O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan


 Axborotlar oshkoraligini ta’minlash maqsadida



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/363
Sana18.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#385558
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   363
Bog'liq
2 5255887484549596429

9.2. Axborotlar oshkoraligini ta’minlash maqsadida 

aksiyadorlik jamiyatlari korporativ veb-saytlarida e’lon 

qilinadigan axborotlar 

 

O‘zbekiston 



Respublikasi 

Prezidentining 

«O‘zbekiston 

Respublikasida  investitsiya  iqlimi  va  ishbilarmonlik  muhitini 

yanada  takomillashtirishga  doir  qo‘shimcha  chora-tadbirlar 

to‘g‘risida»  2014-yil  7-apreldagi  PF-4609-son  Farmoniga  muvofiq, 

aksiyadorlik 

jamiyatlarida 

korporativ 

boshqaruvni 

takomillashtirish,  shuningdek  qimmatli  qog‘ozlar  bozorini  yanada 

rivojlantirish maqsadida 2014-yil 2-iyulda Vazirlar mahkamasining 

“Aksiyadorlik  jamiyatlarida  korporativ  boshqaruv  tizimini  yanada 

takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  qarori  qabul  qilindi. 

Mazkur  qaror  bilan  “Aksiyadorlik  jamiyatlarining  korporativ  veb-

saytlariga  qo‘yiladigan  talablar  to‘g‘risida”gi  Nizom  tasdiqlandi  va 

2015-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritildi. 

Aksiyadorlik  jamiyatining  korporativ  veb-sayti  O‘zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 355-

son  qarori  bilan  tasdiqlangan  Davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi 

organlari,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlarining  rasmiy  veb-

saytiga qo‘yiladigan asosiy talablarga ham muvofiq bo‘lishi kerakligi 

belgilab qo‘yildi. 

“Aksiyadorlik 

jamiyatlarining 

korporativ 

veb-saytlariga 

qo‘yiladigan  talablar  to‘g‘risida”gi  Nizomga  asosan  aksiyadorlik 

jamiyatining  korporativ  veb-saytida  majburiy  joylashtirilishi  kerak 

bo‘lgan axborotlar quyidagilardir: 




 

188 


- jamiyat faoliyatining predmeti va maqsadlari; 

-  jamiyatning  ustavi,  shu  jumladan  unga  o‘zgartirish  va 

qo‘shimchalar hamda jamiyatning tasdiqlangan biznes-rejalari; 

- jamiyatni rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risidagi axborot; 

-  jamiyatning  tashkiliy  tuzilmasi,  uning  tarkibiy  bo‘linmalari, 

filiallari,  vakolatxonalari,  sho‘ba  va  tobe  xo‘jalik  jamiyatlarining 

nomi,  ularning  telefon  raqamlari,  manzili  (pochta  va  elektron 

manzillari), ularning ish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 

-  jamiyatning  rahbarlari  (direktor  va  boshqaruv  raisi) 

to‘g‘risidagi ma’lumotnoma axborot; 

-  bo‘sh  ish  o‘rinlari,  ishga  qabul  qilish  shartlari  va 

nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 

-  jamiyat  yoki  uning  boshqaruv  organlari  tomonidan  tuzilgan 

kollegial  va  maslahat  organlari  (komissiyalar,  kengashlar, 

qo‘mitalar va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 

- jamiyatning affillangan shaxslari ro‘yxati; 

-  korporativ  boshqaruv  masalalari  bo‘yicha  jamiyatning  ichki 

hujjatlari,  shu  jumladan  aksiyadorlarning  umumiy  yig‘ilishi 

tomonidan tasdiqlangan korporativ boshqaruv kodeksi; 

-  «Qimmatli  qog‘ozlar  to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston  Respublikasi 

Qonunining  44-moddasiga  muvofiq  oshkor  qilinishi  kerak  bo‘lgan 

jamiyat faoliyatidagi muhim faktlar; 

- aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qabul qilingan qarorlar 

bo‘yicha  ovoz  berish  yakunlari  (ushbu  qarorlar  qabul  qilingan 

sanadan boshlab o‘ttiz kun mobaynida e’lon qilinadi); 

- aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi, sanasi, vaqti, 

o‘tkaziladigan joyi, kun tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 

-  qimmatli  qog‘ozlar  emissiyasi  prospektlari,  shuningdek 

qimmatli  qog‘ozlar  bozori  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq 

oshkor  qilinishi  kerak  bo‘lgan  jamiyatning  choraklik  va  yillik 

hisobotlari; 

-  jamiyat  tomonidan  o‘tkaziladigan  ommaviy  tadbirlar 

(majlislar,  kengashlar,  uchrashuvlar,  matbuot  konferentsiyalari, 

seminarlar  va  brifinglar,  davra  suhbatlari,  rasmiy  tashriflar) 

to‘g‘risidagi  ma’lumotlar,  matbuot-relizlar  va  kundalik  faoliyat 

to‘g‘risidagi boshqa axborot; 




 

189 


-  jamiyat  tomonidan  ishlab  chiqariladigan  mahsulotlar 

(bajariladigan  ishlar  va  ko‘rsatiladigan  xizmatlar)  ro‘yxati  hamda 

ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 

-  tovarlarni  yetkazib  berish  (ishlarni  bajarish,  xizmatlar 

ko‘rsatish)  bo‘yicha  jamiyat  va  uning  tashkilotlari  tomonidan 

o‘tkaziladigan  ochiq  tanlovlar  (tenderlar)  va  kimoshdi  savdolari 

to‘g‘risidagi ma’lumotlar;  

-  jamiyatning  moliya-xo‘jalik  holatini  va  uni  rivojlantirish 

dinamikasini  tavsiflovchi  asosiy  ko‘rsatkichlar  to‘g‘risidagi  muhim 

ma’lumotlar,  jamiyat  faoliyati  to‘g‘risidagi  axborot  tusidagi  tahliliy 

sharhlar; 

-  oxirgi  uch  yilda  hisoblangan  va  to‘langan  dividendlar,  shu 

jumladan  qarzdorlik  miqdori  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar,  aksiyadorlar 

tomonidan  dividendlarni  olish  uchun  bog‘lanish  ma’lumotlari  va 

boshqa ma’lumotlar; 

-  yillik  moliya-xo‘jalik  faoliyatini  tekshirish  natijalari  bo‘yicha 

auditorlik tashkilotining xulosasi; 

-  jamiyat  tomonidan  aksiyalar  sotib  olinishi  to‘g‘risidagi 

ma’lumotlar; 

-  korporativ  veb-saytdagi  axborot  materiallaridan  boshqa 

shaxslar  foydalanganda  jamiyatning  korporativ  veb-saytiga 

majburiy havolalar ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi talab; 

-  jamiyatning  korporativ  veb-saytida  joylashtirishni  jamiyat 

zarur deb hisoblaydigan boshqa ma’lumotlar. 

Aksiyadorlik  jamiyatining  korporativ  veb-saytida  boshqa 

manbalardan  ma’lumotlarni  joylashtirishga  faqat  axborot  manbai 

ko‘rsatilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. 

Korporativ veb-saytda joylashtirilgan axborot ishonchli bo‘lishi 

va jamiyat faoliyatini xolisona yoritishi kerak. Unda davlat siriga va 

xizmatda  foydalanish  uchun  tegishli  bo‘lgan  axborot,  shuningdek 

qonun  hujjatlariga  muvofiq  e’lon  qilish  va  tarqatish  taqiqlangan 

boshqa  axborot  bo‘lmasligi  kerak.  Ijroiya  organining  rahbari 

“Aksiyadorlik  jamiyatlarining  korporativ  veb-saytlariga  qo‘yiladigan 

talablar  to‘g‘risida”gi  Nizomga  muvofiq  aksiyadorlik  jamiyatining 

korporativ  veb-saytida  joylashtiriladigan  axborotning  to‘liqligi  va 

to‘g‘riligi uchun javobgar hisoblanadi. 

 



 

190 



Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish