Uglevodlar
. Uglevodlar organizm uchun eng oson va tez energiya beruvchi
modda bo‘lib, ular kartoshka, donlar, meva-cheva va poliz mahsulotlari tarkibida ko‘p
bo‘ladi. Tanaga polisaxarid ko‘rinishida qabul qilingan uglevodlar oshqozon ichak
yo‘lida monosaxaridlargacha (masalan glyukozagacha) parchalanib, qonga suriladi va
to‘qima xo‘jayralarining faoliyati uchun energiya beradi.
Glyukoza faqat energiya manbai bo‘libgina qolmasdan nuklein kislotalar va
xo‘jayra sitoplazmasi tarkibiga ham qiradi. Shuning uchun o‘sish jarayonida uning etarli
bo‘lishi muhim plastik ahamiyatga ega. Sut emadigan bolalar sutkasida 1 kg. tana
massasi hisobiga 10-12 gr. uglevod qabul qilishi lozim. Qabul qilingan me’yorlrga ko‘ra
1-3 yoshli bolalar sutkasiga – 193 gr., 4-7 yoshlar – 287 gr., 9-13 yoshlar – 370 gr.
uglevodlarni ovqat bilan iste’mol qilish belgilangan.
Vitaminlar
. Vitaminlar bu organizmning normal faoliyati uchun kerakli organik
moddalardir. Ular modda almashinuvida muhim rol o‘ynadi va ularni ko‘pchiligi
fermentlar tarkibiga kiradi, gormonlar ta’sirini muvofiqlashtiradi, noqulay tashqi muhit
omillariga chidamlilikni oshiradi, o‘sish va rivojlanishini ta’minlaydi va h.q.
Vitaminlarni asosiy manbai o‘simlik mahsulotlaridir (mevalar, poliz
mahsulotlari, ko‘katlar va boshqalarda) ya’ni ular go‘sht, tuxum, baliq, sut kabi hayvon
mahsulotlarida ham anchagina bo‘ladi.
Vitaminlar juda qam miqdorda kerak bo‘lsada, etishmasligi (avitaminoz) qator
kasalliklarga olib keladi.
Organizmning normal hayotiy faoliyati uchun qo‘yidagi vitaminlar zarurdir: B1
(tiamin, anavrin), B2 (riboflavin), PP (nikotinomid), B12 (siankobolamin), C
(askorbinovaya kislota), A (retinol, akseroftol), D (ergokalsiferon).
Vitamin B1 – nerv tizimi ishi va uglevodlar almashinuvini yaxshilaydi, uning
iste’mol qiladigan taomlarda bo‘lmasligi beri-beri yoki polinevrit kasalligini keltirib
chiqaradi. Uni etishmasligidan tez charchashlik, lanjlik xollari kelib chiqadi. Uning
manbai tuxum sarig‘i, mol jigari, achitqi, dukkaklilar, bug‘doy va boshqalar.
Vitamin B2 - non, pomidor, sut va sut mahsulotlarida, tuxum, jigar, go‘shtda
ko‘p uchraydi. U etishmaganida lab terisi zararlanadi, yorilib usti koramtir po‘st bilan
qoplanadi. Keyinchalik ko‘z va tana terisining boshqa qisimlari ham zararlanadi, teri
po‘st tashlay boshlaydi, kam qonlilik, nerv tizimi faoliyati buzilib, xushdan ketish xollari
ham uchraydi, qon bosim pasayib ketadi.
Vitamin PP – ko‘katlarda, sabzi, kartoshka, no‘xat, bo‘g‘doy, pishlok, sut, go‘sht
va jigarda uchraydi. Bu vitaminning etishmasligida bolalarda og‘zidan ko‘prok so‘lak
ajralish va ich ketish xollari uchraydi, teri dag‘g‘allashib qoladi va uning uzaq vaqt
davomida etishmasligi bolalarda ruhiy kasalliklarga olib keladi.
Vitamin B12 - hayvonlar va baliqlarning jigarida bo‘ladi, uni etishmasligi
kamqonlik kassaligiga olib keladi.
Vitamin C – meva, poliz mahsulotlarida ayniqsa kora smorodina, ismoloq,
karam, apelsin, limon, mandarin takibiga kiradi. Bu vitaminning etishmasligi tufayli
singa kasalligi kuzatilib, tish milki yallig‘lanib, tishlar tushib ketadi, tanada oqsillar
almashinuvi buziladi, organizm turli kasalliklarga beriluvchanligi kuchayadi.
Vitamin A – sabzi, pomidor, salat, abrikoslar, tuxum sarig‘ida, jigarda, baliq
moyida, buyrakda ko‘p uchraydi. Bu vitamin etishmasligida ko‘p uchraydi. Biz vitamin
73
etishmasligida shapko‘rlik kasalligi kelib chikadi, bolani bo‘yi o‘sishi susayadi, bu
vitamin qon yaratilishini tezlashtiradi va oksidlanish jarayonlarida qatnashadi.
Vitamin D - organizmda kalsiy va fosfor almashinuvida faol katnashadi. Uning
etishmasligida bolalarda suyaklanish jarayoni buziladi va raxit kasalligi kelib chiqadi.
Bunda oyog suyaklari qiyshaib boradi, tanadagi boshqa suyaklarning rivojlanishi ham
susayadi, bola yuqumli kasalliklarga tez beriluvchan, yomon uxlaydigan injiq bo‘lib
qoladi. Bu vitamin ko‘prok xayvon mahsulotlarida (baliq yog‘i, sariyog‘, tuhum sarig‘i,
dengiz mahsulotlarida) serop bo‘ladi. Hamda u teriga kuyosh nuri ta’sirida sintezlanadi,
shu sababli bolani quyosh nuri tegadigan joylarga olib chiqish turish lozim.
Suv va mineral tuzlar
Suv va mineral moddalar tiriklik uchun juda zarur, chunki tanada amalga
oshiriladigan jarayonlarda asosan suv va mineral moddalarning ishtiroqida bo‘ladi, yana
u tana haroratini bir xil saqlashda ham qatnashadi. Katta odam tanasining 60-65%,
bolalarda esa 75-80% suv tashkil qiladi va suvsiz odam bir necha kun chidaydi xolos.
Insonning suvga bo‘lgan extiyoji bir sutkada 2-2,5 litrni tashkil etadi, bolalarda
qancha yosh bo‘lsa ularning suvga bo‘lgan talabi yuqorirok bo‘ladi.
Xar bir organizm doimiy ravishda ovqat va suv bilan turli – tuman mineral
moddalarni olib turish shart. Ular hazm shiralari, qon va limfa, fermentlar, gormonlar,
hujayra sitoplazmasi va boshqalarning tarkibiy qismiga kiradi. Mineral moddalar
qo‘zgalish jarayonida yurak va tana muskullarning barcha faoliyatlarida qatnashib,
tanadagi biologik suyuqliklarning osmotik bosimini hamda ishqor-kislotalik muhitini
tegishli holda saqlanishini ta’minlaydi.
Bola organizmi uchun eng kerakli mineral moddalardan kalsiy va fosfor
hisoblanadi. Bu elementlar suyaklar tarkibida asosiy modda hisoblanib, ularning
o‘sishini ta’minlaydi, tog‘aylarning suyaklanishida ham ularning etarli bo‘lishi muhim.
Kalsiy nerv tizimi qo‘zg‘aluvganligida, muskul qisqarishida, qon ivishida, oqsil va
yog‘lar almashinuvida faol qatnashadi.
Fosfor ham suyak tukmasi taraqqiyotidan tashqari nerv tizimi, ko‘pgina bezlar
faoliyatida ishtirok etadi. Aytilgan elementlarga ehtiyoj bolaning 1 yoshligida eng yuqori
bo‘ladi. Sut va sut mahsulotlari qayd qilingan elementlarga boy, shuning uchun bolaning
kundalik ratsionida sut qatiqqa etarlicha o‘rin berilishi lozim.8
7
8
Theodore hough and William T. Sedgwick ‐ The human mechanism its physiology and hygiene and the
sanitation of its surroundings‐ Ginn and company proprietors Boston U.S.A.‐2010, 612 p
74
Do'stlaringiz bilan baham: |