O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/297
Sana12.01.2022
Hajmi1,9 Mb.
#336017
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   297
Bog'liq
professional etika va etiket

 
10-MAVZU. OILA VA TURMUSH  ETIKETI 
 
1.
 
Kelinning kiyinish madaniyati.  
2.
 
Oilada o‗zini tutish  etiketi.  
3.
 
Oilaviy tantanalar. 
 
Oila. 
Oila  —  tarixan  tarkib  topgan  o‗ziga  xos  va  mos  ijtimoiy  guruh  bo‗lib, 
uning a‘zolari bir-birlari bilan nikoh, qon-qarindoshliq umumiy turmush va o‗zaro 
huquqiy,  axloqiy  va  boshqa  munosabatlar  bilan  bog‗langandir.    Oila  nikoh 
zaminida  vujudga  keladi.    Nikoh  esa  erkak  va  ayol  orasidagi  munosabatlarning 
jamiyat tomonidan tan olingan, ma‘qullangan ifodasi hisoblanadi.  
―Oila  uch  jihatni:  o‗zining  bevosita  ko‗rinishi  bo‗lmish  nikohni;  oilaviy  mulk 
va  anjomlar  hamda  ular  haqidagi  g‗amxo‗rlikni;  bolalar  tarbiyasini  o‗z  ichiga 
oladi‖.  


 
135 
Oila
  
muqaddas  
urf–odatlarimizni  
saqlaydigan  
tarbiya 
o‗chog‗idir.  
YOshlarning  ma‘naviy  qiyofasi,  ularning  xatti–harakatlari,  xulq–atvorlari  dastlab 
oilaviy  munosabat   madaniyatida  ifodalanadi.     Oilaviy  munosabat  madaniyati 
nima?  Bu  –  oilada  insonga  hos  va  mos  sharoitlarni  yaratish,  oilaning  vazifalarini 
to‗la bajarish, oilaviy turmush tarzini to‗g‗ri shakllantirish, oila a‘zolarining xulq – 
odobi, dunyoqarashi, mafkurasini, oilaviy hayotning davomiyligini ta‘minlashdir.   
Mustaxkam  oila  mustaxkam  jamiyatning  asosidir.    SHunday  ekan  jamiyat 
oilalarni   mustaxkamlash,  oilaviy  munosabatlar  madaniyatini  takomillashtirishga 
alohida e‘tibor  berib kelmoqda.  
Oila,  jamiyat  va  davlat  bilan   o‗zaro  bog‗liq  bo‗ladi  va  ular  bilan  bir  vaqtda 
rivojlanib  boradi.    Oila  nafaqat  axloqiy  balki,  demografiq  iqtisodiy,  ijtimoiy,  
madaniy  va  boshqa   muhim   funksiyalarni   bajaradi.    SHuning  uchun  jamiyat  va 
davlat  oilaning farovon bo‗lishidan  manfaatdor bo‗ladi.   
Oila  a‘zolari  bir–birlari  bilan  umumiy  turmush,  o‗zaro  iqtisodiy–mulkiy, 
huquqiy,  axloqiy,  ruhiy  aloqalar  bilan  bog‗lanadi.    Oilaning   birinchi  vazifasi  o‗z 
nasl–nasabini  davom  ettirishdan,  tarbiyali  farzandlarni  o‗stirishdan,  oila 
a‘zolarining  tirikchiligini,  bo‗sh  vaqtini  ko‗ngilli  o‗tkazishni   ta‘minlashdan 
iboratdir.  
Nikoh  –  erkak  va  ayolning  teng  huquqli,  erkin  va  ixtiyoriy  ittifoqi  bo‗lib,  u 
fuqarolik  xolati  dalolatnomalarini   yozish   organlarida  tuziladi   va  oila  tuzish  
maqsadiga hizmat qiladi.  
Oila  nikohdan  boshlanadi.    Nikoh  rasmiy,  qonunlar  asosida  o‗tkazilgandagina 
haqiqiy  hisoblanadi.    O‗zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining  birinchi 
moddasida nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuzilishi 
lozimligi ko‗rsatilgan.  
Nikohdan  o‗tivchilar  FHDYOga  ariza  berganlaridan  keyin  bir  oy  o‗tgach, 
shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi.  
O‗zrli  sabablarga  ko‗ra  FHDYO  bir  oy  sinov  muddati  o‗tgunga  qadar  nikoh 
tuzish ga ruxsat berishi mumkin.  


 
136 
Balog‗atga etmaganlarning nikohga kirishining oldini olish, ularning sog‗ligini 
himoya  qilish  maqsadida  hamda  oilani  qurish  uchun  ma‘lum  hayotiy  tajriba, 
jismoniy  va  ma‘naviy etuklik talab qilinishini e‘tiborga olgan  holda, qonun  nikoh 
yoshini  erkaklar  uchun  o‗n  sakkiz  yosh,  ayollar  uchun  o‗n  etti  yosh  etib 
belgilangan.  
O‗zrli  sabablar  bulgan,  alohida  hollarda  nikoh  yoshi  erkak  va  ayollarga  bir 
yoshga  kamaytilishi  mumkin.    Bu  sabablarga,  masalan:  nikohga  kiruvchi  ayol 
homilador  bo‗lib  qolishi,  bir  taraf  og‗ir  kasal  bo‗lgan  yoki  harakatdagi  armiyaga 
ketayotgani  va  boshqa  shunga  o‗xshash  hollar  kiradi.    Bunda  nikoh  davlat 
ro‗yxatidan o‗tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‗pi bilan 
bir yilga kamaytirishi mumkin.  
Nikoh,  nikohga  kiruvchilarning  ixtiyoriyligi,  erkin  roziligi  asosida  tuziladi.  
Nikohni tuzish  uchun bo‗lajak er-xotin o‗z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga 
ega bo‗lishi kerak  Agar shaxs o‗z xatti-harakatlari oqibatni tushunmaydigan holda 
(qattiq mastliq ruhiy holatining vaqtincha bo‗zilishi) yoki aldov oqibatda nikohdan 
o‗tgan  bo‗lsa,  bunday  nikoh  qonunda  belgilangan  tartibda  haqiqiy  emas  deb 
topiladi.  
Nikoh tuzish ga majbur qilish qonun bilan taqiqlanadi.  Ayolni o‗z erkiga xilof 
ravishda  erga  tegishga  majbur  qilish  O‗zbekiston  Respublikasi  Jinoyat 
Kodeksining 136-moddasiga ko‗ra jazolanadi.  
Nikoh  tuzish    haqidagi  arizani  berishda  shaxsni  aniqlovchi  hujjatlar:  pasport, 
harbiy  bilet,  ofitser,  praporshikning  shaxsiy  guvohnomasi,  nikohlanuvchilarning 
biri  ilgari  nikohda  bo‗lgan  bo‗lsa,  nikohdan  ajralganlikni  tasdiqlovchi  xujjat 
(guvohnoma  yoki  sud  qarori),  nikohni  haqiqiy  emas  deb  topilganligi  to‗g‗risidagi 
sud qarori, er-xotindan birining o‗limi to‗g‗risidagi guvohnoma ko‗rsatilishi kerak  
Nikoh  nikohlanuvchilarning  xohishiga  ko‗ra  tantanali  ravishda  qayd  etilishi  
mumkin.  
Bu  oila  tuzilishi  va  yaratilishining  huquqiy  jihatlari.    Axloq  nazariyasi  nuqtai 
nazaridan  oilaning  asosi  bo‗lmish  nikoh  –  ezgu  maqsadga  yo‗naltirilgan, 
zimmasiga  zurriyot  qoldirishdek  yuksak  mas‘uliyat  yuklangan  sevgi,  sevishning 


 
137 
ijtimoiylashgan  ko‗rinishi.    Sevgi-muhabbat  faqat  erkinlikda  namoyon  bo‗lishini 
hisobga  olinadigan  bo‗lsa,  nikohni  ma‘lum  ma‘noda,  an‘analar,  urf-odatlar  va 
e‘tiqodlarga  moslashtirilgan  sevgining  yashash  sharti  deyish  mumkin.  O‗zbek 
oilasining  dunyodagi  boshqa  oilalarga  o‗xshash  tomoni  ko‗p,  shu  bilan  birga 
O‗ziga  xos jihatlari  bor.  Xalqimizning:  "Nikoh eng avvalo  Arshi a‘loda o‗qiladi, 
keyin  esa  erda"  degan  naqli  behuda  aytilmagan.    Ota-bobolarimizning  azaliy 
tushunchalari  bo‗yicha  nikoh  ilohiy  ahd,  oila  muqaddasdir.    "Xotinlaringiz 
ziroatgohingizdir"  deyiladi  Qur‘oni  Karimning  Baqara  surasi  223-oyatida.    Oila 
qurishdan asosiy maqsad farzand ko‗rishdir.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish