O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/363
Sana18.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#385558
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   363
Bog'liq
2 5255887484549596429

 

Qo‘shimcha topshiriqlar 

1. Taftish komissiyasi va ichki audit xizmati faoliyatidagi farqli 

jihatlar bo‘yicha quyidagi jadvalni shakllantiring. 

 

Taftish komissiyasi 



Ichki audit xizmati 

1. 


2. 

...... 


1. 

2. 


...... 

 

2.  Taftish  komissiyasi  va  ichki  audit  xizmati  hisobotini 

shakllantirish bo‘yicha quyidagi jadvalni shakllantiring. 

 

Taftish komissiyasi 



Ichki audit xizmati 

1. 


2. 

...... 


1. 

2. 


...... 

 


 

183 


IX bob. KORPORATIV BOSHQARUVDA HISOBDORLIK

AXBOROTLARNI OSHKOR ETISH VA SHAFFOFLIK 

 

9.1. Korporativ boshqaruvda hisobdorlik, axborotlarni oshkor 

etish va shaffoflikni ta’minlashning tashkiliy xususiyatlari 

 

Hisobdorlik, axborotlarni oshkor etish va shaffoflik korporativ 

boshqaruvning  eng  asosiy  prinsiplari  hisoblanadi.  Mazkur 

prinsiplarga  yuqori  darajada  amal  qilinishi,  avvalo  aksiyadorlar 

huquqlari  va  manfaatlarining  ta’minlanishiga  xizmat  qiladi. 

Shundan  kelib  chiqqan  holda  bu  prinsiplarning  mohiyatiga 

qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.   

Hisobdorlik  prinsipi  korporativ  boshqaruvning  ijroiya  va 

nazorat 

organlarining 

belgilangan 

tartibda 

hisobot 

berib 


borishlarini nazarda tutadi.  

Amaldagi  qonunchilikda  aksiyadorlik  jamiyati  kuzatuv 

kengashining  a’zolari,  jamiyat  direktori  va  boshqaruvi  a’zolari, 

shuningdek  ishonchli  boshqaruvchi  o‘z  huquqlarini  amalga 

oshirishda  va  o‘z  majburiyatlarini  bajarishda  jamiyatning 

manfaatlarini  ko‘zlab  ish  tutishi  hamda  belgilangan  tartibda 

javobgar  bo‘lishi  belgilab  qo‘yilgan.  Agarda  masala  bo‘yicha  bir 

nechta shaxs javobgar bo‘lsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi 

solidar javobgarlik asosida tashkil etilishi ham nazarda tutilgan. 

Jamiyatga  zarar  yetkazilishiga  sabab  bo‘lgan  qarorga  ovoz 

berishda  ishtirok  etmagan  yoki  ushbu  qarorga  qarshi  ovoz  bergan 

jamiyat  kuzatuv  kengashi  a’zolari,  boshqaruv  a’zolari  javobgar 

bo‘lmaydi.  Shu  o‘rinda  affillangan  shaxs  bilan  tuzilgan  bitimni 

o‘rganishni  amalga  oshirgan  shaxslar  bitim  bo‘yicha  xulosa  va 

yakunlarning  ishonchliligi  uchun  javobgar  ekanligini  alohida  qayd 

etib o‘tish zarur. 

Kamida  bir  foiziga  egalik  qiluvchi  aksiyador  (aksiyadorlar) 

jamiyatga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’vo 

bilan jamiyatning kuzatuv kengashi a’zosi, direktori yoki boshqaruv 

a’zosi, shuningdek ishonchli boshqaruvchi ustidan sudga murojaat 

qilishga haqli. 

Keltirilayotgan jihatlar boshqaruv organlarining javobgarligi va 

hisobdorligini 

nazarda 


tutadi. 

Ulardan 


tashqari 

nazorat 



 

184 


organlarining ham hisobdorligi belgilanganligini qayd etib o‘tishimiz 

zarur. 


Aktivlarining balans qiymati eng kam ish haqi miqdorining yuz 

ming barobaridan ko‘p bo‘lgan jamiyatda ichki audit xizmati tashkil 

etiladi.  Ichki  audit  xizmati  jamiyatning  kuzatuv  kengashiga 

hisobdordir. 

Jamiyatning  ustavida  jamiyat  kuzatuv  kengashiga  hisobdor 

bo‘lgan  va  korporativ  qonun  hujjatlariga  rioya  etilishi  ustidan 

nazorat 

qilish 


vazifasini 

bajaruvchi 

jamiyat 

korporativ 

maslahatchisi  lavozimini  joriy  etish  nazarda  tutilishi  mumkin. 

Korporativ  maslahatchining  faoliyati  jamiyat  kuzatuv  kengashi 

tomonidan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi.  

Bizga  ma’lumki,  axborotlarni  oshkor  qilish  maqsadidan  qat’i 

nazar  manfaatdor  shaxslarning  korporativ  tuzilma  faoliyati  bilan 

bog‘liq  axborotlarni  erkin  olish  imkoniyati  yaratilganligi  bilan 

izohlanadi.  Shu  boisdan  moliyaviy  qarorlar  qabul  qilish,  turli  xil 

diskriminatsiyalarning  oldini  olish  va  axborot  olish  bo‘yicha 

nomutanosiblikni  bartaraf  etish  uchun  korporativ  boshqaruvda 

axborotlarni  oshkor  qilish  talab  qilinadi.  Natijada  investorlar,  shu 

jumladan  potentsial  investorlar,  xodimlar,  davlat  organlari  va 

boshqa  manfaatdor  shaxslarning  oshkor  qilingan  axborotlar  bilan 

tanishish  imkoniyatlari  yuzaga  keladi.  Ular  olingan  axborotlar 

asosida  emitent  moliyaviy  holatini  tahlil  qilishlari,  faoliyat 

istiqbollaridan  kelib  chiqqan  holda  emitent  faoliyati,  jumladan 

qimmatli  qog‘ozlari  bilan  bog‘liq  qarorlar  qabul  qilishlari  mumkin 

bo‘ladi. 

Iqtisodiy  hamkorlik  va  taraqqiyot  tashkilotining  korporativ 

boshqaruv prinsiplariga ko‘ra “Korporativ boshqaruv infratuzilmasi 

korporatsiya  faoliyatiga  daxldor  barcha  muhim  masalalar, 

jumladan  mulkchilik  va  kompaniya  boshqaruvi,  faoliyat  natijalari, 

moliyaviy  holat  bo‘yicha  axborotlarni  o‘z  vaqtida  va  to‘liq  oshkor 

qilinishini ta’minlashi shart”

47



Axborotlarni  oshkor  qilish  bo‘yicha  talablar  O‘zbekiston 

Respublikasi  Fuqarolik  kodeksi,  “Aksiyadorlik  jamiyatlari  va 

aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Qimmatli 

qog‘ozlar  bozori  to‘g‘risida”gi,  “Buxgalteriya  hisobi  to‘g‘risida”gi, 

                                                           

47

 G20/OECD  Principles  of  Corporate  Governance.  OECD  2015. 



https://www.oecd.org/daf/-

ca/Corporate-Governance-Principles-ENG.pdf

 



 

185 


“Mas’uliyati  cheklangan  va  qo‘shimcha  mas’uliyatli  jamiyatlar 

to‘g‘risida”gi  Qonunlar,  “Aksiyadorlik  jamiyatlarining  korporativ 

veb-saytlariga  qo‘yiladigan  talablar  to‘g‘risida”gi  Nizom,  “Qimmatli 

qog‘ozlar  bozorida  axborot  taqdim  etish  va  e’lon  qilish  qoidalari”da 

belgilab qo‘yilgan. 

Yuqorida 

keltirilgan 

qonunchilik 

hujjatlari 

asosida 


aksiyadorlik  jamiyatlari  tomonidan  axborotlar  bilan  ishlashni 

tashkil  etish,  ularni  oshkor  qilish  tartibini  belgilash  maqsadida 

“Axborot  siyosati  to‘g‘risida”gi  Nizomni  ishlab  chiqishi  va  ichki 

foydalanish maqsadida joriy etilishi mumkin.  

Axborotlar  siyosatining  asosiy  maqsadi  –  aksiyadorlar, 

investorlar, 

qimmatli 

qog‘ozlar 

bozorining 

professional 

ishtirokchilari,  shuningdek  boshqa  manfaatdor  shaxslarning 

kompaniya  va  uning  faoliyati  to‘g‘risidagi  ishonchli  ma’lumotlarga 

bo‘lgan  talabini  qondirish  orqali  kompaniya  faoliyatining  ochiqligi 

va shaffofligini ta’minlashdan iboratdir.  

Ushbu siyosatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:  

-  kompaniyaning  axborotlar  siyosatining  asosiy  tamoyillarini 

belgilash;  

-  barcha  manfaatdor  shaxslarga  kompaniya  to‘g‘risida 

ishonchli  va  haqqoniy  axborotlarni  o‘z  vaqtida  taqdim  etilishini 

ta’minlash;  

- barcha manfaatdor shaxslarga kompaniya to‘g‘risida axborot 

taqdim etish qoida va tartiblarini belgilash; 

- kompaniya axborotlarining xavfsizligini ta’minlash;  

-  kompaniya  axborotlarining  oshkoraligi  va  shaffofligini 

oshirish  hisobiga  kompaniyaning  investitsion  jalb  etish  qobiliyati 

o‘sishini  ta’minlaydigan  qo‘shimcha  axborotlarning  oshkoralik 

tamoyillarini belgilash.

 

 

Axborotlar  siyosatining  asosiy  prinsiplari  bo‘lib,  doimiylik, 



tezkorlik,  qulaylilik,  to‘liqlilik,  teng  huquqlilik,  tenglik,  axborot 

resurslarining himoyalanganligi hisoblanadi.  

-  doimiylik  –  kompaniya  faoliyatiga  oid  axborotlarni 

manfaatdor shaxslarga doimiy taqdim etib borish;  

-  tezkorlik  –  manfaatdor  shaxslarni  kompaniyaning  moliyaviy 

faoliyatiga  ta’sir  etuvchi  muhim  voqealar  va  faktlari  bilan  qisqa 

muddatlarda xabardor qilish; 



 

186 


- qulaylik – manfaatdor shaxlarning erkin foydalanishi uchun 

kompaniya  faoliyatiga  oid  axborotlarni  oshkor  etilishini  turli  xil 

yo‘llar orqali amalga oshirish;  

-  to‘liqlik  –  manfaatdor  shaxslarning  kompaniya  to‘g‘risida 

to‘liq  tassavurga  ega  bo‘lishini  ta’minlash  uchun  kompaniyaning 

amaldagi  faoliyati  va  u  uchun  salbiy  bo‘lgan  ma’lumotlarni  ham 

inkor etmagan holda taqdim etish;  

-  teng  huquqlilik  –  kompaniya  faoliyatiga  oid  axborotlarni 

olishda barcha manfaatdor shaxslar uchun huquqlarning tengligi;  

-  tenglik  –  kompaniyaning  tijorat  manfaatlarini  ta’minlagan 

holda  kompaniya  faoliyatining  ochiqliligi  va  shafofligi  o‘rtasidagi 

tengligini 

ta’minlash. 

Bunda 


maxfiy 

axborotlarning 

himoyalanganligi;  insayderlarga  doir  axborotlarning  taqdim 

etilishida amaldagi qonunchilik talablariga amal qilish ta’minlanishi 

shart; 

-  axborot  resurslarining  himoyalanganligi  –tijorat  siri  yoki 

boshqa  maxfiy  hisoblangan  axborotlarni  amaldagi  qonunchilikka 

muvofiq axborot xavfsizligini ta’minlash. 

Kompaniya  faoliyati  to‘g‘risida  tarqatilayotgan  axborot  3 

guruhga bo‘linadi: 

- majburiy oshkor etiladigan axborotlar; 

- qo‘shimcha oshkor etiladigan axborotlar; 

- erkin oshkor etiladigan axborotlar. 

Kompaniya  tomonidan  axborotlarning  oshkor  etilishi  va 

tarqatilishi quyidagi yo‘llar orqali amalga oshiriladi:  

- korporativ axborotlar yagona portali (www.openinfo.uz); 

- fond birjasining rasmiy veb-sayti (www.uzse.uz);  

- aksiyadorlik jamiyatining korporativ veb-sayti; 

- ommaviy axborot vositalari (OAV);  

- internet portallarida joylashtirish;  

- bosma nashrlarda chop etish;  

-  manfaatdor  shaxslar  bilan  axborot  seminarlari  va  boshqa 

turdagi  uchrashuvlarni  tashkil  etish;  (shu  jumladan,  telekon-

ferentsiyalar, veb-translyatsiyalar, veb-kastlar);  

- amaldagi qonunchilik, kompaniya Ustavi va kompaniya ichki 

me’yoriy hujjatlariga muvofiq aksiyadorlarga axborotlar va ularning 

talabiga binoan hujjatlar nusxalarini taqdim etish;  



 

187 


-  amaldagi  qonunchilik,  kompaniya  Ustavi,  kompaniya  ichki 

me’yoriy  hujjatlari  va  kompaniyaning  Boshqaruv  organlari  qaror-

lariga  muvofiq  kommunikatsion  vositalardan  foydalangan  holda 

boshqa yo‘llar bilan mazkur Nizomda nazarda tutilgan axborotlarni 

oshkor etish. 

Amaldagi qonunchilik asosida majburiy oshkor qilinishi lozim 

bo‘lgan axborotlar borasida quyidagi paragraflarda to‘xtalib o‘tamiz.  

O‘z  navbatida  alohida  ta’kidlash  kerakki,  hisobdorlik  va 

axborotlarni  oshkor  etib  borish  aksiyadorlik  jamiyatlari  faoliyati 

shaffofligini  ta’minlashga  hamda  faoliyatning  qonuniyligi  va 

samaradorligiga xizmat qiladi. 

 


Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish