Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
5.
Ҳозирги ўзбек адабий тили. –Ж.II. –Т.: ФАН, 1966; Ўзбек тили граммати-
каси: Икки жилдлик. -Ж. II.
6.
Синтаксис. –Т.: Фан, 1976.
7.
Турниёзов Н.Қ., Муинова К.А. Гап ва унинг структураси. -Самарқанд:
СамДУ нашриёти, 1985.
8.
Маҳмудов Н., Нурмонов А. Ўзбек тили назарий грамматикаси. –Т.: Ўқи-
тувчи, 1995.
9.
Shokirov O.Z. Dariy tili (2-qism). –T.: ToshDSHI nashriyoti, 2010.
10.
Shokirov O.Z. Умарова С.М. Dariy tili синтаксиси. –T.: TDSHI, 2011.
O‘ZBEKCHA TAOM NOMLARINING RUS VA URDU
TILLARIDAGI TARJIMALARDA BERILISHI
(XX asr o‘zbek nasri namunalari misolida)
Mohira UMAROVA,
“Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika” kafedrasi tayanch doktoranti
O‘zbek nasrining sara namunalarini boshqa tillarga tarjima qilish
tarjimonlardan ulkan mahorat, sabr va har ikki tilni mukammal bilishni
talab etadi. Tarjimonlar nafaqat tilni har taraflama mukammal bilishi,
balki o‘sha mamlakat udumlari, an’analari va qadriyatlari ya’ni, ma-
daniyati bilan maksimal darajada tanish bo‘lishi darkor. Chunki tarjima
jarayonida uchraydigan frazeologizmlarni, milliy koloritga oid so‘z-
larni o‘z ona tiliga o‘girishda ortiqcha muammolar, ikkilanishlar yu-
zaga keladi. Mana shunday holatlarda eng to‘g‘ri, haqqoniy variantni
138
qo‘llash juda muhim. Birgina qilingan noto‘g‘ri tarjima o‘quvchining u
mamlakat haqida tushunchasini o‘zgartirishi, yoki hayolida boshqa
manzarani hosil qilishga sabab bo‘lib qolish ehtimoli yuqori.
Ushbu maqolada milliy xos so‘zlar – realiyalar, ularning tarjimada
qanday berilganligi masalasida so‘z yuritildi.
Tarjimashunos Q.Musayev realiyalarga quyidagicha ta’rif beradi:
“Xalqlar turmush tushunchalarini anglatadigan lisoniy vositalar xos
so‘zlar deyiladi. Muayyan bir xalq, millat va elatga xos tushuncha, nar-
sa va hodisalarni aks ettiradigan lisoniy vositalar badiiy asarning milliy
xususiyatini belgilaydigan asosiy vositalardan hisoblanadi ”
175
.
Ergash
Ochilov esa realiyalarni milliy koloritga oid so‘zlar deya ta’riflaydi
(Kolorit deganda tasviriy san’atda real hayotni haqqoniy aks ettirish
uchun ishlatiladigan ranglarning o‘zaro mutanosibligi tushuniladi).
Adabiyotda badiiy asarning o‘ziga xos xarakterli xususiyati:
milliylik, davr, ma’lum joyning o‘ziga xos jihatlari ifodasi ko‘zda
tutiladi”
176
. Milliy koloritni anglatuvchi so‘zlar – realiyalar deyiladi.
“Realiya” so‘zining ma’nosi – narsaga, buyumga oid degani.
“Realiyalar asar tilining ajralmas qismi bo‘lib, ular yordamida
muallif qahramon obrazini yaratadi, xalqning milliy xususiyatini
tasvirlab beradi. Ular badiiy asarning milliy koloritini ifoda etadi, turli
uslubiy vazifalarni bajaradi, hodisa va predmetlarning xususiyatini
haqqoniy, to‘g‘ri tasvirlashga yordam beradi”
177
.
Demak, milliy xos so‘zlar – u yoki bu millatga tegishli, mazkur
millatning milliyligini ifodalovchi so‘zlar sanaladi. Ushbu so‘zlarni
eshitish, ko‘rish orqali inson ko‘z oldiga o‘sha millat keladi. Misol
uchun, “sari” so‘zini eshitgach Hindistonni, “kimono”, “sake”
so‘zlarini eshitgach esa Yaponiyani eslaymiz.
Milliy koloritga oid so‘zlarni bir nechta guruhga ajratish mumkin.
Masalan, taom nomlari bilan bog‘liq so‘zlar, antroponimlar bilan, urf-
odat, an’analar hamda kiyim kechaklar bilan bog‘liq xos so‘zlar.
Mazkur maqolada biz taom nomlari bilan bog‘liq xos so‘zlar
hamda ularning rus va urdu tillarida qanday aks etganinin misollar
orqali keltirib o‘tganmiz. G‘.G‘ulomning “Shum bola” romanihamda
uning rus tiliga Aleksandr Naumov tomonidan urdu tiliga esa rus tili
175
Мусаев Қ. Таржима назарияси асослари: дарслик. – Т:, “Фан”, 2005.
176
E.Ochilov. Tarjimashunoslikning nazariy masalalari. O‘quv qo‘lllanma. - T:, 2014.
177
Hамроев H. Миллий хос сўзлар – реалиялар ва бадиий таржима // Таржима маданияти (Мақолалар
тўплами). – Тошкент, 1982. 158-бет.
139
yordamida Manzar Salim tomonidan qilingan tarjimalardan olingan
quyidagi misolda taom bilan bog‘liq milliy xos so‘z keltirilgan:
Domla ikkita qo‘rga ko‘milgan jo‘xori bilsn bitta sopol tovoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |