O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/297
Sana12.01.2022
Hajmi1,9 Mb.
#336017
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   297
Bog'liq
professional etika va etiket

«kichik  kechki  libos
»
 deb  ko‗rsatilgan  bo‗lsa,  unda 
smokingda,  agar  smoking  bo‗lmasa,  kombinatsiyalashgan  kostyum  kiyib  borish 
ma‘qul, ammo zinhor frakda bormagan ma‘qul.  Bugungi kunda bu bizda hali urf 
bo‗lmagan.  
Qaddi-qomatni tutish va chiroyli yurish.  
Kiyimning orastaligi va ko‗rkamligi 
faqatgina kiyimning o‗ziga bog‗liq emas.  Bunda qaddi-qomat katta ahamiyat kasb 
etadi.    Insonning  turishi,  yurishi,  o‗tirishidan  qo‗l  va  oyoqlarining  vaziyatidan 
uning  atrofdagilarga  bo‗lgan  izzat-hurmatini  yoki  hurmatsizligini  bilish  mumkin.  
Gavdaning  har  bir  vaziyatida  baodobliq  tabiiy  erkinlik  ko‗rinib  turishi  va  bu 
vaziyat shu sharoitga zid bo‗lmasligi  lozim.   Hech kim  yo‗qligida o‗zingizga  yo‗l 
qo‗yishingiz mumkin bo‗lgan harakatlar boshqalar oldida joiz bo‗lmaydi.  
Eng go‗zal chehra, kelishgan qaddi-qomat yoki chiroyli, nafis kiyim ham, agar 
yurish-turishga mos tushmasa, kishida hech qanday taassurot qoldirmaydi.  
Inson  hamma  vaqt  go‗zallikka  va  tartibga  intilgan,  shuning  uchun  ham 
avloddan-avlodga  o‗tib  kelgan  va  odatga  aylanib  qolgan  udumlar  hamda  har  bir 
xalqning an‘analarida ajoyib tarzda o‗z ifodasini topgan.  YAxshilikka, go‗zallikka 
intilish insonga xos xislat, insonning xushmuomala va odobli bo‗lishga intilganligi 
bu oddiy xoldir.  
Insonda  hamma  narsa  go‗zal  bo‗lishi  kerak    Uning  tashqi  ko‗rinishi,  ichki 
qiyofasi,  yurish-turishi  ham  go‗zal  bo‗lishi  lozim.    Kishining  samimiy  va  sof 
bo‗lishi  bilan  birga  chiroyli  yurishi,  qaddi-qomatini  adl  tutishi,  chiroyli  gapira 
olishi,  erkin  hatti-harakat  qilishi  yaxshi  odat  natijasidir.    Atrofingizga  qarang,  va 
siz  odamlarning  qanday  yurishini  ko‗rasiz:  biri  bukchayib,  boshqasining  qo‗llari 
osilib  yuribdi,  narigisini  oyog‗i  qiyshayib  qadab  bosadi,  yana  biri  maneken 
ayollarga  o‗xshab  yoniga  tashlab  yuribdi.    Ba‘zilar,  cho‗ntaklarga  qo‗lini  solib, 


 
71 
olomonni yorib o‗tishga harakat qiladi.  Har biri  –  «o‗zicha olam».  Agar har bir 
kishi oynaga qarab o‗zini boshqalar oldida qanday yurishini ko‗rganda edi! 
Har bir  odamning  yurishi  uning  xususiyatini keltirib chiqaradi:  ba‘zida esa bu 
kostyumga  ham bog‗liqdir.   Bo‗yi  past to‗liq odamning  yurishi boshqa, ozg‗in  va 
o‗zun bo‗ylik – boshqa.  Agar qiz bolaning oyog‗ida baland poshnali tufli-yu, kalta 
yubka  bo‗lsa  unda  bir  yurish  uslubi,  krossovka  va  djinsida  esa  –  boshqacha 
ko‗rinadi.  
YUrish  o‗ta  tabiiy  bo‗lishi  lozim.    Ko‗chada  boshni  ko‗tarib  yurish  mumkin.  
Ammo  bunda  qo‗llarni  harakati  tashlanayotgan  qadamning  ritmiga  mos  bo‗lishi 
kerak:  qo‗li  osilib  turishi  va  ularni  u  yoqdan  buyoqqa  marsh  harakatiga  o‗xshab 
tashlab  yurish  kerak  emas.    YUrayotganda  oyoqni  shunday  qo‗yish  kerakki,  unda 
oyoqning  uchi  va  tovoni  bir  tyokis  harakatga  mos  ravishda  yo‗naltirilgan:  oyoqni 
uchini  sal  ichkariga  qiyshaytiribroq  qo‗yish  lozim.    Oyoqlari  qiyshiq  odam 
qadamni to‗g‗ri qo‗yishga doimo e‘tibor berishi kerak  
Agar  siz  sherigingiz  bilan  ayniqsa,  qo‗l  ushlashib  ketayotgan  bo‗lsangiz, 
yoningizdagi odamning qadam tashlashiga moslashib yurishga intiling.  Agar ayol 
kishining  yubkasi  torroq  bo‗lsa,  unda  qadamni  maydalashtirib  yuradi,  erkak  kishi 
esa,  katta  qadam  tashlashiga  qaramasdan,  u  bilan  baravar  yurishga  harakat  qilishi 
lozim.  
Har  bir odamning  qo‗llari bor, ammo ba‘zida  ularni qaerga berkitishni bilmay 
qolamiz!  Axir  har  doimo  qo‗limizda  sigaret  yoki  boshqa  narsalarni  ushlab 
turolmaymiz,  qo‗lni  kissaga  solib  turish  esa  odobsizlik  sanaladi  Qo‗llarni  har 
zamonda  faqat  paltoning  cho‗ntagiga  solish  mumkin.    Suhbatda  esa  fikringizni 
tasdiqlash uchun qo‗llanadigan harakatlardan tashqari, umuman, qo‗l ishlatilmaydi.  
Turib gaplashish ko‗pchilik uchun azobni o‗zginasi.  Ayniqsa, agar qo‗llarida hech 
narsa  bo‗lmasa.    Ba‘zilar  qo‗llarini  bellariga  qo‗yadilar  yoki  chalishtiradilar,  axir 
ularni  bir  nima  qilish  kerak-ku!  Turgan  bo‗lsangiz  imkon  qadar  o‗zingizni  to‗g‗ri 
tuting,  bukchayib  olmang.    Bunda  stul  yoki  o‗rindiqqa  tayangan  yohud  o‗ziga 
tayanch uchun biron narsa topgan ma‘qul.  


 
72 
Lapanglab,  bo‗shashib,  chayqalib  va  bedana  yurishdan  saqlaning.    Zarurat 
bo‗lmasa,  zinapoyalarni  tashlab  –  tashlab  sakrab  chiqmang.    Qo‗llarni  haddan 
tashqari siltab, elkalarni  tebratib  yuradigan ayollar  ham, erkaklar  ham juda  xunuk 
ko‗rinadi.  YUrganda va bir joyda turganda boshni ichga olish yaxshi emas.  
Gavdani  to‗g‗ri  tutib,  engil  va  ravon  qadam  tashlab  yurish  chiroyli  ko‗rinadi.  
Qo‗llar oyoqlar bilan bir maromda harakatlanishi lozim.  Ularni bo‗shgina osiltirib 
qo‗yish ham, haddan tashqari siltash ham yaramaydi.  YUrganda oyoqlarning kafti 
bir-biriga paralel, panjalar esa salgina tashqariga kerilgan bo‗lishi lozim.  
Sport  poyafzali  va  sport  kiyimidagi  ayollarga  qaraganda  baland  poshnali 
poyafzal va yubka kiygan ayollar engilroq va rovonroq yuradi.  Ba‘zi qizlar, shim 
kiyib olib  har qanday  yurish  va turish  mumkin, deb o‗ylashadi.  Ammo shalpayib 
yurish hech qachon va hech kimga go‗zallik bag‗ishlagan emas.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish