1-rasm. Kompenentlilik va kompetensiya tushunchalarining an’anaviy
ta’limdagi bog‘lanishi.
2-rasm.. Kompenentlilik va kompetensiya tushunchalarining kompenetli
ta’limdagi bog‘lanishi.
hamda ularni kasbiy faoliyatda qo‘llay olishi bilan ifodalanadi. Mazkur o'rinda
«kompetentlik» tushunchasining mohiyati ham to ia ochiladi, u quyidagi ikki
ko'rinishda namoyon bo'ladi: kompetentlik talabalaming shaxsiy sifatlari to'plami
hamda kasbiy sohaning tayanch talablari sifatida. Shunday qilib, tayanch
kompetentlik oliy pedagogik ta’limning har bir bosqichi uchun ta’lim bloklari va
o'quv fanlari darajasida aniqlanadi. Tayanch kompetentlik tartibini belgilashda
kasbiy pedagogik ta’limning asosiy maqsadlariga muvofiq ijtimoiy va shaxsiy
tajribaning mohiyati, ijtimoiy jamiyatda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida
hayotiy ko'nikmalami egallashga imkon beruvchi asosiy turlar muhim ahamiyat
kasb etadi. Ushbu nuqtai nazardan ular quyidagi kompetentlik turlariga bo'linadi:
1. Yaxlit-mazmunli kompetentlik. Bu talabaning qadriyatli yo'nalishlari bilan
bog'liq, uning ijtimoiy borliqni his eta bilishi va tushunish qobiliyati, mustaqil hayot
yo'lini topa olishi, o'zining ijtimoiy jamiyatdagi roli va o'mini anglab yetishi,
harakatlami tashkil etishda aniq maqsadni belgilash hamda qaror qabul qilish
malakasi, dunyoqarashi bilan bog'liq kompetentlik, u talaba uchun o'quv va boshqa
vaziyatlarda o'zini aniqlash mexanizmini ta’minlaydi. Talabaning individual ta’lim
KOMPETENTLIK
KOMPETENSIYA
KOMPETENTLIK
KOMPETENSIYA
KASBIY TA’LIM METODIKASI
163
yo'nalishi va uning hayotiy faoliyatining umumiy dasturi ana shu kompetentlikka
bog'liq.
2. Ijtimoiy-madaniy kompetentlik. Talaba chuqur o'zlashtirishi zarur bo'lgan
bilim va faoliyat tajribasining doirasi bo'lib, milliy va umuminsoniy madaniyatlar
xususiyatlari, inson va insoniyat hayotining ma’naviy-axloqiy asoslari, oilaviy va
ijtimoiy an’analaming madaniy asoslari, inson hayotida fan va dinning roli, ularning
moddiy borliqqa ta’siri, turmush va dam olish borasidagi bilimlar, masalan, bo‘sh
vaqtni samarali tashkil etish usullarini bilishi.
3. 0 ‘quv-bilish kompetentligi, bu talabaning o ‘rganilayotgan aniq obyektlar
bilan bogliq mantiqiy, metodologik va ijtimoiy faoliyati elementlaridan iborat
boMgan mustaqil fikrlash kompetentliklarining to‘plami boMib, unga maqsadni
ko‘ra bilish, faoliyatni rejalashtirish, uning mazmunini tahlil qilish, refleksiya,
faoliyatga shaxsiy baho berish borasidagi bilim va malakalari kiradi. 0
‘rganilayotgan obyektlarga nisbatan talabalarni kreativ ko‘nikmalari, ya’ni
bilimlami bevosita borliqdan olish, nostandart vaziyatlarda muammoni hal etishning
harakat usullari va evristik metodlarini egallaydi.
4. Axborot olish kompetentligi. Audio-video ko'rsatuv vositalari va axborot
texnologiyalari yordamida mustaqil izlanish, tahlil qilish va zarur axborotlami
tanlab olish, ulami tahlil etish, o ‘zgartirish, saqlash va uzatish mahorati
shakllantiriladi. Ushbu kompetentlik talabaning o‘quv fanlari asoslarmi muhim
axborotlar asosida o ‘zlashtirishini ta’minlaydi.
5. Kommunikativ kompetentlik. Ta’lim oluvchilar bilan o'zaro munosabatlar,
ulaming usullari, muloqot jarayonida ustuvor o ‘rin tutuvchi tilni o ‘zlashtirish,
guruhlarda ishlash ko‘nikmalari, jamoada turli xil manaviy-marifiy tadbirlami
tashkil qilish va o‘tkazishni bilishni o‘z ichiga oladi.
6. Ijtimoiy-faoliyatli kompetentlik fuqarolik (fuqaro, kuzatuvchi, saylovchi,
vakil vazifasini bajaruv^hi), ijtimoiy-Kasb sohasi (iste’molchi, xaridor, mijoz,
ishlab chiqaruvchi huquqlari), oilaviy munosabatlar va majburiyatlar, iqtisod va
huquq masalalari, kasbiy, shuningdek, shaxsiy mavqeini aniqlash borasidagi bilim
va tajribalami egallash(xususan, Kasb bozoridagi mavjud vaziyatni tahlil qilish,
shaxsiy va ijtimoiy manfaatlami ko‘zlab, harakat qilish mahorati, Kasb hamda
fuqarolik munosabatlarining odobini bilish)ni anglatadi.
7. Shaxsning o ‘z-o‘zini takomillashtirish kompetentligi ma’naviy,
motivatsion, intellektual va amaliy jihatdan o‘z-o‘zini rivojlanitirish, irodaviy va
xissiy jihatdan o‘z-o‘zini boshqara olish qaratilgan. Talaba shaxsiy inanfaatlari va
imkoniyatlariga ko‘ra faoliyat usullarini egallaydi, bu unga o‘zida zamonaviy
mutaxassisga xos boMgan shaxsiy va kasbiy sifatlarini rivojlantirish, texnik
tafakkurini, madaniyati va hulqini shakllantirishga yordam beradi. Kasbiy
kampetentning rivojlanishi - bu ijodiy rivojlanish, pedagog atrofda o‘zgarishlarga
tez moslasha olish va boshqarish, tez kirishish qobiliyati, jarayonning ijtimoiy -
KASBIY TA’LIM METODIKASI
164
iqtisodiy va ma’naviy rivojlanishi pedagogning kasbiy darajasiga bog‘liq.
zamonaviy tizimida bo‘lgan o‘zgarishlar, o‘qituvchining malaka oshirishga va
o‘zining kasbiy kobiliyatlarini oshirishga majbur qiladi, bu degani o‘zining metodik
kompetentini oshirishiga majburligidir. Zamonaviy ma’lumotning asosiy maqsadi
jamiyatning, davlatning, shaxsning zamonaviy tarbiyalarga mos bo‘lishi, har
tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash. Kasb ta’limi o‘qituvchisini metodik
kompetentligini shakllantirishda pedagogik hamda texnik-texnologik muammoli
vaziyatni pedagogik jarayonni hosil qilishga imkon beruvchi, sharoitlaming
to‘plami sifatida qayd etiladi. Pedagogik sharoitlar mazkur jarayonni yuzaga
keltiribgina qolmay, balki uning mavjud holatini ham belgilaydi. Kasb ta’limi
o‘qituvchisini metodik kompetentligini shakllantirish bosqichma-bosqich,
pedagogik turkum fanlarining integratsiyasi, ya’ni didaktik sintezni va fanlararo
aloqadorlik darajasida faoliyatida pedagogik hamda muammoli - vaziyatli
topshiriqlami yechish orqali amalga oshiriladi.
Kasb ta’limi o‘qituvchisi darsga tayyorlanayotganda har xil metod va usullami
qo‘llab yangi materialni qanday bayon qilishni o‘ylaydi. U o‘quvchilaming
individual xususiyatlarini, ulaming tajribasi, jismoniy rivojlanishi va kasb
unumdorligiga ta’sir qiladigan boshqa faktorlami hisobga olgan holda ish
obyektlarini tanlaydi. Ma’lumki, hozirgi zamon ishiab chiqarishi juda tez sur’atlar
bilan rivojlanmoqda. Kasb qurollari, texnologik jarayonlar uzluksiz takomillashib
bormoqda. Bu ma’lum darajada kasb ta’limida o‘z aksini topishi kerak. Demak,
bo‘lajak o‘qituvchilar fan va texnika soxasidagi taraqqiyotni uzluksiz kuzatib
borishi, uiardan ta’lim oluvchilami tushunarli shaklda xabardor qilib turishi va o‘z
mustaiil faoliyat yurita olish kompetentlik darajalari ustida ishlashi kerak
Bo'lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining ta’lim va tarbiya berishida,
kompetentlik turlariga quyidagilami kiritishimiz mumkin:
ta’lim berish kompetentligi;
ta’limning zamonaviy usullarini qo‘Uay olish kompetentligi; tarbiyalay
olish kompetentligi;
inson omilini ta’minlovchi fazilati;
bilimlami holisona baholash va nazorat qila olish kompetentligi;
Kasb ta’limi o‘qituvchisi pedagogik faoliyatini nazorat qilishda quyidagi
jihatlarga: a) ta’lim - tarbiya ishining aniq maqsadga yo'naltirilganligim, ilmiy
jihatdan asoslanganligini hamda uning mazmunini to‘g‘ri tanlanganligini aniqlash;
b) kasbiy faoliyatning natijasi sifatini aniqlash, rivojlanish bosqichlari, taraqqiyot
darajasini belgilash hamda istiqboldagi yo‘nalishlarini yoritish; v) ta’lim va
tarbiyaning muqobil samarali uslublarini ishlab chiqish, o ‘quvchi va
o'qituvchilaming dunyoqarashlarini shakllantirishga, pedagogik jamoaning barcha
a’zolari orasida o'zaro ishonchga, do'stlikka, hamkorlikka asoslangan
munosabatlami o‘matishga qaratilgan yagona maqsad sari intilish kabi vazifalami
KASBIY TA’LIM METODIKASI
165
aniqlashga e’tibor berish zarur. Pedagogikada “kompetentlik” - bu talabaning
shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega kasbiy faoliyatni amalga oshirilishi uchun zarur
bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalaming egallanishi hamda ularning kasbiy
faoliyatda qo'llay olishi bilan ifodalanadi. Bitiiruvchilaming kasbiy tayyorgarligi
darajasiga qo'yiluvchi talablar nuqtai nazaridan kompetentlik talabalaming muayyan
vaziyatlarda bilim, malaka va faoliyat usullari to'plamini maqsadga muvofiq
qo'llash qobiliyatini anglatadi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida ta’limning har
bir bosqichi uchun ta’lim bloklari va o'quv fanlari darajasida tayanch kompetentlik
aniqlanadi. Tayanch kompetentlik tartibini belgilashda kasbiy pedagogic ta’limning
asosiy maqsadlariga muvofiq ijtimoiy hamda shaxsiy tajribaning mohiyati, ijtimoiy
jamiyatda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida hayotiy kasb etadi. Ushbu nuqtai
nazardan tayanch kompetentlik: yaxlit - mazmunli, ijtimoiy - madaniy, o'quv -
bilish, axborot olish, kommunikativ, ijtimoiy faoliyatli, shaxsning o‘z -o ‘zini
takomillashtirish turlariga bo'Iinadi. Kasb ta’limi o‘qituvchisining kasbiy
shakllanishi quyidagi tarzda namoyon bo‘ladi: pedagogik tizim, jarayon va natija.
Ijtimoiy qoidalar kasbiy shakllanish darajasini baholashda muhim asoslar sifatida
aks etadi va ular, o‘z navbatida, Davlat ta’lim standard mazmunida qayd etiladi.
Ta’lim tizimi faoliyatini baholashda uning samaradorligi hamda pedagogic tizim
rivoji bilan bog‘liq asosiy ko‘rsatkichlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Aynan ana
shu ko‘rsatkichlar o‘qituvchining kasbiy shakllanish darajasini baholash mantiqini
asoslab beradi. Jamiyatda ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik yo‘nalishi – bu
insonning turli sohalarida maqsadli mustaqil faoliyati asosida uning intellekt va
ahloqiy rivojlanishidir. Jahonning rivojlangan davlatlari qatori mamlakatimizda
ham ta’limdagi islohotlar jarayonida mustaqil ta’limni rag‘batlantirish muhim
yo‘nalish sifatida kelmoqda. Bolajak kasb ta’limi o‘qituvchisining metodik
kompetentligini shakllantirish pedagoglami tayyorlashdagi murakkab muammolar
qatorida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ayniqsa ta’limni modemizatsiyalash bilan bog‘liq
islohotlaming joriy bosqichida kasbiy pedagogik faoliyatga moslashish muammosi
yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. BoMajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini amaliy,
psixologik, metodik, tadqiqotchilik turlari bilan bir qatorda kasb ta’limi
o‘qituvchisini metodik kompetentligini shakllantirish bilan boyib bormoqda.
Metodik kompetentlik tashhisi kasbiy shakllanishning mohiyatli xarakteristikalariga
diagnostik, kommunikativlik, boshqaruv va proyektiv o ‘quvlar guruhlarini kiritish
lozim. Pedagogning bilish faoliyati ko‘p jihatdan o‘rganilayotgan narsalaming
murakkabligi, dinamikasi, nostandartligi, ijtimoiy hodisalami ajratib turadigan
chegaralaming ta’siri, ulami izlash, noaniqlik bilan belgilanadi, bu esa
kuzatuvchanlik, suhbatdoshning ichki dunyosini modellashtirish malakasini nazarda
tutadi. Mazkur holda o‘z - o‘zini tartibga solish xususiyatlari o‘z bilim va
malakalarini doimo takomillashtirish zarurati, boshqa odamlarg qaratilgan o‘z xatti
- harakatini qat’iy muvofiqlashtirish uquvi bilan tavsiflanadi.
KASBIY TA’LIM METODIKASI
166
Pedagogning kasbiy tarbiyalanganlik layoqatliligini tadqiq qilishga
bag‘ishlangan asarlarda uning quyidagi turlari bilan farq qilinadi:
- maxsus tarbiyalanganlik layoqatliligi - kasbiy faoliyatini yetarlicha yuqori
darajada egallaganlik, o‘zining kelgusi kasbiy rivojlanishini loyihalash qobiliyati;
- ijtimoiy tarbiyalanganlik layoqatliligi - birgalikdagi kasbiy faoliyatrii,
hamkorlikni va shuningdek, mazkur kitobda qabul qilingan kasbiy muloqat
uslublarini egallaganlik, o‘z kasbi natijalari uchun ijtimoiy mas’ullik.
Kasb ta’limi o ‘qituvchisining metodik kompetentligi, irodaviy sifatlar,
intellektual salohiyat, hissiy sifatlar, amaliy ko‘nikmalar, o‘z-o‘zini boshqara olish
layoqatlarining o‘zaro bog‘liqligi va shaxsning ijtimoiymadaniy faollik darajasini
aks ettiruvchi individual sifatlar asosida shakllantiriladi.
Yevropa davlatlarida shakllangan an’anaga muvofiq kasbiy malaka
mutaxassisning kompetentligi, uni shakllantirishga qaratilgan ta’lim tizimi esa -
bilim, ko‘nikma va malakalar darajasi bilan o'lchanadi. Kasb ta’limi o‘qituvchisini
tayyorlashda muhim pedagogik shart-sharoitlar sifatida quyidagilami e’tirof etish
mumkin.
1. Zamonaviy talablarga javob bera oladigan meyoriy va o‘quvmetodik
hujjatlar (davlat ta’lim standard, namunaviy o‘quv rejalari, ishchi o‘quv rejalari,
namunaviy o ‘quv dasturlari, ishchi dasturlari, darsliklar, o‘quv qoMlanmalar,
metodik tavsiyanomalar, qo‘shimcha maxsus adabiyotlar, ko'rsatmali vositalar, dars
ishlanmalari, loyihalar va boshqalar)ning mavjudligi.
2. Ilmiy pedagogik xodimlar (professor, dotsent, o ‘qituvchi, malakali o‘quv
ustalari, texnik xodimlar)ning bilim, ko‘nikma va malakalarining yuksakligi,
metodik kompetentlik darajasining yetarlicha shakllanganligi hamda ilmiy
salohiyatga ega bo‘li$hi.
3. O‘quv jarayonining moddiy-texnik (o‘quv binolari, o‘quv auditorivalari,
o‘quv ustaxonalari, amaliy-laboratoriya jihozlari), axborot texnologiyalari (radio,
televideniye, kompyuter, nusxa ko‘chirish qurilmalari, laboratoriya asbob-
uskunalari,
magnitofonlar
(audio,
video,
multimediya),
trenajyorlar,
kinoproyektorlar, diaproyektorlar, texnik vositalar majmuining mavjudligi va
hokazolar) jihatdan yetarlicha ta’minlanganligi.
4. Ijtimoiy va o‘quv-texnologik jihatdan qulay muhit (o'qituvchilar, talabalar,
rahbarlar hamda talabalar, shuningdek, talabalaming o‘zaro munosabatlari
mazmuni, yo‘nalishi, maqsadlar birligi va boshqalar) yaratilganligi.
5. Tashkiliy hamda o‘quv-amaliy faoliyatning izchil, uzluksiz hamda tizimli
yo‘lga qo‘yilganligi. Kasb ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan boMajak
bakalavro‘ qituvchilarda metodik kompetentligini shakllantirishni bilim olishga
qiziqish va qobiliyatni pedagogik madaniyatni takomillashtirishga chorlovchi omil
sifatida shakllantirish lozim. Muammoni hal etishning muhim omili sifatida kasb
ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan bo‘lajak bakalavr-o‘qituvchilardan
KASBIY TA’LIM METODIKASI
167
pedagogik takomillashish, kasbiy bilimlami chuqurlashtirish va malakasini oshirish
talab etiladi. Kasb ta’limi o ‘qituvchisi metodik kompetentligi faoliyatini aniq bir
maqsadga yo‘naltirishi va bu maqsadga erishishi uchun quyidagi shartlarga rioya
qilishi kerak.
1. 0‘z bilimini mustaqil oshirish mazmunini kasb ta’limi o‘qituvchisi
mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik amaliyot o‘tayotgan ta’lim muassasasining
o‘quv ustaxonasidagi aniq sharoitlarga, amaliyotning sharoitlari, talablariga
moslashtirishi kerak.
2. Kasb ta’limi o‘qituvchisi ma’lum maqsad asosida va ma’lum tartibda o‘zida
quyidagi sifatlami shakllantirib borishi kerak:
- talabalaming intilishlari, qiziqishlarini chuqur his qilish, tushunish, ulaming
ma’naviy ehtiyojlarini hisobga ola bilish;
- talabalar bilan emmotsional aloqa o‘matish, ulaming aqliy, axloqiy va amaliy
faoliyati tomonlariga faol ta’sir etish.
3. Kasb ta’limi o‘qituvchisi umumiy pedagogika, psixologiya, yosh
fiziologiyasi va gigiyenasi, texnika va texnologiya fanlari bo‘yicha savollar
ro‘yxatini mustaqil o‘rganib chiqishlari shart.
4. Kasb ta’limi o‘qituvchisi o‘zining pedagogik mahoratini oshirish ustida
ishlash tizimining eng samarali usullari, yo‘llarini tanlab olishi, texnologik jarayon
va texnik obyektlamito‘g‘ri tanlab faoliyat ko‘rsatishi kerak.
5. Kasb ta’limi o‘qituvchisi aniq sharoitlami hisobga olgan holda va ularga
mos tarzda individual tarzda yoki jamoa bilan birga o ‘z bilimini oshirish
shakllaridan foydalanishi, amaliy mashqlar bajarishi maqsadga muvofiq.
6. Kasb ta’limi o‘qituvchisi o‘z bilimlarini oshirishni doimiy ijodiy izlanishlar
tarzida tashkil etish va ma’lum maqsadga yo‘naltirish zarur. Buriing uchun u:
- ijodiy izlanishlar jarayonini boshqarishga moyil boMishi;
- ijodiy izlanishlaming samaradorligi o'qituvchining pedagogik, psixologik va
nazariy tayyorgarligiga bog‘liq bo'lishini esda tutishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |