O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/297
Sana12.01.2022
Hajmi1,9 Mb.
#336017
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   297
Bog'liq
professional etika va etiket

Kelin  bo‗lish  odobi:
 Biz  o‗zbeklarning  turmush  tarzimizda  ajoyib  udum  – 
kelinlik  bo‗lib,  bu  nafaqat  kelinning  o‗zi,  balki  yoshi  kattalar  uchun  ham  muhim 


 
139 
xususiyat  kasb  etadi.    Ba‘zilar  uchun  bu  hayotning  ma‘nosiga  aylanib  qolganligi 
hayron qolarli emas.  Kelin odobi  —  yangi  xonadonda  hamisha samimiy  va  halol 
bo‗lish,  rostgo‗ylik  va  o‗zini  tuta  bilish,  so‗zlashish  va  muosharat,  kuyov 
xonadonidagi  oila  a‘zolari  bilan  til  topishib  ketish,  hurmatini  qozonish,  kamtarliq 
saranjom-sarishtalik kabilarni o‗zida qamrab olgan.  
Momolar, yangalar o‗giti ". . . Kelin bo‗ldingiz, umr yo‗ldoshingizni jon dildan 
seving, unga vafodor va sadoqatli bo‗ling, kelin bo‗lib kelgan kuningizdanoq yangi 
oilangizni  hamma  yumushiga  aqlingiz,  kuchingiz  etganicha  qarashing,  mehnatda 
pishiysiz, qadr topasiz, hurmatli bo‗lasiz.  
Bilmaganlaringizni  o‗rganishga  intilishingiz  ham  sizga  nisbatan  mehr 
uyg‗otadi.  Qaynota va qaynonangizni hurmatini joyiga qo‗ying".  
Har  tongda  kelinning  salomidek  ko‗ngilni  ko‗taradigan  narsa  bo‗lmasa  kerak  
Muomalaning  har  qanday  sharoitda  ham  muloyim  va  e‘tiborli  bo‗lishi,  tabassum 
va  mayinlik  bilan  gapirishi  lozim.    ―Kechagina  kelib‖,  hamma  gapga  ham 
aralashaverish, kattalarni boshqarishga  intilish, keksalar oldida bolalarni  urushish, 
―o‗zini  uddaburonligini‖  barchani  oldida  ko‗z-ko‗z  qilish,  boshqalar  oldida  ―kim 
qiyin  hayot  kechirayotgani‖  borasida  musobaqa  o‗ynash  –  bechoradan  olib  o‗zini 
bechoraga solish – atrofdagilar nazarida juda xunuk ko‗rinish kasb etadi.  
Milliy  qadriyatlarimizdan  biriga  aylangan  Islom  dinida  ayol  kishining  ikki 
majburiyati belgilangan – birinchisi turmush o‗rtog‗ini ko‗nglini olish, ikkinchisi – 
agar sog‗lig‗i bunga yo‗l bersa, farzand ko‗rish hisoblanadi.  Hammaga yoqish, uy, 
ro‗zg‗or buyicha kuyib pishish birinchi navbat turmaydi.  Demaq kelin avvalambor 
uni baxtli qilishi mumkin bo‗lgan turmush o‗rtog‗iga e‘tiborli bo‗lishi zarur.  Eriga 
haqoratomo‗z  yoki  qattik  tik  boqish,  zarda  qilish,  bo‗lar-bo‗lmasga  gap 
talashaverish, uni pastga urish kelajakda oilani ―darz‖ ketishiga asos bo‗lib xizmat 
qiladi.    Erkak  kishi  buni  unutmaydi.    Kamsuqum  va  mehribon  bo‗lish,  umr 
yo‗ldoshni  ko‗chadan  uyga  tortadi.    Xalqimizda  "CHiqqan  qiz  —  chig‗iriqdan 
tashqari" degan ibora bor.  Oila qurdingizmi, demak shu xonadon sizning uyingiz.  
Huda-behudaga  uyni  tashlab  ketish,  o‗zini  ota-ona,  kelini  va  aka-ukalar  oldida 
mazluma  qilib  ko‗rsatish  uchun  gap  tashimang,  qo‗ni-qo‗shniga,  qarindosh-


 
140 
urug‗ga,  dugonalarga  yangi  oila,  ro‗zg‗or,  ayniqsa,  shaxsiy  munosabatlar  haqida 
barcha  narsani  gapirish,  xullas  siringizni  tashqariga  chiqarish  yaramaydi.    Barcha 
sizga  achinadigan,  o‗z  oilasini  omadsiz  keliniga  qaragandeq  hatto  ular  sizni  ota-
onangiz bo‗lsa ham, qarashlariga yo‗l qo‗ymaslik lozim.  
Qo‗ni-qo‗shnilarga, onaxon-otaxonlarga, katta-kichikka hamisha ochiq chehra, 
aql-farosat bilan  muomala qilish  nafaqat  boshqalarda, balki  insonning o‗zida  ham 
ko‗tarinki  kayfiyatni  paydo  qiladi.    Albatta  kechagina  bola  bo‗lib  yurgan  qizlar 
birdan  uy  bekalikning  talablariga  javob  berish  juda  qiyin  masala.    Demaq  har 
qanday sharoitda  ham kelinlar o‗zlarini  unutmasligi  lozim.   Bunda biz jismoniy  – 
salomatlik bilan bog‗liq, ruhiy, axloqiy va estetik jihatlarni nazarda tutyapmiz.  
Jismoniy  salomatlik  –  tibbiy  yordamni  unutmasliq  o‗zini  tibbiy  madaniyatga 
ega  ekanligi,  yaxshi  ovqatlanishi,  xullas  doimo  sog‗lig‗ini  nazorat  qilab  turish 
lozim.  
―Sog‗liqni  saqlash  san‘ati  odam  gavdasini  uning  munosib  va  yoqadigan 
narsalarini saqlash orqali o‗sha tabiiy ajal (kasallik bilan bog‗lik bevaqt o‗limlarni 
oldini  olish  –  o‗zoq  umr  ko‗rishga  intilish.)  deb  ataladigan  yoshga  etkazishdan 
iborat‖.  Axloqiylikka  kelsak  –  ba‘zida  kattalarning  xatosi  yoshlarni  noto‗g‗ri 
yo‗ldan yurishi – yolg‗onchi, g‗iybatchi, noshukur hamda hiylakor bo‗lib qolishiga 
sabab  bo‗lib  qoladilar.    Oilani  bunday  yo‗llar  bilan  saqlab  qolishingiz  mumkin, 
ammo  keyinchalik  kimga  aylanib  qolishi  mumkinligi  borasida  o‗ylab  qo‗ygan 
ma‘qul.  Bu kelajakda farzandlarga ham ta‘sir qilishi tabiiy: 
―Bolalarni  kattalarning  aytadigan  so‗zlari  emas,  ularning  qilgan  amallari 
tarbiyalaydi‖. 
 
Bunda  ziddiyatlarni  axloqiy  anglashni  rivojlantirish  –  adabiyotlar,  axloqiy 
tafakkurni boyitishga harakat qilish orqali hal qilsa bo‗ladi.  
Sog‗lomlashtirishning  ruhiy  jihatlari  –  ko‗proq  kelinlarning  o‗zini  kayfiyatini 
yuqori  kayfiyatda  saqlab  turishiga  bog‗liq.    O‗ziga  oro  berish  ham  bir  tomondan 
boshqalarga  sizni  munosabatingizni  o‗zgartirsa,  ikkinchi  tomondan  insonni  ruhini 
ko‗taradigan xususiyatlardan biridir.  


 
141 

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish