O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti


SINXRON TARJIMADA STRATEGIYA VA TARJIMA



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/105
Sana13.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#355336
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   105
Bog'liq
Yosh-tarjimashunos-V

 
 
 
 
SINXRON TARJIMADA STRATEGIYA VA TARJIMA 
JARAYONIDA TURLI STRATEGIYALARINING O‘ZARO 
MUNOSABATI 
Azamat
 
KUDRATOV, 
TDSHU “Sinxron tarjima” mutaxassisligi 1-kurs magistranti 
Ilmiy rahbar: PhD. Dilshoda Mubarakova 
Sinxron tarjimada strategiya – asliyat tilidan tarjima tiliga tarjima 
qilishda  xabarga  ishlov  berishdagi  konferensiya  tarjimoniga  zaruriy 
ko‘nikma  yoki  ma’lum  bir  mahoratlar  tizimidir.  Sinxron  tarjima 
tadqiqotchilarining aksariyati strategiya deganda asliyat tilidan tarjima 
tiliga  o‘girishda  xabarga  ishlov  berishdagi  konferensiya  tarjimoniga 
zaruriy ko‘nikma, mahoratni tushunadilar. 
Baker strategiyani “Tarjima strategiyasi matn yoki uning qismini 
tarjima qilishda duch keladigan muammoni hal qilish tartibidir”
49
, deya 
ta’riflaydi. Sinxron tarjimada strategiya  – tarjima vazifalarini amalga 
oshirish  uslubi  bo‘lib,  bu  ma’ruzachining  madaniy  va  shaxsiy 
xususiyatlari, baza darajasi, til ustkategoriyalari va ostkategoriyalarini 
 
48
 Ҳамидов Х., Хасанова Ш. Русча синхрон таржима терминларининг ўзбекча изоҳли 
луғати –Тошкент: Нодирабегим нашриёти, 2019. 
49
 Baker Mona. In Other Words: A Coursebook onTranslation
.
 – London: Routledge, 2005. – 
P.188.
 


 
47 
hisobga  olgan  holda  xabar  yuboruvchining  kommunikativ  maqsadini 
asliyat tilidan tarjima tiliga adekvat tarzda yetkazib berishdan iborat. 
Mazkur  izohdan  shuni  ko‘rish  mumkinki,  strategiya  tushunchasi 
ham lisoniy, ham g‘ayrilisoniy omillarni o‘zida jamlab, bu omillarning 
har biri tarjimaning ma’lum bir parchasida u yoki bu (yoki bir vaqtda 
bir necha) uslublar tanlovini shart qilishi mumkin. Tajribali tarjimon-
ning strategiya tanlovi ko‘pincha avtomatizm rejimida amalga oshadi. 
Bundan tashqari, strategiya asliyat tilidan tarjima tiliga tarjima qilishda 
adekvatlik va muqobillikka erishish vositasi bo‘lganligi sababli sinxron 
tarjimon  tomonidan  bir  vaqtning  o‘zida  bir  necha  strategiyalar  qo‘l-
lanilishi mumkin. Shuningdek, asos sifatida strategiyalardan biri olinib, 
boshqalari  esa  qo‘shimcha  bo‘lishi  mumkin.  Masalan,  dastlab  tanlab 
olingan  uslub  istalgan  natijalarga  olib  kelmasa,  ana  shu  qo‘shimcha 
strategiya  murakkab  vaziyatdan  chiqishning  vositasi  bo‘lib  xizmat 
qilishi mumkin. Strategiya tushunchasi ham lisoniy, ham g‘ayrilisoniy 
omillarni o‘zida jamlab, bu omillarning har biri tarjimaning ma’lum bir 
parchasida u yoki bu (yoki bir vaqtda bir necha) uslublar tanlovini shart 
qilishi mumkin. 
I. Vaqt omiliga bog‘liq strategiyalar: 
1. Sinab ko‘rish va hatolar strategiyasi: 
2. Kutish strategiyasi; 
3. 
Stolling 
strategiyasi;
 
 
4. Chiziqlilik strategiyasi; 
5. Ehtimoliy bashorat strategiyasi. 
II. Statik omillar bilan bog‘liq strategiyalar: 
1. Belgili tarjima strategiyasi;   
2. Kompressiya strategiyasi; 
3. Dekompressiya strategiyasi. 
Sinxron tarjima xatolarini ikki xil ta’riflash mumkin:  
1. Tarjimonning tilni o‘ta mukammal bilmasligi, jumladan pragma-
tik nufuzining yetarli emasligi va 2. Ma’ruzachi (notiq) bilan tarjimon 
o‘rtasidagi aloqaning muvofiqlashtirilmaganligi
50
.
 
Xatolikka yo‘l qo‘-
yishning  boshqa  sabablari  ham  bo‘lishi  mumkin.  Masalan,  zaldagi 
shovqin tufayli notiqning so‘zlarini yaxshi eshitmaslik, so‘z borayotgan 
 
50
 Setton, R. A., Pragmatic Theory of Simultaneous Interpretation / doctoral dissertation, Ann 
Arbor, Michigan, 1997. -P.231. 


 
48 
mavzuning  o‘ziga  xosligi  sababli  tarjimonning  spesifik  atama  va  tu-
shunchalarni anglab yetmasligi va h.k.
 
 
Tarjimonning nazoratidan tashqarida qoladigan bir qator sabablar-
ga ko‘ra, ko‘pchilik hollarda tarjimon nutqni tushunishda qiyinchilik-
larga duch keladi. Bunday vaziyatlarda tarjimon «tarjimani qutqarib qo-
lish» uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni amalga oshirishga majburdir. 
Bu Strategiyalarning maqsadi aynan yuz berishi mumkin bo‘lgan xa-
toliklarni  mumkin  qadar  kamaytirish  va  asosiy  mazmunni  saqlab  qo-
lishdan iborat. Yuqorida aytib o‘tilgan fikrlarni inobatga olgan holda 
tarjimaning ushbu murakkab sohasi ustida hali qilinadigan ishlar ko‘p-
ligi, xususan, sharq tillaridan o‘zbek tiliga va o‘zbek tilidan sharq til-
lariga sinxron tarjima muammolarini tadqiq qilish “ochilmagan qo‘riq” 
ekanligini bir karra ta’kidlab o‘tishni istar edik. 
Sinxron tarjimada tarjimon bir vaqtning o‘zida bir necha strategi-
yalardan foydalanadi. Odatda qaror holatga bog‘liq holda qabul qilina-
di. Bu holatga albatta lingvistik va ekstralingvistik omillar ta’sir ko‘r-
satadi. Kutish strategiyasi dunyo tarjima amaliyotida ma’noli fe’l gap-
ning so‘nggida keluvchi tillardan tarjimalarda tez-tez qo‘llanadi. Misol 
uchun, ingiliz tilidan yoki g arab tilidan sinab ko‘rish va xatolar stra-
tegiyasidan foydalanish holatida bo‘lganida, bu strategiya tarjimonning 
asosiy  vazifasi  -  to‘g‘ri  qaror  qabul  qilish  uchun  ko‘proq  va  kengroq 
ravishda kontekstga ega bo‘lish yoki tanishishdir. Kutish strategiyasi 
Stolling va Sossisonaj strategiyalari va bir paytda "kutish strategiyasi" 
bilan ko‘rib chiqilishi zarur bo‘lgan strategiyalarga yaqin hisoblanadi. 
Umuman  olganda  sinxron  tarjimada  mavjud  bo‘lgan  barcha  stra-
tegiyalar  jamlab  yig‘ma  holda  ko‘rib  chiqilishi  kerak.  Ba’zida,  tarji-
monning qaysi bir strategiyani tanlashda umuman kutilmagan omillar 
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, uning psixologik va shaxsiy sifat-
lari sinxron tarjimonga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tarjima kontekstida 
strategiyalar  tarjima  muammolarining  yagona  tuguniga  o‘ralib  bir-
galikda funksiya bajaradi. 
Kutish  strategiyasi  shundan  iboratki,  bildirilgan  fikr,  mulohaza 
ma’nosi  mavjud  kontekstdan  umuman  oydin  bo‘lmasa,  unda  sinxron 
tarjimon  tekstning  qolgan  qismini,  qaysiki  ma’noni  oydinlashtiruvchi 
qolgan qo‘shimcha qism-komponentlarini ham kutib biroz pauza qiladi. 
Agar ma’lumot qabul qilayotgan shaxsni biroz vaqtga tarjimasiz qol-
dirib,  noqulay  vaziyatga  solib  qo‘ymasa,  sinxron  tarjimon  bir  necha 
sekundga pauza qilib turishi mumkin. Bu strategiyadan foydalanishning 


 
49 
eng  munosib  payti  bu  haqiqiy,  original  diskursiya  paytidir.  Axir, 
notiqning nutqida ikki gap orasida pauza mavjud bo‘lsa, odatda o‘sha 
bo‘shliq  ma’noni  ifodalovchi  to‘liq  gap  yoki  uning  bir  qismi  bilan 
to‘ldiriladi. Bunday taktika faqat pauza unchalik uzoq bo‘lmaganda va 
hammasi  bo‘lib  bir  necha  soniyalardan  iborat  bo‘lgandagina  ma’-
qullanishi ko‘zda tutiladi va bu soniyadlar davomida chiqishda yanada 
kengroq kontekstlar paydo bo‘ladi. Aks holda, tarjimonga kamroq afzal 
ko‘riladigan  sinab  ko‘rish  va  xatolar  strategiyasiga  murojaat  qilishga 
to‘g‘ri keladi. Ammo bu strategiyada xatolikka yo‘l qo‘yish ehtimolligi 
"kutish  strategiyasi"ni  foydalanishga  qaraganda  yuqoriroq.  Aslida, 
umuman sinab ko‘rish va xatolar strategiyasi tarjimani qutqarib qolish 
uchun eng so‘nggi chora sifatida foydalaniladi.  
Ko‘plab tekshiruvchilar tarjima tilida sinxron tarjimon samarali tar-
jimaga ega bo‘lishi uchun nutqning optimal tezligini aniqlashga urin-
ganlar. Ushbu masala o‘zlarining tajriba tekshiruvlarida ko‘plab qizi-
qarli  natijalarga  erishgan  G.V.Chernov  va  A.F.Shiriyayev  ishlarida 
ham tekshirilgan. Ma’lumki, misol uchun bir minutda notiq ikki yuz 
ellikdan ortiq bo‘g‘in ishlatsa, amalda sinxronistlar uni quvib yeta ol-
maydi  va  o‘yindan  chiqadilar.  O‘rta  hisobda  sinxronist  ma’ruzachini 
o‘zidan ikki-to‘rt soniyagacha qo‘yib yuborish kerak, to‘qqiz sekund-
dan ortiq ortda qolish esa xavfli bo‘lib, bunda tarjimon va ma’ruzachini 
bog‘lab turgan aloqa yo‘qoladi. Kimki ma’ruzachini bir sekundga o‘zi-
dan uzoqlashtirmasa, u jiddiy xatolikka yo‘l qo‘yadi. 
Agar  sinxronist  nutqning  ikki-uch  so‘zini  eshitiboq  tarjimaga  ki-
rishsa,  u  o‘sha  yerning  o‘zidayoq  nochor  holga  tushadi  va  beo‘xshov 
sintaktik va grammatik xato konstruksiyalarni tuzadi. Qanchalik sinxro-
nist gapni tugashigacha sabr qilsa, shunchalik unda aniq va chiroyli tar-
jima chiqadi va unga o‘zini to‘g‘irlashga hojat qolmaydi. Tajribali, pro-
fessional,  nutqning  birinchi  sekundlaridan  og‘zaki  ma’lumotni  eslab 
qolish,  tushunib  olish  va  hatto  qanday  talaffuz  qilishgacha  ta’riflab 
olishda foydalanadi. Misol uchun: Arab gramatikasida manfiy jumla bi-
lan so‘z yuritilsa u gapni juda diqqat bilan tinglash zarur, sababi arab 
tilida  manfiy  jumlaning  o‘rtasida  “لب”    (bal)  va  “لاا”  (illa)  qo‘shim-
chalarning  kelishi  jumlaning  manfiylik  ma’nodan  istisnolik  ma’noga 
o‘zgarishini ta’minlaydi. 
  ابلاط لب بلاطلا رضح ام مويلا
-
  
  ام
نيدفو لب برعلا دفو اوقفتا
 Ma’nosi: bugun 
hech qaysi talaba kelmadi ammo bir talab keldi. Ikkinchi misolda: Arab 
delegatlari kelishaolmadi ammo ikki delegat kelishib oldi. 


 
50 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish