O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti


Turkiyada  sinxron  tarjima  maktabining  tashkil  etilishi  va  ilk



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/105
Sana13.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#355336
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   105
Bog'liq
Yosh-tarjimashunos-V

Turkiyada  sinxron  tarjima  maktabining  tashkil  etilishi  va  ilk 
professional  sinxron  tarjimonlar  (konferensiya  tarjimonlari). 
1960-
yillarda Turkiyaning dunyo mamlakatlari bilan aloqalari tobora kengayib 
boradi. Istanbul, Anqara va Izmir kabi asosiy biznes va madaniyat mar-
kazlari  bo‘lgan  shaharlarda  xalqaro  konferensiyalar,  seminarlar  va  turli 
debatlar va uchrashuvlar ketma-ket tashkil etiladi. Bu yig‘ilishlarda turk 
tili va xorijiy tillar bo‘yicha tarjimani amalga oshira oladigan mutaxassis-
larga bo‘lgan ehtiyoj ortadi. 1964-yilda “Iqtisodiy – ijtimoiy tadqiqotlar 
konferensiyalari” Hay’ati “Ford” jamg‘armasining moliyaviy ko‘magida 
Shvetsariyadagi  nufuzli  sinxron  tarjima  tashkiloti  hisoblanuvchi  va 
“Population Control” (ingl. Aholi ko‘payishini nazorat qilish)
 
konferen-
siyasida “Ford” jamg‘armasi bilan ish olib borgan “Simultat Inc” xalqaro 
tarjimonlik  firmasi  bilan  hamkorlikda  ilk  turk  sinxron  tarjimonlar 


 
28 
tarkibini  tayyorlaydi.  Shu  asosda  Jenevada  bo‘lajak  turk  tarjimonlari 
uchun maxsus sinxron tarjima kurslari tashkil etishga kelishib olinadi.  
1964-yil  yoz  oylarida  Jenevada  tashkil  etiladigan  kurslarga 
nomzodlarni aniqlash uchun Gloriya Vagner va Norayir Altinyan “Ford” 
jamg‘armasining  ko‘magida  chet  tillari  o‘rgatiladigan  maktablardagi 
nomzodlar  bilan  suhbatlashishadi.  Tanlov  o‘ta  talabchanlik  bilan  bir 
necha  bosqichda  o‘tkaziladi.  Dastlab  nomzodlarning  madaniy  saviyasi 
yuqoriligi,  o‘z  ona  tilini  yoki  chet  tilini  qay  darajada  o‘zlashtirganligi, 
so‘z boyligining kengligi, fikran tez reaksiya qila olishi, tashqi dunyoga 
va  turli  madaniyatlarga,  yangiliklarga  nisbatan  xayrixohlik  kabi 
jihatlariga  alohida  e’tibor  qaratishadi.  Uchrashuvlar  dastlab  og‘zaki 
suhbat, keyin esa so‘z boyligi va tilning grammatik o‘zlashtirilganligini 
aniqlash  kabi  bosqichlardan  iborat  edi.  Tanlov  so‘nggida  5  ta  nomzod 
aniqlanadi. Bular, o‘sha vaqtda endigina kollejni bitirgan Okshan Atasoy, 
“Population  Control”  konferensiyasida  Norayir  Altinyanga  hamrohlik 
qilgan  Ayshegul  Chilli,  Suna  Bozkir,  Dilek  Basmaji,  Selda  va  Erkin 
Kordan  ham  koordinator  sifatida  tanlanadi.  Shu  tarzda  1964-yilda 
saralangan guruh Jenevaga yo‘l oladi. Kurslarni shaxsan o‘zi tashkil etgan 
Gloriya  Vagner  ayni  vaqtda  bu  ilk  guruhning  ham  o‘quv  ishlarini  o‘z 
nazoratiga oladi. Saralangan besh nomzodning barchasi deyarli Norayir 
Altinyan  darajasida  ta’lim  olishadi.  Guruh  bir  oylik  o‘ta  izchil  o‘quv 
yuklamali  dasturda  ishtirok etadi.  Kurslar  har  yili  BMT  va NATO  kabi 
nufuzli xalqaro tashkilotlarga professional tarjimonlar tayyorlab beruvchi 
Jeneva  Tarjimonlik  oliy  maktabida  o‘tkaziladi.  Ushbu  maktabning  bir 
necha  professorlari  va  Gloriya  Vagner  turk  o‘quvchilariga  ta’lim 
berishadi.  Sinxron  tarjimonlikka  nomzodlar  Gloriya  Vagner  ko‘magida 
BMT va NATO da tashkil etilgan bir nechta konferensiyalarda qatnashish, 
professional tarjimonlar ishiga ko‘maklashish, ular bilan fikr almashish, 
professional mahoratini kuzatish imkoniyatlariga ega bo‘lishadi. Gloriya 
Vagner va u bilan birga kurslarni olib borgan professorlar nomzodlarga 
sinxron  tarjimaning  texnikalarini  va  o‘ziga  xos  jihatlarini,  yozish 
texnikasi (semantografiya) ni, biror matn yoki nutqni uzoq vaqt xotirada 
saqlash  usullarini  va  farqli  strukturaga  ega  tillarni  bir  biriga  hamohang 
qilish usullari, ya’ni “
pharapharaser
”-
parafraza
 texnikasini o‘rgatadilar. 
Bir oylik izchil o‘quv jarayonidan so‘ng, ta’lim olgan besh nafar sinxron 
tarjimon  Turkiyaga  qaytishadi.  Ular  qaytishlari  bilanoq  “Konferensiya 
Hay’ati” tomonidan tashkil etilgan barcha konferensiyalarda professional 
sinxron  tarjimon  sifatida  ishtirok  etishadi.  Dastlab  har  bir  konferensiya 
yangi  tarjimonlar  uchun  tajriba-sinov  (stajirovka)  vazifasini  bajaradi. 


 
29 
Afsuski,  vaqt  o‘tib  ushbu  besh  kishidan  faqat  Okshan  Atasoy  va  Suna 
Bozkir  o‘z  kasbini  davom  ettirishadi. Selda  bir  nechta  konferensiyadan 
so‘ng bu ish unga to‘g‘ri kelmasligini bildiradi va tark etadi. Ayshegul 
Chilli esa juda qisqa muddat bu sohada faoliyat yuritadi va turmush qurib 
Amerikaga  ko‘chib  ketadi.  Dilek  Basmaji  esa  qobiliyatli  tarjimon 
bo‘lishiga qaramasdan bank sektoriga ishga o‘tadi va “Sinai” Taraqqiyot 
bankida  bank  boshqaruvchisi  lavozimini  egallaydi.  Tanlab  olingan 
nomzodlardan ba’zilari qisqa fursatdan so‘ng o‘z kasbidan voz kechsa-da, 
“Konferensiya Hay’ati” tarjimonlarning iqtidoridan ruhlangan va bu kabi 
tashabbuslarning  davom  ettirilishi  va  Turkiyada  yaqqol  ehtiyoj 
sezilayotgan  mazkur  soha  mutaxassislarini  tayyorlash  orqali  mamlakat 
rivojlanishiga  o‘z  hissasini  qo‘shishni  maqsad  qilgan  holda  sinxron 
tarjimonlik sohasiga yanada ko‘proq grant, moliyaviy yordam ajratilishi 
choralarini ko‘radi. 
O‘sha vaqtda, ya’ni 1960-yillar boshida, tarjimon kabinkalari faqat-
gina “Tarabya” otelining “C” qavatidagi konferensiya zalida mavjud edi. 
Tabiiyki, ushbu kabinkalar yetarli emasdi. “Konferensiyalar Hay’ati” o‘z 
guruhining ishlashi uchun kabinkalar zarurligini yaxshi anglardi. 1966-yil 
“Konferensiyalar Hay’ati” “Ford” jamg‘armasining moliyaviy ko‘magida 
simli  va  simsiz  eshitish  jihozlariga  ega  bo‘ladi.  Sinxron  tarjima 
kabinalarining  tashkil  etilishi  uchun  zarur  texnik  jihozlar  va  qismlar 
import qilinadi. Ushbu jihozlardan foydalanishni tashkil etish uchun tex-
nik  xizmat  ko‘rsatuvchi  guruhlardan  biri  bilan  kelishuv  tuziladi.  Kabi-
nalar barcha qismlari bilan “Konferensiyalar Hay’ati”ning 
Harbiye Adil 
Xan
dagi byurosiga o‘rnatiladi. Konferensiyalar belgilanishi bilan texnik 
guruh  kabinalarni  yig‘ib  olar  va  konferensiya  o‘tkaziladigan  joyga  olib 
borib o‘rnatishar, so‘ngra takror yig‘ib olib byurodagi joyiga olib borishar 
edi. Biroz vaqt o‘tib Hay’at kabinalarni boshqa tashkilotlarga ham ijaraga 
bera  boshlaydi.  1965-yilda  Hay’at  nomzodlarni  ilk  guruhdagidek  Je-
nevada emas, Istanbulda o‘qitishni rejalashtiradi. Shu maqsadda “Hilton” 
oteli klubining byurosi ijaraga olinadi. 
 
1969  yil  Istanbulda  Hasan  Akbelen  boshchiligida  kichik  sinxron 
tarjimonlar  guruhidan  iborat  “Turkiya  Konferensiya  tarjimonlari 
Assotsiatsiyasi” tashkil etiladi. Hasan Akbelen o‘z navbatida, “
Xalqaro 
Konferensiya tarjimonlari Assotsiatsiyasi
”ning ilk turkiyalik a’zosi ham 
edi.  “Turkiya  Konferensiya  tarjimonlari  Assotsiatsiyasi”  o‘zining 
normativ-huquqiy  asoslari,  professional  ish  uslubi  modelini  aynan 

Xalqaro  Konferensiya  tarjimonlari  Assotsiatsiyasi
”  (AIIC  – 
The 
International  Association  of  Conference  Interpreters
)  modeli  asosida 


 
30 
tashkil etgan edi
33
. “Turkiya Konferensiya tarjimonlari Assotsiatsiya-si” 
ning  asosiy  faoliyat  yo‘nalishlaridan  biri  yangi  a’zolar  uchun  uyda 
o‘qitish ishlarini tashkil etishgan.  
Qayd  etish  joizki,  Turkiyada  sinxron  tarjimaning  yuzaga  kelishi 
o‘ziga  xos  murakkab  jarayonlar  va  ijtimoiy-iqtisodiy  omillarga  bog‘liq 
tarzda kechdi. Mamlakatdagi vatanparvar  ziyoli qatlam, “elita”ning sa’y-
harkatlari, yurt kelajagi uchun befarq bo‘lmagan biznes sohasining yirik 
vakillari o‘z kelajagini Turkiyaning kelajakdagi taraqqiyoti bilan uyg‘un 
ravishda ko‘rishlari natijasida ilm-fan uchun yangi soha, jamiyat uchun 
yangi maslak “sinxron tarjimonlik kasbi” yuzaga keldi. O‘tish davri shart-
sharoitlari va talablarini qondirish maqsadida jamiyatning o‘sha davrdagi 
ziyoli  qatlami  o‘zining  bor  kuch  va  imkoniyatini  ishga  soldi  va  o‘z-
o‘zidan  Turkiyada  sinxron  tarjimonlikning  tamal  toshini  qo‘yishdi. 
Xususan,  professor  Nezih  Neyzi,  jurnalist  Norayir  Altinyan  kabi  yurt 
fidoyilari o‘z bilim va salohiyatini mamlakat rivoji uchun safarbar etishdi. 
Ushbu  shaxslarni  va  sinxron  tarjimonlik  faoliyatini  professional  tarzda 
tashkil  etishga  katta  hissa  qo‘shgan  “Iqtisodiy  –  ijtimoiy  tadqiqotlar 
konferensiyalari  Hay’ati”,  ushbu    Hay’atni  moliyaviy  jihatdan  qo‘llab-
quvvatlagan Nejat Ejzajibashi, Vehbi Koch kabi Turkiya  sanoatining eng 
katta  vakillarini  alohida  e’tirof  etish  joiz.  Shuningdek,  Turkiyada  ilk 
professional  sinxron  tarjimonlar  (konferensiya  tarjimonlari)  ni  kasbiy-
malakaviy  tayyorlashda  bor  kuch-g‘ayratini  sarflagan  Gloriya  Vagner 
xonimning  xizmatlarini  ham  qayd  etib  o‘tish  lozim.  Aynan  Gloriya 
Vagner  sa’y-harakatlari  natijasida  Turkiyada  dastlabki  professional 
sinxron tarjimonlar tarkibiga va sinxron tarjima maktabiga asos solindi. 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish