TARJIMADA ADAPTATSIYA MASALASI
Dildora RAHMONOVA, TDSHU “Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik
tarjimashunoslik” mutaxassisligi 1-kurs magistranti
Ilmiy rahbar: PhD. Nilufar Xodjayeva
«Tarjima (yoki adaptatsiya) – bu har doim
ongli ravishda bajariladigan harakat va oxir-
oqibat uslub yoki tartibga aylanadigan, qaror
yoki afzalliklar yordamida amalga
oshiriladigan vosita».
Jorj Bastin
“Adaptatsiya” so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib,
adaptatio –
“mosla-
shuv” degan ma’noni anglatadi. Bu termin turli sohalar doirasida turli
vazifada qo‘llaniladi. Hozirgi zamonaviy tarjima nazariyasida “adaptat-
siya” tushunchasi ikki xil ma’noda ifodalanadi: 1) asarni qisqartirib,
yengillashtirib, o‘zgartirib, milliylashtirib tarjima qilish; 2) ayrim so‘z,
tushuncha va terminlarni tarjima qilish jarayonida o‘quvchiga moslash-
tirish. Tarjimashunoslik tarixida adaptatsiyaning bir necha ko‘rinishlari-
ga duch kelamiz: 1) asarni qisqartirib tarjima qilish – “Shohnoma” ning
“Turkiy shohnoma” nomi bilan ixchamlashtirib o‘zbekchalashtirilgan
nazmu nasr aralash tarjimalari; 2) muayyan darajada milliylashtirib
tarjima qilish – Gogolning “Uylanish” komediyasining o‘zbekcha,
Shekspirning “Hamlet” fojiasining urducha tarjimalari; 3) yirik she’riy
asarlarni nasrda tarjima qilish – Attor “Ilohiynoma” dostonining
N.Komilov tomonidan nasrda amalga oshirilgan qisqartirilgan tarjima
si;
4) ayrim urf-odat va marosimlar, milliy so‘z va tushunchalarni milliy-
lashtirib tarjima qilish – “Kalila va Dimna”ning hind urf-odatlari tasviriga
bag‘ishlangan o‘rinlarining milliylashtirilib tarjima qilinishi; 5) jahon
adabiyoti durdonalarini bolalarga moslab, qisqartirib tarjima qilish –
“Robinzon Kruzo” asarining qisqartirilgan tarjimasi va h.k. [1;9].
Hozirgi kungacha “adaptatsiya” termini ko‘plab bahs-munozaralar-
ga sabab bo‘lgan tarjimashunoslikning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib
kelmoqda. XX asrning 70-yillariga qadar bu masalaga jiddiy munosabat
bildirilmagan. Ba’zi tadqiqotchi olimlar “adaptatsiya” terminini umu-
man tarjimaga aloqasi yo‘q deb sanagan bo‘lsa, ba’zilari esa
“adaptatsiya – tarjima qilishning bir usuli” sifatida qarashgan. Masalan,
ukrain tadqiqotchisi V.V.Demestkaya o‘zining “Tarjima nazariyasi”
nomli ilmiy ishida “adaptatsiya” tushunchasiga “o‘gay qizning kamta-
14
rona roli” deya ta’rif beradi [2;107]. L.L.Nelyubinaning “Zamonaviy
tarjima atamalari lug‘ati”da “adaptatsiya” quyidagicha izohlanadi:
1.
Matnda tasvirlangan vaziyatni retseptorga moslashtirish maqsa-
dida tegishli yo‘l orqali o‘zgartirish usuli;
2.
Adaptatsiya deganda, odatda, matnni turli xil usulda qayta ishlash
tushuniladi: shakl va mazmunini soddalashtirish, hamda kitobxonga
tushunarli bo‘lishi uchun matnni qisqartirish usuli;
3.
Tayyorgarligi bo‘lmagan kitobxonlar uchun matnni moslashti-
rish, masalan, badiiy san’at asarini endigina chet tilini o‘rganishni bosh-
lagan kitobxon uchun “yengillashtirish” [3;12-13]
A.V.Fedorov o‘zining mashhur “Umumiy tarjima nazariyasi asosla-
ri” nomli kitobida tarjima faoliyatining barcha turida adaptatsiyani bu-
tunlay inkor etadi: «Tarjimonga taqdim etilgan materialning o‘ziga xos
talab, turli darajadagi qobiliyat va ijodiy tashabbus, hajm va ma’lumot
xususiyatlari, zarur u yoki bu hodisaga qaramasdan, bu faoliyatning
barcha turi uchun quyidagi ikki holat umumiy hisoblanadi:
1.
Tarjima maqsadi – chet tilini bilmaydigan kitobxonni imkon qa-
dar matn bilan yaqinroq tanishtirish;
2.
Tarjima qilish – allaqachon bir tilda yaratilgan matnni boshqa bir
tilga to‘liq va aniq vositalar orqali ifodalashni anglatadi» [4;15].
R.K.Minyar-Beloruchev Fedorov nazariyasini qo‘llab-quvvatlagan
holda, adaptatsiya va tarjima mutlaqo bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan tu-
shunchalar ekanligini aytib o‘tadi, uning ta’kidlashicha, tarjimada xabar
uzatilishi kuzatiladi, adaptatsiyada esa, xabar uzatilmaydi, balki og‘zaki
asarning umumiy qisqa mazmuni bayon qilinadi [5;36].
Ya.I.Retsker o‘zining “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kitobida
butunlay “adaptatsiya” terminidan o‘zini olib qochadi. U faqat “so‘zlab
berish” tushunchasi bilangina cheklanib qoladi. Bu holatga tadqiqotchi
quyidagicha izoh beradi:
«Tarjimonning vazifasi – boshqa til vositalari yordamida asarning
asl nusxasini to‘liq va aniq holda yetqazib berishdan iborat. Asar o‘z us-
lubiy va ekspressiv xususiyatlarini saqlab qolishi shart. Boshqacha qilib
aytganda, tarjima “so‘zlab berish”dan farqli o‘laroq, u asarning asl nusxa
mohiyatini ochib berishdan tashqari, asar mazmuni, emotsional holati
qanday ifodalangan bo‘lsa, xuddi shu holatda saqlab qolishi zarur. Bu
talab asarning nafaqat o‘ziga, balki uning tarkibiy qismlariga ham
tegishlidir» [6;10]. “Adaptatsiya” atamasi, asosan, XX asrning 70-yil-
larida Otto Kade, Komissarov kabi tarjimashunos olimlar ilmiy izlanish-
15
larida ko‘zga tashlanadi. Komissarov adaptatsiyaning ikki xil ko‘ri-
nishini ta’kidlab o‘tgan: bular – stilistik adaptatsiya va pragmatik adap-
tatsiyalar. Uning izohiga ko‘ra, stilistik adaptatsiya “ma’lum bir tilda
o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan taqdirda, original matnda keltirilgan
o‘ziga xos vositalarni til vositalariga o‘zgartirish maqsadida qo‘llaniladi.
Pragmatik adaptatsiya negizida erkin tarjima yotadi. Bunda tarjimon
matn tarjimasiga turli mubolag‘a unsurlarini qo‘shgan holda “tarjima
chegarasi”dan chiqa oladi. Bu holat ko‘proq reklama, afisha
tarjimalarida uchraydi.
O‘sha davr olimlari nazariyalariga ko‘ra, tarjimshunoslikda “adap-
tatsiya” termini tarjima jarayonida matnni o‘zgartirish usulini tanlash
uchun xizmat qiladi, natijada, bunda u yoki bu narsa-hodisalarning ko‘-
rinishigina emas, balki o‘zi ham butunlay o‘zgaradi. Adaptatsiya – bu
so‘nggi qadam, qaysiki, mutarjim tarjima maydonini tark etib, qat’iy qo-
nun-qoidalar hukmron bo‘lmagan, ammo tarjimaga o‘xshash maydon
sari qo‘yiladigan oxirgi qadamdir [7;127].
Ukrain tadqiqotchisi V.V.Demetskaya tarjimada adaptatsiyaning
ahamiyatini o‘rganish bo‘yicha ko‘plab ilmiy izlanishlar olib borgan. U
bu mavzu yuzasidan ko‘plab maqolalar yozibgina qolmay, “Adaptatsiya
nazariyasi: madaniyat va tarjima masalalari”[8] nomli monografiya
hamda “Tarjimada adaptatsiya nazariyasi”[9] mavzusidagi doktorlik
dissertatsiyaning ham muallifi sanaladi. Demetskaya dissertatsiya anno-
tatsiyasida adaptatsiyaga odatiy qarashdan voz kechishni taklif qiladi. U
adaptatsiya ayrim matnlar uchungina xizmat qilishini ta’kidlab o‘tadi.
Bunday matnlarga esa lug‘at shaklidagi maqola, dars shaklidagi matn,
notiqlik matni hamda reklama matnlarini kiritadi. Demetskaya na-
zariyasiga ko‘ra: «Har xil turdagi matnlar turli xil darajadagi adaptatsi-
yani talab qiladi. Aynan adaptatsiya usulidan foydalanishni semantik,
struktur va pragmatik darajadagi matnlar talab qiladi. Shu sababdan qu-
yidagi adaptatsiya turlari taklif qilinadi:
1.
Katta hajmli matnlar darajasidagi adaptatsiya;
2.
Matn darajasidagi adaptatsiya (uslubiy);
3.
Kichik hajmli matnlar darajasidagi adaptatsiya». [10;37]
Adaptatsiya faqat tillararo emas, balki madaniyatlararo assimetriyada
ham qo‘llaniladi. Shu sababdan ham, biz adaptatsiya hodisasiga, aksar hol-
larda, realiyalar tarjimasida duch kelamiz. Ushbu usuldan asarning asl
ma’nosini saqlab qolib, kommunikativ ta’sirga ega bo‘lish maqsadida foy-
dalaniladi. Bunday hollarda adaptatsiyaning ishlatilishi tarjima asarni qa-
16
bul qilgan kitobxon asar matnini tushunmasligi bilan emas, balki dunyo
tillari manzarasining assimetriya ekanligi bilan izohlanadi, ya’ni bir tilda
mavjud narsa-hodisa nomlari boshqa bir tilda bo‘lmasligi mumkin. Misol
uchun, 60-yillarning
«
Летят журавли
»
nomli rus filmi fransuz tiliga
«Qu-
and passent les cigognes»
tarzida tarjima qilingan. Bunda fransuzcha tar-
jimada bir predmet (журавли) (turna) boshqa bir predmetga (aисты) (lay-
lak) o‘zgartirilgan. Fransuz madaniyatiga turna huddi laylak
kabi yaxshi
tanish.
Hattoki, fransuz tili lug‘atida bu qushning aynan tarjima varianti –
la grue
mavjud. Shuning uchun ham, tarjima asl ma’noni butunlay
yo‘qotmagan holda amalga oshishi uchun imkon ham, sharoit ham bor edi.
Ammo XV asrdan boshlab, fransuz tilida bu so‘z o‘z ma’nosini yo‘qotib,
ko‘chma ma’noda – axloqsiz ayol tarzida qo‘llanila boshlagan. Turna
haqida so‘z ketgan boshqa kontekst, masalan, turnaning tumshug‘i jumlasi
fransuzchaga -
les vols en de la grue,
ya’ni hech qanday o‘zgartirishsiz
o‘girilgan. Oxir-oqibatda bu film sarlavhasidagi turna so‘zi laylakligicha
fransuz kinomatografiyasi tarixiga muhrlangan. Aslida
«
Летят журавли
»
filmi vatanga muhabbat, insoniy fazilatlarni tarannum etgan kinoasar
hisoblanadi. O‘sha paytda fransuz tarjimoni sarlavhani shunday asl holicha
to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilganida, balki kino muallifi o‘z ko‘zlagan
maqsadiga yetisha olmagan bo‘lar edi. Chunki sarlavhadagi turna so‘zi
fransuz tomoshabinida noto‘g‘ri taassurot uyg‘otishi mumkin edi [11;78-
79].
Tarjimashunoslik tarixiga nigoh tashlagudek bo‘lsak, yuqorida kel-
tirib o‘tilgan vaziyat yoki misollar ko‘plab uchrashiga guvoh bo‘lamiz.
Ushbu taqdqiqot ishimiz davomida nafaqat XX asr tarjima nazariyasi,
balki hozirgi zamon tarjimashunoslik sohasida ham adaptatsiya tarjima
usuli sifatida qo‘llanilib kelinayotganiga yana bir bor amin bo‘lamiz.
Bugungi kunda ham ganalik kinorejisser Tomas A. Daniyels
«Hamlet» asosida «Hamile» filmini qo‘ydi va Hamletni – Hamilega, Ofe-
liyani - Habibaga, Poloniyni - Ibrohimga aylantirgan. Bu bayon-tarjima-
ning o‘ziga xosligi asarni tushunarli qilishdan iborat.
Shuningdek, soddalashtirib o‘girishga ishtiyoq turkiy tillardagi adabi-
yotlarda ham sezila boshlagan. Masalan, qirg‘iz oqini To‘g‘oloq Moldo
(1860-1942) o‘z asarlarida I.A.Krilov masallaridagi timsollar, syujet un-
surlaridan foydalandi, ularni O‘rta Osiyo xalqlari turmushiga moslashtirdi.
«Bo‘ri va Mushuk» masalining tarjimoni Aliqul Usmonov 1938 - yili ma-
saldagi ruscha ismlarni qirg‘izchaga «tarjima» qilib, Stepanni – Kalakbash,
Demyanni - Jilamish, Trofimni - Kalbay, Klimni – Komonkulga aylan-
tirgan va hokazo. Badiiy tarjimada moslashtirish muammosiga to‘g‘ri yon-
17
dashish zarur. Zero, murakkab san’at asarlarining omma tushunadigan
darajada soddalashtirib, jo‘nlashtirib qilingan tarjimalarini yaxshi tarjima
deb bo‘lmaydi. Murakkab va mukammal tarjima kitobxonning faol mu-
tolaasiga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, tadqiqotchilarning xima xil nazariya, qarash,
munozaralariga qaramasdan, shuni ta’kidlash mumkinki, “adaptatsiya”
atamasi tarjima nazariyasi sohasida tarjima turi, usuli,
murakkablikdan
soddalik tomon yetaklovchi, asar yoki matnlarning xalqona tarzda mutolaa
qilinib, kitobxon shuurida tushunarli tarzda mujassamlashishini
ta’minlovchi bir vosita sifatida tadbiq etiladi. Adaptatsiya masalasi esa,
oldin ham, hozir ham va keyinchalik ham tarjimashunoslikning jiddiy
e’tibor talab qiladigan bir yirik mavzusi bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |