3-MAVZU: BO‘LAJAK KASB TA’LIMI O‘QITUVCHILARINING
METODIK KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH OMIILARI
Tayanch tushuncha va tamoillar:
Kognitiv soha, affektiv
soha, psixomotorli soha, hamkorlikdagi kasbiy-metodik
faoliyat, metodlar, shakllar, vositalar, tuzatish kiritish,
individuallik, motivlar
Pedagogik oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar o‘quv faoliyati
mazmunini yangilash, yosh avlodning ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirish
ishiga mas’ul bo‘lgan pedagog kadrlaming bilim va kasbiy malakalari darajasini
yuqori bosqichga ko‘tarish imkonini beradi. Pedagogik oliy ta’lim muassasalarida
bolajak
o‘qituvchilaming
kasbiy
kompetentligini
shakllantirish
orqali
raqobatbardosh kadrlami tayyorlash jarayonida muhim qadam bo'ladi. Ushbu
yo‘nalishda loyiha ishining mazmuni va yakunlariga tayangan holda shunday
xulosalarga kelish mumkin:
1. Kasb ta’limi o ‘qituvchisini kasbiy kopetentligini shakllantirish pedagogik
va texnik bilimlami fan, ta’lim, texnika, texnologiya va ishlab chiqarish iqtisodiyoti
sohalaridagi o‘zgarishlarga asoslangan integratsiyasi ta’lim jarayonining
samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu jarayon kasb ta’limi
o‘qituvchisini tayyorlash mazmunini asoslash va kasbiy kompetentligini
shakllantirish texnologiyasini yaratishda muayyan o‘zgarishlami amalga oshirish
zaruriyatini keltirib chiqardi.
2. Nazariy manbalar mazmuni bilan tanishish hamda ilmiy ishlar tahlili shuni
ko‘rsatdiki, oliy ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish va kasb ta’limi
o‘qituvchilarini kasbiy kompetentligini shakllantirishda bir qator qarama-
qarshiliklar mavjud bo‘lib, bu kabi qarama-qarshiliklami bartaraf etish yo‘llaridan
biri bo‘lajak o‘qituvchilami kasbiy kompetentliklarini shakllantirishdan iborat
ekanligi aniqlandi. Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy kompetentligini
shakllantirish, oily ta’lim muassasalarida ulaming kasbiy va shaxsiy kamolotini
ta’minlash uchun zarur pedagogik shart-sharoitlami yaratish, kasb ta’limi o
‘qituvchilarini tayyorlash mazmuni va tuzilmasini modemizatsiyalash, psixologik-
pedagogik sharoitlarini aniqlash hamda uning sifatini nazorat qilish va baholash
mexanizmini ishlab chiqish orqali mutaxassis kompetentligini shakllantirishmng
asosiy maqsadi qilib belgilab olindi.
3.
Oliy ta’lim muassasasida tayyorlanayotgan boiajak o ‘qituvchilarining
kasbiy kopetentligini shakllantirish muammosining hal etiiishi oliy ma’lumotli
mutaxassislami tayyorlash ishiga pedagogik va kasbiy faniaming ilg‘or yutuqlarini
qoMlash, xususan, kompyuter texnologiyalari, texnologik yondashuvlar,
KASBIY TA’LIM METODIKASI
169
talabalaming bilish faoliyatlarini rejali boshqarish asosida faollashtirishdan, oliy
ta’lim muassasasining ta’lim amaliyotiga zamonaviy o‘qitish milliy tarbiya
texnologiyalariningjoriy etish, samaradorlik oshishiga yordam beradigan psixologo-
pedagogik sharoitlami yaratish orqali erishilishi aniqlandi.
4. O‘qituvchining pedagogik mehnatini va oliy ta’lim muassasasida
mutaxassislami tayyorlash mazmunini tahlil qilish bo‘lajak o'qituvchining kasbiy
kompetentini tarbiyalashning bugungi jarayoniga nisbatan aniqlash imkonini berdi.
U bo‘lajak kasbiy faoliyatning maqsadlari, vazifalari va xarakteri bilan aniqlanadi
va bo‘lajak o‘qituvchining o‘quv fanini o'qitish texnologiyasida tarbiyaviy aksini
topadigan va amaliyotda amalga oshirilganda o'rta maxsus kasb-hunar ta’limi
mutaxassislarini tayyorlash vazifasini maqsadga yo‘naltirilgan holda hal qilinishini
ta’minlaydigan mazkur faoliyatni amalga oshirishga tayyorligi va qodirligining
nazariy, amaliy va motivatsiyali birligidan iboratdir.
5. Bo‘lajak kasb ta’limi o ‘qituvchilari kasbiy kompetentliligini shakllanganligi
mazmun-mohiyatiga ko‘ra, bilimlardan iborat: funksional (turli tan sohalarini
tashkil etish prinsiplari haqidagi bilimlar) harakat haqidagi amaliy bilimlar (metodik
va texnologik) hamda shaxsning o‘z bilimlaridan iborat. Bulaming natijasida
mutaxassisning kasbiy, kommunikativlik mahorati va ko‘nikmalari shakllanadi,
loyihalash, tajribaviy va texnologik vazifalami ijobiy yechish imkoniyatlari paydo
bo‘ladi.
6. Kasbiy kompetentlikni shakllantirish yuzasidan tahlil ishlarini olib borish
naiajasida ilmiy adabiyotlarda kompetentlikning quyidagi turlarga bo‘linishi
aniqlandi: kommunikativ kompetentlik; bilim olish kompetentligi; intellektual
kompetentlik; intellektual-korporativ kompetentlik; axborot olish kompetentligi;
texnologik kompetentlik; madaniy kompetentlik; psixologik kompetentlik;
psixologik-pedagogik
kompetentlik;
ijtimoiy-psixologik
kompetentlik;
umummadaniy kompetentlik.
7. Bo’lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining gumanitar va ijtimoiyiqtisodiy,
matematika va tabiiy fanlar hamda umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini uzviy
aloqada o‘rgar,ishlari ulaming bevosita kasbiy kompetentliligining shakllanishida
muhim omil bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni har bir mutaxassislik fanidan ma’ruza va
amaliy mashg‘ulotlami olib borish jarayonida mutaxassislik tushunchalarining o‘mi,
uni bayon qilish zaruriyati, ketma-ketligi, boshqa tushunchalar bilan aloqadorligi
hamda bu aloqadorlikni reflektiv (refleks, beixtiyor), simmetrik yoki tranzitivlik
(dars jarayonida olingan bilimlar majmuini amalda o‘z o‘mida qo‘llay olishi) kabi
boshqa xossalarga bo‘ysunishiga qarab, har bir tushunchalaming o‘zini qanday
salohiyati bilan qatnashayotganini aniqlash imkoniyatiga ega boidik.
8. Fan va texnikaning ildam taraqqiyoti, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlaming
zamonaviylashuvi, asosiy buyurtmachi sifatida davlat va ijtimoiy hayotning
ta’limga qo‘yayotgan yangidan-yangi talablariga mos ravishda ta’lim-tarbiyaning
KASBIY TA’LIM METODIKASI
170
sifat-samaradorligini uzluksiz takomillashtirib borish uzluksiz ta’lim tizimini
mazmunan modernizatsiyalashni, ta’limtarbiya samaradorligini yangi sifat
bosqichiga ko‘tarishga xizmat qiladigan ta’sirchan choralarni ko‘rishni taqozo qildi.
Natijada oliy ta’limni mazmunan modemizatsiyalashda asosiy vazifalari,
tamoyillari, yo'nalishlari aniqlandi va shulardan kelib chiqib, oliy ta’limning barcha
ta’lim yo‘nalishlarida va mutaxassisliklarida bilim oluvchi talaba-yoshlarga keng
imkoniyatlar ochib berilganligining guvohi bo‘ldik.
9. Oliy ta’lim mazmunini modemizatsiyalash ishlari ta’lim tizimida Davlat
ta’lim standartlarining yangi avlodini ishlab chiqilishiga sabab bo‘lib, natijada Kasb
ta’limi yo‘nalishining Davlat ta’lim standartlari qayta ko‘rib chiqildi va bo‘lajak
kasb
ta’limi
o‘qituvchilarini
kasbiy
kompetentligini
shakllantirishning
modemizatsiyalashgan mazmuni asosida Kasb ta’limi (Xizmatlar sohasi (Servis))
ta’lim yo‘nalishining Davlat ta’lim standartlari yaratildi. Mazkur standartning
avvalgi standartdan afzalligi shunda ko‘rinadiki, fanlaming soni qisqartirilgan, ya’ni
o ‘quv rejalaridagi turdosh fanlami integratsiyalash orqali o‘quv yuklamalari
ko‘lami va hajmini maqbu11ashtirilgan. Bu bilan fanga ajratilgan soat miqdori
ko‘payib, talabalaming fan bo'yicha oladigan bilimlari ko‘lami saqlab qolingan,
ularing ijodkorligiga va qiziqishlariga imkoniyat yaratilishiga e ’tibor qaratilgan.
10. Bo‘lajak o‘qituvchilari kasbiy kompetentliligining shakllanganlik
ko‘rsatkichlari sifatida quyidagilardan foydalanishi mumkin: kasbiy faoliyatli
o‘zlashtirishga motivatsiyali-ahamiyatli munosabat; kasbiyamaliy vazifalami hal
etish uslublari va usullarini bilish va ulardan ijodiy foydalanish qobiliyati; qarorlar
qabul qilishda mustaqillik va o‘z faoliyatini boshqara olish va hokazoJar.
11. Kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda
ijodiy faoliyat katta rol o‘ynashiga taxlillar natijasida amin bolindi. Ijodiy faoliyat
bu -diqqatni, kuzatuvchaniikni, hissiyotni, idrokni, xotirani, tafakkumi, tasavvumi,
irodani va boshqa jarayonlami safarbar qilish orqali talaba o‘zining kasbiy faoliyati
jarayonida duch kelgan muammolar yechimini to‘g‘ri hal qila olishidir.
12. Bo’lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy kompetentligini
shakllantirishda mutaxassislik fanlarini o‘qitish va talabalaming bu fanlardan olgan
baholarining obyektivligi muhim rol o‘ynaydi. Talabalarda kasbiy kompetentlikni
shakllanganligini baholashda ulaming kasbiy fanlar va pedagogik faoliyati bo‘yicha
baholash mezonlari ishlab chiqildi va bunda bir qator ko'rsatkichlar e ’tiborga
olindi. Tajribalar ixtisoslik feni bo‘yicha baholash va pedagogik faoliyatni baholash
mezonlari haqqoniy bo‘lishi bolajak o‘qituvchining kasbiy kompetentligini
nechog‘li to‘g‘ri shakllanganligini ko‘rsatib berdi.
13. Kasb ta’limi ta’lim yo‘nalishi bo'yicha o‘qituvchi malakasini olgan oliy
talim muassasasi bitiruvchisi: talabalami davlat ta’lim standartlari talablariga
muvofiq ravishda pedagogik faoliyat olib borishga tayyor bo‘lishi, yuqori nazariy
va amaliy tayyorgarlik darajasini ta’rninlaydigan zamonaviy o ‘qitish
KASBIY TA’LIM METODIKASI
171
texnologiyalaridan foydalanishi, ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etishi,
ulami o ‘quv rejasi va o‘quv jarayoniga muvofiq ravishda to‘la hajmda amalga
oshirilishi uchun mas’ul bo'lishi, talabalaming bilim, ko‘nikma va malakalarini
nazorat etishni tashkil etishi, olingan bilimlami amaliy faoliyatda qo‘llashga ulami
tayyorlashi va talabalaming mustaqil ishlarini nazorat qilishi, aniq o‘quv fani o‘quv-
metodik jihozlanishining bazasini yaratishi; ta’lim muassasasining ilmiy-metodik
faoliyatida ishtirok etishi, sinf rahbari vazifasini bajarishi, talabalar bilan tarbiyaviy
ishni tashkil etishi va o‘tkazishi, o‘quv rejalari va dasturlarining bajarilishini
ta’minlashi, ta’lim intizomini ta’minlashi, talabalaming huquqlari va erkinliklariga
rioya etishi, o‘z kasbiy malakasini oshirishi lozim. Ta’limiy uchlik - «maqsad -
jarayon - natija» ning o‘rta bo‘g‘iniga hozirda e’tibor kuchaygan bo‘lsa-da, bir qator
pedagog olimlar ushbu zanjirning boshidagi va oxiridagi halqalarini chuqur
o‘rganmoqdalar. Masalan, bu sohada Chikago universiteti professori Benjamin
Blum tomonidan bilim oiish sohasidagi o‘quv maqsadlari taksonomiyasining
yaratilishi diqqatga sazovordir. «Taksonomiya» atamasi yunoncha taxis (tartib
bo‘yicha joylashuvi) va nomos (qonun) so‘zlaridan iborat bo‘lib, obyektlami o ‘zaro
aloqadorlik asosida tasniflash va tizimlashtirish ma’nosini anglatadi. Blum
taksonomiyasi o‘quv faoliyatining turli sohalarini qamrab oladi: kognitiv (bilish),
affektiv (hissiy - qadriyatli), psixomotor (harakat). Kasb ta’limi o‘qituvchisini
tayyorlashda har bir soha bo‘yicha mustaqil metodik faoliyat yurita olish
kompetentligini shakllantirishda ta’lim jarayonidagi holati haqida to‘xtalib o‘tamiz.
1. Kognitiv soha. Bu sohada olingan texnik bilimlami kasbiy-metodik faoliyat.
yurita olish kompetentligini shakllantirishda texnologik jihatdan qayta takrorlash,
ulami egallangan kompetensiyaiar bilan uyg‘unlashtirish natijasida yangi kasbiy-
metodik faoliyat yuritish va texnik-texnologik mashq bajarish qonun - qoidalarini
o‘rganish zaruratiga tegishli o‘quv maqsadlari kiritiladi.
2.
Affektiv soha. Kasbiy-metodik faoliyat yurita olish kompetentligini
shakllantirish jarayonida kasbiy qiziqish va moyilliklami rivojlantirish, ichki hamda
tashqi psixologik ta’sirlar natijasida texnologik munosabatni shakllantirish, uni
mustaqil faoliyat davomida tushunib yetish orqali kasbiy faoliyat amaliyotiga tatbiq
qilish maqsadlari kiritiladi.
3. Psixomotorli soha. Bunga kasbiy-metodik faoliyat yurita olish
kompetentiigini shakllantirish jarayonidagi psixologik faoliyat, texnik va texnologik
jarayonlarda jismoniy faoliyat natijasida, asab muskullarini markazlashtirish
kompetensiyalarini shakllantirish bilan bog‘liq maqsadlar kiritiladi.
Yuqoridagi qoidalar va Blum taksonomiyasi asosida kasbiy-metodik faoliyat
yurita olish kompetentiigini shakllantirish maqsadi, mazmuni, shakllari asoslandi.
Ta’limning ikki asosiy shakli, ya’ni hamkorlikda va individual tarzda kasbiy-
metodik faoliyatni tashkil etuvchilari aniqlandi.
KASBIY TA’LIM METODIKASI
172
a) Hamkorlikda kasbiy-metodik faoliyat yurita olish kompetentiigini tashkil
etuvchilari:
-
Do'stlaringiz bilan baham: |