O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/297
Sana12.01.2022
Hajmi1,9 Mb.
#336017
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   297
Bog'liq
professional etika va etiket

Ayollar! 
  Uyning  qulayligi  erkakni  uydan  ketishini  «og‗irlashtiradi».    Hadeb 
bir  og‗aynilarini,  bir  hamkasabalarini  va  bir  qarindoshlarini  bahona  qilib 
«qochish»ga harakat qilmaydi.  
Erkaklar!
  
Siz ayollarga yaratib beradigan sharoit qiymatli bo‗lish shart emas, 
buni  qo‗l  bilan  ham  bajarasa  bo‗ladi.    Ayol  kishining  ishi  qancha  engil  bo‗lsa, 
uning  fe‘li  ham  har  narsaga  bo‗zilavermaydi.    Demaq  sizning  ham  kayfiyatingiz 
yaxshi bo‗ladi.  
Ota-onalar! 
Bolalarni  uyni  boshqarishga  jalb  eting.    Ular  bunda  paydo 
bo‗ladigan  barcha  muammolarni  bilishlari  va  hal  qilinish  jarayonlaridan  boxabar 


 
152 
bo‗lishlari  lozim.    Bu  bolalarning  sizga  bo‗lgan  munosabatini  ijobiy  tomonga 
o‗zgartiradi.   
O‗g‗il-bola,  qiz-bola  deb  ajratmaslik  lozim.    O‗g‗illarni  katta  bo‗lganda 
divandan tushmaydigan dangasalarga aylantirib qo‗yasiz.  Katta bo‗lgan sari sekin-
asta  erkaklar  qiladigan  ishlar  –  deraza  sinsa,  rom  oshig‗idan  chiqib  ketsa,  lampa 
kuysa  va  h.    qlarga  otalar  o‗rgatib  oladilar.    Ungacha  esa  sizga  va  oilangizga 
yordamchi  qilish  kerak    Qizlarni  esa  uy  tartibidan  tashqari  muomalaga,  akasini 
yoki ukasini «ishlata» olishiga, tashqi ko‗rinishga e‘tiborni qaragan ham yaxshi.   
Bolalar tarbiyasida ziyolilikka intilish katta ahamiyat kasb etadi.  Ota-onalarni 
qanday sohada va qanday ma‘lumotga egaligi emas, balki qay darajada ziyolilikka 
intilishi  muhimdir.    Bolalar  va  ota-onalarning  ilmdan,  yangiliklardan  doimo 
xabardor  bo‗lishi  bolalarni  tushunishga,  bir  oz  zamonaviyroq  bo‗lishga  undasa, 
bolalarning  kitob  o‗qishga  bo‗lgan  qiziqishi  ota-onalarning  aytmoqchi  bo‗lgan 
gaplarini aniqroq anglashga yordam berishini unutmaslik zarur.  
Tartiblilik faqat harakat orqali emas – u tilda ham dilda ham bo‗lishi lozim.  
Erkaklar!
   Bir  yilda  bir  marotaba  bo‗ladigan  tug‗ilgan  kunlarga  bee‘tibor 
bo‗lmang.    Bu  bilan  erkaklar  ayollarga  bo‗ysunganini  tan  olmaydi,  aksincha 
ayollar  uchun  bu  –  haqiqiy  erkaklik  xususiyatidir.    Ko‗pchilik  go‗yoki  narsaga 
ko‗ngli  bog‗langanmi  yoki  mengami,  deb  sinamoqchi  bo‗ladilar.    Ular  qattiq 
adashadilar.  Ko‗ngil  moddiylikni ichida – ya‘ni tanada yashaydi.  Ularni ajratish, 
ularni  o‗ldirish  bilan  barobar.    Axir  yigitlik  chog‗ida  sevgi  izhor  qilish  yoki 
qizning  qo‗lini  so‗rash  uchun  gul  ko‗tarib  borar  edingiz-ku!  O‗zingizni  o‗zingiz 
rad  etmang.    Bir  og‗iz  shirin  so‗z  va  uch  dona  gul  (ko‗proq  bo‗lsa  undan  ham 
yaxshi)  hech  kimni  o‗ldirmaydi.    Muhabbat  gulga  o‗xshaydi.    Uni  parvarishlash 
lozim.  Muhabbatga quyiladigan suv bu – e‘tibordir.  Ayolingizning sizdan ko‗ngli 
qolishi oilani bo‗zishgacha olib kelishi ham mumkin.  
Ayollar!
 Eringizga  nima  sovg‗a  qilishni  o‗rgatmang.    Bu  bilan  qadringizni 
tushirgan  bo‗lasiz.    O‗zi  so‗ragan  taqdirda  aytish  mumkin.    Uning  o‗rniga,  sizni 
tabriklagani  kelishlarini  aytishning  o‗zi  kifoya.    Agar  shunda  ham  hech  qanday 
o‗zgarish  bo‗lmasa,  tug‗ilgan  kun  o‗tgandan  so‗ng  eringizdan  hol-ahvol  so‗ragan 


 
153 
maqul.    Balki  biron  tashvishi  bordir.    Agar  u  oldindan  sovg‗a  berishga 
o‗rganmagan bo‗lsa, bu yaxshi – ayollar bilan munosabat qilishni bilmaydi va u – 
faqat  sizniki!    Uning  tug‗ilgan  kunida,  ishdagi  darajasi  ortganda  yoki  kasb 
bayramida  uning  o‗ziga  sovg‗alar  qilib  o‗rgatish  mumkin.    Ammo  ochiqchasiga 
sovg‗asiz  yoki  tabriksiz  qolganini  tan  olish  –  bu  ayollar  uchun  mag‗lubiyatdir.  
CHunki erkakning unga bo‗lgan bee‘tiborligini - u ham, er ham, tan olgan bo‗ladi.  
Ba‘zida achchiq haqiqatdan ko‗rsa shirin yolg‗on ham ko‗ngilga xush keladi.  
O‗zbek xalqiga mansub har bir oilada mehmonlar uchun alohida mehmonxona, 
bolalar,  ota-onalar  uchun  alohida  yotoqxonalar,  dam  olib  suhbatlashadigan 
umumiy xona, oshxona va qo‗shimcha xonalar bo‗lishiga intilish mavjud.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish