O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti


Sinxron  tarjimonlik  ilk  bor  professional  tarzda  amalga  oshiril-



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/105
Sana13.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#355336
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   105
Bog'liq
Yosh-tarjimashunos-V

Sinxron  tarjimonlik  ilk  bor  professional  tarzda  amalga  oshiril-
gan  konferensiya. 
1962  yil  Turkiyada  sinxron  tarjima  rivojlanishidagi 
muhim yil bo‘ldi. Turkiyada va butun dunyoda turli sohalardagi faoliyati 
bilan muhim rol o‘ynagan,
 
Istanbul Universiteti Iqtisodiyot fakultetining 
tashkil  etilishida  katta  hissa  qo‘shgan,  mamlakatda
   
so‘nggi  yillar  bir 
necha mavzularda konferensiyalar tashkillashtirgan “Ford” jamg‘armasi 
1962 yilda “Population Control” (
ingl. Aholi ko‘payishini nazorat qilish

mavzusidagi  konferensiyaning  ikkinchi  ishini  Istanbulda  o‘tkazish 
tashabbusi bilan chiqadi. Ushbu konferensiyaning birinchi ishi Gretsiyada 
tashkil  etilgan,  ko‘plab  xorijiy  davlatlar  ishtirok  etuvchi  ushbu  kon-
ferensiya Turkiya uchun ham muhim o‘rin tutardi.   
 
“Ford”  jamg‘armasining 
1960  yillardagi 
direktori  va  “Ejzajibashi 
Holding”Aksiyadorlik kompaniyasi Boshqaruv kengashining raisi Nejat 
Eczajibashi konferensiyaning ahamiyatini anglagan holda bu kabi muhim 
tadbir uchun professional sinxron tarjimon zarur bo‘lishini hisobga olib, 
“Ford” jamg‘armasining o‘sha paytdagi  Yevropa mintaqasi rahbari Ro-
bert Kervindan bu masalada yordam so‘raydi. Robert Kervin bosh ofisi 
Jenevada  joylashgan  “Simultat  Inc”  xalqaro  tarjimonlik  firmasiga 
murojaat qiladi. Ushbu firmaning yurituvchilari Brukselning taniqli sin-
xron tarjimonlaridan Mariya Ginsberg va Gloriya Vagner xonimlar edi. 
Mariya Ginsberg Jenevadagi ofis ishlari bilan shug‘ullanar, Gloria Vagner 
esa doimiy safarda bo‘lib, firmaning tashqi aloqalarini yuritar edi. Firma 
jamoasi dunyoning turli mintaqalarida faoliyat yurituvchi ko‘plab sinxron 
tarjimonlardan iborat edi. Gloria Vagner safar qilgan mamlakatlarida ular 
bilan ishlashni istagan va sinxron tarjimonlikdan xabardor shaxslar bilan 
uchrashar,  o‘z  jamoasiga  qo‘shilishi  uchun  shartnomalar  tuzar  edi. 
Ayniqsa  tarjimonlik  sohasiga  qabul  qilingan  yangi  tarjimonlar  uchun 
zarur  paytlarda  Jenevada  izchil  kurslar  tashkil  etardi.  “Ford” 
jamg‘armasining  Yevropa  mintaqasi  rahbari  Robert  Kervin  G.Wagner 
bilan  uchrashadi  va  undan  o‘sha  vaqtda  “Ford”  jamg‘armasida  Nejat 
Ejzajibashining  yordamchisi  bo‘lib  ishlayotgan  Nezih  Neyzi  bilan 
gaplashib ko‘rishini so‘raydi.  


 
27 
Robert Kervin Kosta Dapontesning bu taklifini mamnuniyat bilan qa-
bul qiladi, chunki Norayir Altinyanni o‘sha vaqtlarda Mobil S.A.
 
firma-
sida
 
moliyaviy ishlar bo‘yicha maslahatchi bo‘lib ishlayotganligidan xa-
bardor edi. Shundan so‘ng Kosta Dapontes Norayir Altinyan bilan bog‘-
lanadi va uni holat bo‘yicha xabardor qiladi. Norayir Altinyan bu taklifni 
qabul  qilishdan  avval  “Simultat  Inc”  xalqaro  tarjimonlik  firmasi 
yurituvchilaridan  biri  G.Wagner  bilan  uchrashishi  lozimligini  bildiradi. 
N.Altinyan o‘sha kunlardagi xavotirini quyidagicha izohlaydi: “
Sinxron 
tarjimonlik  u  yoqda  tursin,  yozma  tarjima  bo‘yicha  ham  tajribam  yo‘q 
edi.  Fransuz  va  ingliz  tillarini  yaxshi  o‘zlashtirgan  edim  va  bu  tillarda 
bemalol muloqot qila olardim, ammo sinxron tarjima bo‘yicha bu qadar 
jiddiy  konferensiyada  tarjimon  bo‘lib  ishtirok  etish  uchun  buning  o‘zi 
kamlik qilishini yaxshi anglar edim. Mana shularning barchasini Gloria 
xonimga  tushuntirdim.  Xonim  menga  turk  tarjimoni  topolmasdan  juda 
qiyin  vaziyatda  qolganliklarini,  konferensiyaning  muvaffaqiyatli  o‘tishi 
uchun buning muhimligini tushuntirishgach, menga bu borada yo‘l-yo‘riq 
ko‘rsatish sharti bilan ularning taklifini qabul qildim
.”  
 Konferensiyadan ikki hafta oldin Gloriya Vagner Istanbulga tashrif 
buyuradi  va  Norayir Altinyan  bilan  yuzma-yuz  ko‘rishib,  qanday  ishlar 
amalga oshirilishi to‘g‘risida fikrlashadi.  
Mana shu davrdan boshlab Norayir Altinyan “Ford” jamg‘armasi to-
monidan tashkil etiladigan barcha konferensiyalarda jamg‘armaning pro-
fessional tarjimoni sifatida ishtirok etadi. Ushbu davrda ba’zan Berrin Ke-
feli xonim bilan ham birga ishlar, shunga qaramay, asosan, yolg‘iz o‘zi 
faoliyat yuritar edi.   

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish