O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/297
Sana12.01.2022
Hajmi1,9 Mb.
#336017
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   297
Bog'liq
professional etika va etiket

Kelinning  kiyinish  madaniyati.   
YAxshi  kiyinish  ham  o‗ziga  xos  san‘at 
hisoblanadi.    YAxshi  did,  avvalo  kiyimlarni  bir-biriga  moslab  kiyishda  namoyon 
bo‗ladi.  Moslab kiyilgan kiyim ma‘lum sharoitga munosib, kishining mashg‗uloti, 
voqea,  muhit  va  shu  kabilar  bilan  muvofiq,  hamda  vaqti  va  joyiga  qarab  bashang 
bo‗lishi mumkin.  
Moda  deganda  muayyan  ijtimoiy  guruh,  kishilar  orasida  ularning  ta‘biga, 
didiga  mos  kiyinish  odatining  ma‘lum  vaqtgacha  urf  bo‗lishi  tushuniladi.    Moda 


 
143 
liboslarning o‗zgarishigina bo‗lib qolmay, o‗ziga xos estetik uslubni qidirib topish, 
yurish-turish  tarzi,  did  va  ichki  madaniyatning  namoyon  bo‗lishi  hamdir.    Moda 
o‗zoq  tarixga  ega.    Turkiy  xalqlar  ayollarida  asosiy  bosh  kiyim  do‗ppi,  ro‗mol, 
oyoq  kiyimi  mahsi,  kavush,  ich  kiyim–ko‗ylaq  ust  kiyim–kaltacha,  kamzul, 
nimcha, chopon bo‗lgan.  
Respublikamiz iqlimi issiq bo‗lganligi bois bizning sharoitda ayollar uchun eng 
qulay  moda  –  ko‗krak  burma  va  pasti  yaxlit  bichimli  "o‗zbekcha"  ko‗ylak 
hisoblanadi.    Buning  afzalligi  shundaki,  issiq  avjiga  chiqib,  kishi  terlab  turganda 
ham  kiyim  badanga  yopishib  qolmaydi.    SHuning  uchun  ham  ko‗krak  burma 
ko‗ylak hech qachon modadan qolmaydi.  Faqat ayrim detallari biroz o‗zgartirilib, 
zamonaviy tus bergan holda yangilanaveradi.  
CHiroyli  atlas,  tovor  kabi  matolar  qadimdan  o‗zbek  ayollari  sevib  kiyadigan 
milliy  matolardir.    Qancha-qancha  zamonlar  o‗tib  ketsa  ham,  bu  matolardan  o‗z 
davriga  moslab  yarashtirib,  xoh  o‗zbekcha,  xoh  evropacha  tiqilgan  kiyimlar 
hamisha  modadadir.    Qaddi-qomati  kelishgan  ayollarga  moda  jurnalidagi 
modellarning  har  biri  to‗g‗ri  kelaverishi  mumkin.    To‗ladan  kelgan  ayollarga 
belning  past  qismidan  ulangan  va  keng  etak  bo‗lib  tushgan  ko‗ylaklar  kiyish 
tavsiya  etilmaydi.    Ozg‗in  ayollar  esa  tor  badanga  yopishib  turadigan  ko‗ylaklar 
kiymasliklari  lozim.    Bo‗yni  o‗zun  ayollar  ko‗proq  elkalik  ko‗ylak  kiyganlari 
ma‘qul.  Bo‗yni kalta ayollarga tik  yoqali  va bo‗yin atrofidan o‗yilgan ko‗ylaklar 
yarashmaydi.  
Kiyimning  rangi,  rasmlari,  guli  ham  mos  bo‗lishi  kerak    Ayollar  ko‗pincha 
kiyimlar  rangini  o‗zlarining  o‗z,  soch  va  teri  ranglariga  moslab  oladilar.    Ammo 
bunda rangning  kishiga tushishidadir.   Katak-katak kiyimlarni  matoli  va  yo‗l-yo‗l 
matolardan  tiqilgan  kiyimlarni  birga  kiyish  tavsiya  etilmaydi.    Bo‗ylamasiga  yo‗l 
bo‗lib tushgan gazlamalar ayollarning qaddi-qomatini noziq bo‗y-bastini o‗zaytirib 
ko‗rsatadi, ularni to‗ladan kelgan ayollarga kiyishni tavsiya etish mumkin.  Ozg‗in 
va baland bo‗yli ayollar bunday  matodan kiyim kiymaganlari ma‘qul, ko‗ndalang, 
yo‗l-yo‗l ko‗ylaklar qaddi-qomatni to‗laroq ko‗rsatadi.  


 
144 
Rang  va  ranglarning  bir-biriga  mos  tushishi  ham  o‗ziga  xos  ahamiyatga  ega.  
To‗q  va  qora  ranglar  jussaning  to‗laligini  bilintirmay  tursa,  oq  ranglar  yanada 
to‗laroq  ko‗rsatadi.   YAshil,  binafsha,  ko‗k  rang  qaddi-qomatni  rostlab ko‗rsatsa, 
sariq, jigarrang, qizil  va  rangdor rasmlar jussani bir  muncha to‗la qilib ko‗rsatadi. 
 Ortiqcha  bezaklar  kiyimni  bachkanalashtirib  yuboradi.    Uy  kiyimlari  asosan 
yuvilishi oson  ip gazlamalar,  shtapel  matolardan  tiqiladi,  u  keng  va  qulay  bo‗lishi 
lozim.    YOz paytlarida  uyda odmi  rangli  mayin  gulli  ko‗ylak  va  xalatlar  kiyish 
maqsadga  muvofiq.    Ish  kiyim  qulay,  kundalik  kiyishga  mos  va  qulay  bo‗lishi, 
ayniqsa  ko‗ylak-kostyumlar  kiyish  ko‗pdan  urf  bo‗lib  keladi.  Ozodaliq  orastaliq 
pokizalikni  bir  umr  o‗ziga  hamroh  qilgan  kelinlar,  shoshib  qolmaydilar,  ayniqsa 
ishlasalar yoki o‗qisalar – bu fazilatlar insonga o‗ziga ishonch va ruhiy muvozanat 
baxsh etadi.  
Parcha-yu  kimxoblardan  kiyim,  zeb-ziynatlar  taqib,  bir  davraga  kirsangizu, 
birinchi  tabassumingizda  tishingizni  sarig‗i  o‗rinsa,  kishilarning  siz  haqingizda 
fikri  o‗zgaradi.    Eng  so‗nggi  moda  bilan  kiyinsangizu,  sochlaringiz  tuzib  yotgan 
bo‗lsa,  hech  qachon  sizni  orasta  deyishmaydi.    YAngi  kiyimlar,  chiroyli  liboslar 
notozalikni yashira olmaydi.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish