaxslar  bilan  tuzilgan 

bitimlar  yoki  yirik  bitimlar  mavjudligi  to‘g‘risida  har  chorakda 

xulosa tuzadi;  

-  aksiyadorlik  jamiyatida  affillangan  shaxslar  bilan  tuzilgan 

bitimlar  yoki  yirik  bitimlar  mavjudligi,  shuningdek  qonun 

hujjatlarining va kompaniya ichki hujjatlarining  bunday bitimlarni 

tuzishga  doir  talablariga  rioya  qilinishi  to‘g‘risidagi  xulosani  har 

chorakda Kuzatuv kengashining majlisiga olib chiqadi;  

-  hisobot  yili  davomida  aksiyadorlik  jamiyatida  affillangan 

shaxslar  bilan  tuzilgan  bitimlar  yoki  yirik  bitimlar  mavjudligi, 

shuningdek, 

qonun 

hujjatlarining 



va 

kompaniya 

ichki 

hujjatlarining  bunday  bitimlarni  tuzishga  doir  talablariga  rioya 



qilinishi  to‘g‘risidagi  xulosani  aksiyadorlarning  yillik  umumiy 

yig‘ilishiga olib chiqadi.  

Aksiyadorlik  jamiyatining  moliya-xo‘jalik  faoliyatini  tekshirish 

to‘g‘risidagi  talab  tekshirish  o‘tkazishni  talab  qilish  huquqiga  ega 

shaxslar  tomonidan  taftish  komissiyasi  raisi  nomiga  yuboriladi. 

Moliya-xo‘jalik 

faoliyatini 

tekshirish 

bo‘yicha 

tashabbus 

ko‘rsatuvchilar  istalgan  vaqtda  taftish  komissiyasi  tomonidan 

tekshirish o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingunga qadar Taftish 

komissiyasini yozma ravishda xabardor qilgan holda, o‘z talablarini 

qaytarib olishga haqli.  




 

169 


Taftish  komissiyasi  moliya-xo‘jalik  faoliyatini  tekshirish 

davomida  tekshirish  predmetiga  doir  barcha  mavjud  hujjat  va 

materiallarni o‘rganib chiqishi shart. Bunda tekshirish yakunlariga 

ko‘ra  kompaniyaning  taftish  komissiyasi  hisobot  va  xulosa  tuzadi, 

unda  aksiyadorlik  jamiyati  hisobotlarida  va  boshqa  moliyaviy 

hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligiga doir baho, 

buxgalteriya  hisobini  yuritish  va  moliyaviy  hisobotni  taqdim  etish 

tartibi  buzilganligi,  shuningdek  moliya-xo‘jalik  faoliyati  amalga 

oshirilayotganda  qonun  hujjatlari  buzilganligi  faktlari  to‘g‘risidagi 

axborot ko‘rsatilishi shart.  

Taftish komissiyasi Kuzatuv kengashi tomonidan aksiyadorlar 

umumiy  yig‘ilishini  chaqirish  to‘g‘risida  qaror  qabul  qilingan 

kundan  kechikmasdan  kuzatuv  kengashiga  yillik  moliya-xo‘jalik 

faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan xulosa taqdim etadi.  

Taftish  komissiyasi  taftish  komissiyasining,  aksiyadorlarning 

umumiy yig‘ilishining va kuzatuv kengashining tashabbusiga ko‘ra, 

yoki  aksiyadorlik  jamiyati  ovoz  beruvchi  aksiyalarining  kamida 

besh  foiziga  egalik  qiluvchi  aksiyadorning  (aksiyadorlarning) 

talabiga  ko‘ra  o‘tkazilgan  kompaniyaning  boshqa  davr  ichidagi 

moliya-xo‘jalik  faoliyatini  tekshirish  yakunlari  bo‘yicha  xulosani 

Kuzatuv kengashiga xulosa tasdiqlangandan keyin bir ish kunidan 

kechikmasdan taqdim etadi.  

Taftish  komissiyasining  son  tarkibi  aksiyadorlik  jamiyati 

Ustavi  bilan  belgilanadi  va  3  (uch)  kishidan  iborat  bo‘ladi.  Taftish 

komissiyasi a’zolari aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan 1 (bir) 

yil  muddatga  saylanadi.  Taftish  komissiyasining  a’zolari  o‘z 

majburiyatlarini  tegishli  tarzda  bajarmasligi  hollarida  ularning 

vakolatlarini  muddatidan  ilgari  tugatish  aksiyadorlar  umumiy 

yig‘ilishi qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.  

Ovoz  beruvchi  aksiyalarining  hammasi  bo‘lib  kamida  bir 

foiziga  egalik  qiluvchi  aksiyadorlar  (aksiyador)  moliya  yili 

tugaganidan  keyin  o‘ttiz  kundan  kechiktirmay,  aksiyadorlik 

jamiyati  taftish  komissiyasiga  bu  organning  miqdor  tarkibidan 

oshmaydigan  tarzda  nomzodlar  ko‘rsatishga  haqli.  Aksiyadorlar 

(aksiyador)  taftish  komissiyasiga  o‘zlari  ko‘rsatgan  nomzodlar 

ro‘yxatiga  aksiyadorlarning  yillik  umumiy  yig‘ilishi  o‘tkazilishi 




 

170 


to‘g‘risidagi xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran uch ish kunidan 

kechikmasdan o‘zgartishlar kiritishga haqli.  

Belgilangan  muddatlarda  aksiyadorlar  tomonidan  taftish 

komissiyasi  a’zoligiga  nomzodlar  ko‘rsatish  bo‘yicha  takliflar 

kiritilmagan  holatlarda  kuzatuv  kengashi  taftish  komissiyasiga 

saylash  uchun  mustaqil  ravishda  nomzodlar  ro‘yxatini  belgilashi 

mumkin. 

Ayni  bir  shaxs  taftish  komissiyasi  tarkibiga  ketma-ket  uch 

martadan  ortiq  saylanishi  mumkin  emas.  Taftish  komissiyasining 

a’zolari  bir  vaqtning  o‘zida  kuzatuv  kengashining  a’zosi  bo‘lishi, 

shuningdek  ayni  shu  aksiyadorlik  jamiyatida  mehnat  shartnomasi 

bo‘yicha 

ishlashi 

mumkin 


emas. 

Shuningdek, 

taftish 

komissiyasining  a’zolari  sanoq  komissiyasining  a’zosi  bo‘lishi  ham 

ta’qiqlanadi.  Taftish  komissiyasi  tarkibiga  qoidaga  binoan 

aksiyadorlari  (aksiyadorlar  -  jismoniy  shaxslar,  aksiyadorlar  - 

yuridik shaxslarning vakolatli mansabdor shaxslari) saylanadi. Shu 

bilan birga Taftish komissiyasi tarkibiga aksiyador bo‘lmagan, biroq 

moliya  va  iqtisodiyot  sohasida  kasbiy  ish  tajribasiga  ega  shaxslar 

saylanishi mumkin.  

“Buxgalteriya hisobi va hisoboti”, “Audit”, “Moliya” yoki boshqa 

iqtisodiy  mutaxassisliklar  bo‘yicha  oliy  yoki  o‘rta  ma’lumot; 

buxgalteriya  hisobi,  audit,  moliya  yoki  boshqa  iqtisodiy  sohalarda 

kamida  3  yillik  ish  tajribasiga  ega  bo‘lish  Taftish  komissiyasi 

a’zolariga doir malaka talablari hisoblanadi. 

Taftish  komissiyasi  a’zolarining  ko‘pchilik  ovozi  bilan  o‘z 

tarkibidan  taftish  komissiyasi  raisini  saylaydi.  Taftish  komissiyasi 

raisi o‘z faoliyati davomida quyidagilarni amalga oshiradi: 

- Taftish komissiyasining ishini tashkil qiladi;  

- Taftish komissiyasi majlislarini chaqiradi va o‘tkazadi;  

-  Taftish  komissiyasi  majlislari  bayonnomasini,  kompani-

yaning  moliya-xo‘jalik  faoliyatini  tekshirish  yakunlariga  ko‘ra 

hisobot  va  xulosalarni,  kompaniyada  affillangan  shaxslar  bilan 

tuzilgan  bitimlar,  yoki  yirik  bitimlar  mavjudligi  to‘g‘risidagi 

xulosalarni va boshqa hujjatlarni imzolaydi;  

- Taftish komissiyasi nomidan Kuzatuv kengashi yig‘ilishlarida 

va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlarida ishtirok etadi;  



 

171 


- amaldagi qonun hujjatlarida, aksiyadorlik jamiyati Ustavida, 

tegishli Nizomda va boshqa ichki hujjatlarda ko‘zda tutilgan boshqa 

vazifalarni bajaradi.  

Taftish  komissiyasi  istalgan  vaqtda  taftish  komissiyasi 

a’zolarining  umumiy  soniga  nisbatan  ko‘pchilik  ovoz  bilan  o‘z 

Raisini  qayta  saylashga  haqli.  Taftish  komissiyasi  raisi  bo‘lmagan 

taqdirda  uning  vazifasini  taftish  komissiyasining  a’zolaridan  biri 

amalga oshiradi.  

Taftish  komissiyasi  majlisi  bir  yilda  kamida  ikki  marta, 

kompaniyaning  moliya-xo‘jalik  faoliyatini  tekshirishdan  oldin  va 

tekshirishdan  keyin,  shuningdek  boshqa  zarur  hollarda  istalgan 

vaqtda  o‘tkaziladi.  Taftish  komissiyasining  majlislari  amaldagi 

qonun  hujjatlariga,  aksiyadorlik  jamiyati  Ustaviga  va  tegishli 

nizomga  muvofiq  Taftish  komissiyasi  raisi  tomonidan  mustaqil 

ravishda,  Taftish  komissiyasi  a’zolarining,  yoki  moliya-xo‘jalik 

faoliyatini  navbatdan  tashqari  tekshirishni  talab  qilish  huquqiga 

ega 

shaxslarning 



talablariga 

ko‘ra 


chaqiriladi. 

Taftish 


komissiyasining 

majlislari 

komissiya 

a’zolarining 

bevosita 

ishtirokida o‘tkaziladi. Kompaniya taftish komissiyasining majlisini 

o‘tkazish  uchun  taftish  komissiyasining  kamida  ikki  a’zosi  hozir 

bo‘lishi  zarur.  Taftish  komissiyasining  tarkibida  bir  kishi  qolgan 

taqdirda,  taftish  komissiyasining  yangi  tarkibini  saylash  uchun 

aksiyadorlarning  navbatdan  tashqari  yig‘ilishini  chaqirishi  shart. 

Masalalar  hal  etilayotganda,  taftish  komissiyasining  har  bir  a’zosi 

bitta  ovozga  ega  bo‘ladi.  Taftish  komissiyasining  qarorlari  (shu 

jumladan,  moliya-xo‘jalik  faoliyatini  tekshirish  natijalariga  ko‘ra 

xulosani  tasdiqlash  masalasi  bo‘yicha  qaror)  Taftish  komissiyasi 

a’zolarining  ko‘pchilik  ovozi  bilan  qabul  qilinadi.  Taftish 

komissiyasining qarori taftish komissiyasining majlis bayonnomasi 

bilan rasmiylashtiriladi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: 

- majlis o‘tkazilgan sana, vaqt va joy; 

-  majlisda  ishtirok  etgan  taftish  komissiyasi  a’zolarining 

ro‘yxati;  

- ovoz berishga qo‘yilgan masalalar, ular yuzasidan o‘tkazilgan 

ovoz  berish  yakunlari  (majlisda  ishtirok  etgan  har  bir  taftish 

komissiyasi a’zosining ovoz berish natijasini ko‘rsatgan holda);  

- qabul qilingan qarorlar.  




 

172 


Bayonnomaga  Taftish  komissiyasi  tomonidan  tayyorlangan 

xulosalar,  hisobotlar  va  boshqa  materiallar  ilova  qilinadi.  Taftish 

komissiyasining  a’zosi  taftish  komissiyasining  qaroridan  norozi 

bo‘lgan  taqdirda  o‘zining  alohida  fikrini  majlis  bayonnomasiga 

kiritishni  va  kompaniyani  boshqarish  organlari  va  (yoki) 

aksiyadorlari  e’tiboriga  yetkazishni  talab  qilishga  haqli.  Taftish 

komissiyasining  majlis  bayonnomasi  majlisida  ishtirok  etayotgan 

taftish  komissiyasining  a’zolari  tomonidan  imzolanadi,  ular  majlis 

bayonnomasi to‘g‘ri rasmiylashtirilishi uchun javobgar bo‘ladi.  

Majlis  bayonnomalari,  taftish  komissiyasining  hisobotlari, 

xulosalari  va  taftish  komissiyasining  majlis  bayonnomasiga  ilova 

qilinadigan boshqa materiallari kuzatuv kengashiga taqdim etiladi. 

Majlis 

bayonnomalari, 

taftish 

komissiyasining 

hisobotlari, 

xulosalari  va  taftish  komissiyasining  majlis  bayonnomasiga  ilova 

qilinadigan  boshqa  materiallar  qonun  hujjatlarida  belgilangan 

tartibda saqlanadi.  

Taftish komissiyasining a’zolari quyidagi huquqlarga ega:  

-  boshqaruv  a’zolaridan  kompaniyaning  moliya-xo‘jalik 

faoliyati to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etishni talab qilish;  

-  aksiyadorlik  jamiyati  tomonidan  affillangan  shaxslar  bilan 

aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi yoki Kuzatuv kengashi ushbu bitim 

bo‘yicha  qaror  qabul  qilganidan  keyin  amalga  oshirilgan  bitimni 

o‘rganish  natijalari  bo‘yicha  bayonnomalarni  aksiyadorlik  jamiyati 

boshqaruvidan talab qilish;  

-  aksiyadorlik  jamiyati  tomonidan  aksiyadorlarning  umumiy 

yig‘ilishi  yoki  Kuzatuv  kengashi  ushbu  bitim  bo‘yicha  qaror  qabul 

qilganidan  keyin  amalga  oshirilgan  yirik  bitim  bo‘yicha  hujjatlarni 

boshqaruvdan talab qilish;  

-  Kuzatuv  kengashi  va  boshqaruv  a’zolaridan,  aksiyadorlik 

jamiyatining  boshqa  mansabdor  shaxslari  va  xodimlaridan  qonun 

hujjatlarida  belgilangan  tartibda  kompaniyaning  moliya-xo‘jalik 

faoliyati  masalalari  bo‘yicha  og‘zaki  va  yozma  tushuntirishlarni 

talab qilish;  

- Kuzatuv kengashi majlislarini chaqirishni talab qilish; 

-  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  aksiyadorlarning 

navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirishni talab qilish.  




 

173 


Taftish  komissiyasining  a’zolari  majburiyatlari  quyidagilardan 

iborat: 


- o‘z majburiyatlarini halol bajarish;  

-  aksiyadorlik  jamiyati  va  uning  aksiyadorlari  manfaatlarini 

ko‘zlab ish tutish;  

- moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni tegishli tarzda amalga 

oshirish; 

-  moliya-xo‘jalik  faoliyatini  tekshirish  natijalari  bo‘yicha 

hisobot va xulosalarni o‘z vaqtida tayyorlash; 

-  boshqaruv  a’zolaridan  moliya-xo‘jalik  faoliyati  to‘g‘risidagi 

hujjatlarni taqdim qilishni yozma shaklda so‘rash; 

- boshqaruv a’zolaridan affillangan shaxslar bilan bitimlari va 

yirik  bitimlarini  o‘rganish  bayonnomalarini  taqdim  qilishni  yozma 

shaklda so‘rash; 

- amaldagi qonunchilikka rioya qilish;  

-  kompaniya  faoliyati  to‘g‘risidagi  maxfiy  axborotni  oshkor 

qilmaslik.  

Taftish  komissiyasining  a’zolari  qonun  hujjatlariga  muvofiq 

boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.  

Taftish  komissiyasining  a’zolari  aksiyadorlik  jamiyatlari  va 

uning  aksiyadorlari  manfaatlarini  ko‘zlab  ish  tutishlari  zarur. 

Taftish  komissiyasining  a’zolari  o‘z  majburiyatlarini  tegishli  tarzda 

bajarmaganliklari uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.  

Taftish  komissiyasining  a’zolariga  aksiyadorlar  umumiy 

yig‘ilishining qaroriga ko‘ra ular o‘z vazifalarini bajarib turgan davr 

uchun haq to‘lanishi va (yoki) o‘z vazifalarini bajarish bilan bog‘liq 

xarajatlarining  o‘rni  qoplanishi  mumkin.  Taftish  komissiyasi 

a’zolariga  to‘lanadigan  haq  va  to‘lovlarning  miqdorlari  kuzatuv 

kengashi  tavsiyasiga  ko‘ra  aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishi  qarori 

bilan belgilanadi.  

 


Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish