O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/297
Sana12.01.2022
Hajmi1,9 Mb.
#336017
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   297
Bog'liq
professional etika va etiket

«maxsus moslashuv jarayoni»
 kerak  Bunda o‗zgaruvchan davrda 
tezda  moslashib  olganlar  ularning  asabiga  tega  boshlaydi.    Bundaylarga  bir  oz 
sabrli 
bo‗lishni 
maslahat 
beramiz. 
 
 A. 
Navoiyning 
―Mahbubul 
qulub‖ asarida
“O„ziga bino qo„ygan odam – aqlsizdir, o„ziga zeb bergan – beor , 
satangdir
 . . . ‖ , - deydi.  
Zamonaviy kiyinish bilan bizni g‗ashimizga tekkan odam o‗rnakka arziydagan 
oila a‘zosi va yaxshi odam bo‗lib chiqishi mumkin.  Biz ham vaqti kelib, shunday 
kiyinishimiz mumkin.  
Bashang zamonaviy qiyofa ko‗r-ko‗rona, modaning qulini qabul qilmaydi.  Har 
qanday  fasondagi  ko‗ylak  ham  odamga  yarashavermasligi  mumkin.    Ammo 
zamonaviylikning  doirasi  kengdir.    YOshi  kattalar,  yoshlar,  to‗liqroq  odamlar, 
ozg‗in, bo‗yi pastlar va balandlar uchun fasonlar mavjud.  Bashang va zamonaviy 
kiyinish san‘ati zamonaviylikning asosiy talablarini o‗ziga qo‗llay olish va ko‗proq 
mos keladiganlarini tanlab olishdan iboratdir.  
Ammo  bir  narsani  inobatga  olish  zarur.    Bu  moliyaviy  imkoniyatni  hisobga 
olish.    To‗g‗ri  hozirda  hatto  do‗konlarda  ham  sotuvchilar  kiyimizga  qarab  xizmat 
ko‗rsatadi.    Ammo  kiyimni  to‗g‗ri  tanlash  va  kiyish  bu  muammoni  hal  qiladi.  
Estetik  did  bilan  tanlangan  u  yoki  bu  libos  nafaqat  rusmga  mos  bo‗lishi,  balki 
yangi  rusmni  vujudga  keltirishi  ham  mumkin.    Sizni  yuqori  darajadagi  didingiz 
odamlar  yoqqani sababli,  ularni siz kabi kiyinishga  undashi  mumkin.   Kiyimingiz 
zamonaviymi  yo‗qmi,  bu  faqat  sizni  didingiz  darajasini  ko‗rsatishini  unutmaslik 
lozim.    Buyuk  olmon  faylasufi  Imannuel  Kant  qiynalgan  vaqtlarida  «men 
buyumlarni o‗zimga bo‗ysundirdim, o‗zimni ularga emas» deb e‘tirof etadi.  
Sportiv  tarzdagi  yo‗lga  chiqishdan  boshqa,  deyarli  hamma  erga  ustki  kiyim 
lozim. Uyga tabiiy  matodan qilingan kostyum  yaxshi.  O‗z yaqinlaringiz qabulida 
bo‗lganingizda  ustki  kiyimingizni  echishni  so‗rab,  olib  qo‗yishingiz  mumkin, 
boshqa paytlarda uy egasini taklifini kutmoq afzal.  


 
68 
Kostyumga  bo‗yinbog‗  zarur.    U  faqat  rangli  va  sport  ko‗ylaklariga  nisbatan 
zaruriyat tug‗dirmaydi.  
Rasmiy  holatlarda  ustki  kiyimning  tugmalari  qadalgan  bo„ladi. 
 Bunday 
holatlarda  siz  tanishlaringiz  xonodoniga,  restoranlarga  (ayniqsa  ayollar  oldida), 
majlislar  xonasiga,  teatrga  kirishingiz  mumkin.    Bundan  tashqari  tugmalarni 
prezidium stolida o‗tirganingizda va ma‘ruza bilan chiqish qilganingizda qadalgani 
lozim.    Raqsga  tushganingizda  ham  xuddi  shu  holatda  ushlab  turish  maqsadga 
muvofiq.  
Qadalmagan  tugmalar  bilan  siz  o„rindiqda,  teatr  tomosha  qilayotgan  yoki 
kechki  ovqat  dasturxoni  oldida  o„tirishingiz  mumkin. 
 Ustki  kiyimning  eng  quyi 
qismidagi tugma hech qachon qadalmaydi.  Dissertatsiya himoyasi uchun kandidat 
to‗q  kostyum  kiyishi  lozim.    Uyda  xalat  va  pijama  faqatgina  ertalab  yoki 
kechqurun  vannaga  kirish  uchun  kiyiladi.    Boshqa  paytlarda  to‗liq,  batartib  va 
qulay kiyinish lozim.  
Uyda
 odatga  ko‗ra  erkaklar  uyda  trikotaj  mahsulotlaridan  bo‗lgan  sportiv 
kiyimlar yoki jinsi kiyadilar.  Agar kvartira bo‗ylab yurgan erkakning kiyimi bir oz 
eskiroq, shimidagi naqshlar rangdor va ajoyib bo‗lsa, buning qo‗rqinchli joyi yo‗q.  
Hatto  yaxshi  ko‗rinadi.    Asosiysi,  eskirgan  bo‗lsa  ham  ularni  vaqtida  yuvishga 
tashlab, tugmalarini mustahkam va dazmollangan holda tutish lozim.  
Agar  mehmon  sizni  pijamada  ko‗rsa,  ustingizga  xalat  tashlab  olgan  ma‘qul.  
Xuddi shu  narsani o‗zgalarning  uyida  yoki dam olish  maskanida  yashaganingizda 
qiling.    Erkaklarda  kabi  ayollarning  ham  shippaklari  toza  va  pachoqlanmagan 
bo‗lishi lozim.  
Taklif  qilingan  mehmonlar  hech qachon shippakda kutib olinmaydi,  garchi  uy 
egasi har safar yangi libosda chiqishi shart bo‗lmasa ham.  Ayniqsa mehmon oddiy 
ko‗ylakda kelgan bo‗lsa.  
Erkaklar uchun ko‗ngilochar kechalarda mo‗ljallangan ayollardagi kabi bunday 
darajada ta‘sirchan kostyumni hali moda o‗ylab topmagan.  Ammo nima qilsa ham 
mayda katakli ko‗ylak yoki to‗qilgan sviter bilan birga jinsi shim to‗g‗ri kelmaydi.  
Bunday  kiyim  faqat  kundalik  kiyinishga  mos.    Mehmonlarni  qabuli  uchun  och 


 
69 
tusdagi shim va ko‗ylak kiyib olgan ma‘qul.  U haddan tashqari ola-bula yoki odmi 
bo‗lishi zarur emas.  To‗q rangdagi ko‗ylak haddan tashqari oddiy ko‗rinadi.  Och 
rangdagi ko‗ylak ozodalik va yangilik kabi yoqimli hislarni uyg‗otadi.  
Kiyim  tanlash    etiketi  talablarida  dam  olish  maskanlari  va  dala  hovlililarda 
o‗tkaziladigan  mehnat  ta‘tili,  qishki  yoki  yozgi  ta‘tilda  kiyiladigan  kiyimlarni 
kiyishda  katta  erkinlik  beriladi.    Bunda  uydagi  iliqlikni  hamda  shinamlik  hissini 
uyg‗otadigan to‗qilgan, yumshoq, issiq va momiq kiyimlar kiyish mumkin.  
So‗nggi  yilning  so‗nggi  kunidagi  yuqori  kayfiyat  sizning  kiyimingizda  aks 
ko‗rinadi.  YAngi yilni siz yaqin do‗stlaringiz bilan nishonlaysizmi, yoki ularning 
uylarida,  restoranda  yo  kafeda  –  yangi  yil  ziynatlari  kundalik  pardozlardan  o‗zini 
yorqinligi  bilan  ajralib  turishi  lozim.    YAngi  yil  kechasining  o‗zgacha  tarovatini 
faqatgina shu kun uchun mo‗ljallangan libosingizga yana yorqinlik ato eta oladigan 
ajabtovur  ziynatlar  va  detallar  bilan  bezatish  evaziga  yanada  kuchaytirishingiz 
mumkin.  
Kiyimning  o‗zi  shunchaki  chiroyli  bo‗la  olmaydi.    Uning  nafosati  qaerga  – 
ishxonaga,  uyga,  bayramga,  shahardan  tashqariga  sayr  uchun  mo‗ljalanganiga 
bog‗liq.    Bashang  kiyim  faqat  qaddi-qomati  kelishgan,  yaxshi  fazilatlarga  va 
chiroyli nutqqa ega odam bilan 
«chiqishadi». 
 

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish