Qo‗llar.
Ko‗pchilik o‗z qo‗llarini qanday tutishni bilishmaydi. Biror narsani
yulish, barmoqlar bilan stol yoki stulni taqillatish, bosh yoki quloqni qashish,
qo‗lni qarsillatish, jag‗ni, peshonani yoki burunni ishqalash, tirnoqlarga hadeb
qarayverish kabi odatlarni tashlab, bo‗sh qo‗llarni o‗z joyida tutishi kerak
Ovqatlanish vaqtida qo‗l kaftlari stolda turadi. Boshqa inson bilan muloqotga
kirishganda mumkin qadar qo‗l bilan turli imo-ishoralar qilmaslik kerak Kundalik
turmishimizda so‗zlar va iboralarni ta‘kidlash uchun ba‘zidagina qo‗lni
harakatlantirish mumkin. Masalan,
“Marhamat o„tiring”, “marhamat tanishing”,
“Siz bilan tanishtirsam maylimi?”
kabi iboralarni qo‗llash mumkin.
Rus xalqida shunday maqol bor: ―O‗ng qo‗l – o‗ng qo‗l, chap qo‗l - yurak‖
25
.
Ayrim xalqlarda, masalan tojiklarda qo‗l berib so‗rashganda ikki qo‗li bilan
so‗rashadi. CHunki bitta qo‗l berganida hurmatsizlik belgisi hisoblanadi. SHuning
uchun hurmat yuzasidan ikki qo‗l bilan so‗rashishadi
26
.
Suhbat vaqtida og‗izni qo‗l bilan berkitish, suhbatdoshning elkasini qoqib
qo‗yish, uning kiyim tugmasiga tegaverish, engidan ushlab turish, qo‗l yoki tirsak
bilan turtish odobsizlik hisoblanadi. Biror tanish kishining qiyshaygan yoqasini
25
Максимов С.В. Русский человек в гостях// Задушевное слово. 1866, Т.12, стр. 417.
26
Салибаев В.Х., Алиев С.Н. Об особенностях коммуникативного поведения таджиков.// НКСР, стр. 130.
73
tuzatib qo‗yishda, kiyimiga yopishgan ip yoki qilni olib tashlashda ham undan
ijozat so‗raladi.
Biror narsani qo‗lni nayza qilib ko‗rsatish odobdan emas.
Yo‗talganingizni, aksirganingizni, burun qoqqaningizni mumkin qadar kishiga
sezdirmang, buning uchun albatta dastro‗mol tuting. Aksirgan kishiga
“sog„
bo„ling”
deb aytiladi. Suhbatdoshingiz oldida aslo esnamang va xo‗rsinmang,
chunki bular zerikish alomatidir.
Og‗izni katta ochib qo‗lish yaramaydi. Qahqaha urib qo‗lish ham yaxshi emas,
chunki har qanday shovqin atrofdagilarni o‗ziga jalb qiladi. Eng yaxshisi
samimiyat bilan qo‗lishdir.
Ko‗rkam yurish, qaddi-qomat, nazokatli ishoralar ham ayolni, ham erkakni
yanada ko‗rkam ko‗rsatadi. Juda ham kam holatlardagina biz nazokat bilan qaddi-
qomatni tutish hamda yurishni tabiat ehsoni sifatida qaraymiz. Ko‗proq bu sifatlar
qiyinchilik bilan kasb qilinadi. Ularni o‗zida tarbiyalash uchun sport, ritmika bilan
shug‗ullanish lozim. Bu qiz bolalar uchun juda foydalidir, buni ota-onalar yodda
tutsinlar. CHiroyli yurish, qaddi-qomatni tutish, engi va go‗zal ravishda
zinapoyalarda chiqish yoki tushish hamda nafosat bilan o‗tirishni o‗rganish
lozimdir. Ayniqsa ayol oynada qanday qilib divan, stul yoki o‗rindiqda o‗tirganini
ko‗zatishi kerak
Ba‘zi holatlarda juda bunga pastlik qiladigan o‗rindiqlarda o‗tirgan ayollar
oyoqlarini chalishtirib oladilar. Bunday vaziyatda ularni chalishtirmasdan,
birlashtirib, tizzalarini bir tomonga sal og‗dirib o‗tirgan ma‘qul. Mashinaga
o‗tirayotgan ayol unga to‗g‗ri kirib ketmaydi, balki o‗rindiqni uchiga omonat
o‗tirib, keyin oyoqlarini yig‗ib oladi, chiqayotganda esa aksincha, avval oyoqlarini
erga qo‗yib, so‗ng ko‗tariladi. Boshni haddan tashqari baland ko‗tarmasliq yoki
aksincha egib o‗tirmaslik lozim – hamma joylarga zimdan alangash-ku undan
ham yomon. YOshlar qo‗lini qaerga qo‗yishni bilmaydi. Qizlar sumkalariga
tayanishadi, o‗g‗il bolalar esa bu masalada bir muncha qiynalishadi. YAng
yaxshisi – qo‗lni cho‗ntakda saqlash, lekin bu odobga to‗g‗ri kelarmikan? Juda
bo‗lmaganda, bir qo‗lni ustki kiyim cho‗ntagiga solib, ba‘zi-ba‘zida uni chiqarib
74
turmoq mumkin. SHimning cho‗ntaklariga esa qo‗lni faqat, zarur bo‗lgan narsani
olish uchun kirgiziladi.
Ikkala qo„lni ham shimning cho„ntagida saqlash, umuman
mumkin emas.
Buni hatto tengdoshlari o‗rtasida ham bajarish nojoiz – bu
ko‗nikadigan yaxshi odat emas! Qiz bolani ham qo‗llarini shim cho‗ntaklariga
solib yurishi, ayniqsa, suhbat chog‗ida odobsizlikdir. Yo‗lda qo‗lni har yoqqa
tashlab yurish yoki suhbat vaqtida qo‗lni paxsa qilib so‗zlashish xunuk ko‗rinadi.
Stolga musht urib gapirish so‗zlaringiz nafaqat asos bo‗lib xizmat qila olmaydi,
balki qo‗pol ko‗rinish kasb etadi ham. Barcha imo-ishoralar bosiq hamda
maqsadga muvofiq bo‗lishi lozim.
O‗rindiqning qo‗l qo‗yadigan ushlagichiga faqat yang yaqin do‗stlar uyida bir
oz o‗tirish mumkin. Ammo bu o‗rindiqda sizga yaxshi tanish bo‗lmagan ayol yoki
kishi o‗tirgan bo‗lsa nojoizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |