O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/416
Sana02.01.2022
Hajmi2,17 Mb.
#309226
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   416
Bog'liq
Tovarshunoslik. O‘quv qo‘llanma

Tvorog  mahsulotlariga

  tvorog  xamiri,  sirka,  tvorogli  tort  va  kremlar 

kiradi.  Ular  tvorogga  shakar  yoki  tuz,  sariyog„  yoki  qaymoq  qo„shib 



127 

 

tayyorlanadi.  Tvorog  mahsulotlari  tayyorlashda  yog„li  yoki  yog„sizlantirilgan 



tvorog  maxsus  mashinalarda  bir  xil  massa  hosil  bo„lguncha  yaxshilab 

aralashtiriladi  va  unga  shakar,  yoqimli  ta‟m  beruvchi xushbo„y moddalar, tuz va 

boshqa  mahsulotlar  qo„shiladi.  Keyin  hammasi  qorish  mashinasida  yaxshilab 

aralashtiriladi.   

Tvorog  xamiri  tarkibiga  ko„ra  shirin,  tuzlangan  va  o„tkir  bo„ladi.  shirin 

tvorog  xamiri  yoqimli  ta‟m  beruvchi  va  xushbo„y  moddalar  (tsukatlar,  vanil, 

dolchin,  mayiz  va  boshqalar)  qo„shilgan  va  qo„shilmagan  bo„lishi  mumkin; 

ba‟zida  tuzlangan  xamirga  ham  dorivorlar  (tmin,  qalampir  va  boshqalar) 

qo„shiladi.  shirin  tvorog  xamiri o„ta yog„li (26, 23 va 20%); yog„li (15 va 14%), 

kam  yog„li  (7,5  va  7%)  va  yog„siz  turlarga  bo„linadi.  Tuzlangan  tvorog 

xamirining  yog„li  (17,5  va  15,5%)  kam  yog„li  (8,5%)  va  yog„siz  turlari  ishlab 

chiqariladi.  O„tkir  tvorog  xamirida  18%  yog„  bo„lib,  u  tuzlangan  tvorog 

xamiriga  qattiq  shirdon  suvli  pishloq  qo„shib  ishlab  chiqariladi.  Sarxil  tvorog 

xamiri  sutga  o„xshash  sarg„imtir  oq  rangli  yoki  qo„shilgan  moddalar  rangida, 

toza  sut-qatiq  ta‟mi  yoki  qo„shilgan  moddalar  ta‟mi  va  xushbo„yligiga,  bir  xil 

nafis, surtiladigan  konsistentsiyaga  ega bo„lishi kerak.   

Tvorog  kulchaning  shirin,  sirlangan,  tuzlangan  va  o„tkir  turlari  ishlab 

chiqariladi.  shirin  tvorog  kulchaga  yoqimli  ta‟m beruvchi va xushbo„y moddalar 

qo„shiladi.  Ular  13,7-16%  yog„li  va  yog„siz  qilib  ishlab  chiqariladi.  shokolad 

bilan  sirlangan  tvorog  kulcha  tarkibida  17%  qand  va  23%  yog„  bo„ladi. 

Tuzlangan  tvorog  kulchalar  dorivor  qo„shilgan  yoki  ularsiz;  yog„li  (17,5  va 

15,5%  ),  kam  yog„li  (8,5%)  va  yog„siz  turlarga  bo„linadi.  Qattiq  shirdon  suvli 

pishloq qo„shilgan tvorog kulcha tarkibida  kamida  18% yog„ bo„ladi.  

Piyoz,  sarimsoq,  shuvoq  va shu kabi boshqa sabzavot ekinlarining ta‟mi 

aniq  sezilib  turgan,  achchiq  sirka,  ammiak,  juda  nordon,  sho„r,  spirt,  mog„or 

hamda  boshqa  begona  ta‟m  va  hidli,  dimiqqan,  cho„ziluvchan  va  yopishqoq; 

konsistentsiyali;  sirti  qurigan  va  mog„orlagan;  iflos  va  noto„g„ri  joylangan 

tvorog xamiri  va tvorog kulchalar  savdoga chiqarilmaydi.   




128 

 

Tvorogdan  qilingan  tort  tvorog  xamiriga  ko„p  miqdorda  yog„  qo„shib 



tayyorlanadi.  Bu  xamirga  vanilin,  shokolad,  kofe,  yong„oqlar,  bodom,  tsukatlar 

qo„shiladi.  Qo„shilgan  narsalarga  qarab  tvorogli  tort  -  vanilli,  shokoladli,  kofeli, 

yong„oqli,  bodomli,  tsukatli  bo„ladi.  Tortning  sirti  qaymoqli  krem  bilan 

bezatiladi.  Tort  250,  500,  1000  va  2000 



g

  og„irlikda  ishlab  chiqariladi.  Tvorog 

kremi  sariyog„,  shakar,  shokolad  va  vanilin  qo„shilgan  yog„li  tvorogdan 

tayyorlanadi.  U  tvorog  kulchalari  tarkibidagi  qandning  ko„pligi  (kamida  40%) 

bilan  farq  qiladi.  Tvorog  kremi  ezilgan  massaga  va  surtiladigan  konsistentsiyaga 

ega bo„lishi kerak. Kremda kamida  18% yog„ bo„lishi lozim.  



Qatiq

  qaymog„i  olinmagan,  yog„sizlantirilgan,  pasterizatsiya  qilingan, 

sterilizatsiya  qilingan  sutlarni,  sut  achituvchi  streptokokklarga  bolg„ar  yoki 

atsidofil  tayoqchalari  qo„shib  yoki  qo„shmasdan  achitish  no„li  bilan 

tayyorlanadi.  Sutni  achitish  30  -  35°C  haroratda  6  soat  davom  etadi,  keyii hosil 

bo„lgap  qatiq  3  -  5°C  haroratli  sovutgich  kameralarga  joylanadi  va  u  erda 

etilguncha  (4  -  6  soat)  saqlanadi.  Achitilishiga  ko„ra  qatiq:  atsidofil  yujniy, 

varenets, oddiy, matsoni (matsun) turlariga  bo„linadi.   

Tarkibidagi  yog„  miqdoriga  ko„ra  qatiq  yog„li  (qaymog„i  olinmagan 

sutdan  tayyorlangan)  va  yog„siz  (yog„sizlantirilgan  sutdan  tayyorlangan) 

turlarga  bo„linadi.  Sarxil  qatiq  sof  sut-qatiq  yoki  qo„shilgan  mahsulotlarning 

ta‟miga  ega  bo„lishi;  me‟yorida  zich,  buzilmaydigan,  gaz  hosil  bo„lmaydigan  va 

yuziga  shirdon  suvi  ko„p  ajralib  chiqmagan,  ushatilgan  bo„lagi  yaltiroq,  turg„un 

bo„lishi; rangi sutsimon oq yoki qo„ng„irroq tusli  sarg„imtir (varenetsda) bo„lishi 

kerak.  Xashak  ta‟mi  va  og„il

 

hidi  yakqol  sezilib  turgan,  kir-chir,  shuningdek, 



achchiq  yog„  kislotasi,  ammiak,  mog„or  ta‟mi  va  hidi  keladigan,  ko„piradigan, 

3%dan  ortiq  zardob ajraladigan suyuq konsistentsiyali hamda begona rang olgan 

qatiq savdoga chiqarilmaydi.   

Kefir

  qaymog„i  olinmagan  yoki  olingan  pasterizatsiyalangan  sutni  kefir 

zamburug„lari,  ya‟ni  sut  achituvchi  bakteriyalar  va  drojji  aralashmasi  bilan  ivitib 

tayyorlanadi.  Kefir  -  sut  kislotasi  va  spirt  hosil  qilib  achiydigan  mahsulotdir. 




129 

 

Mo„ljallanishiga  ko„ra  kefirning  ikki  xili:  ommaviy  iste‟mol  uchun  va 



shifobaxsh xili  bemorlar uchun tayyorlanadi.   

Ommaviy  iste‟molga  mo„ljallangan  kefir  olish  uchun  achitilgan  sut  0,25 

yoki  0,5 

l

  sig„imli

 

sut  butilkalariga  quyilib,  14-18  soat  mobaynida  20  -  25°C 



haroratda  saqlanadi.  shifobaxsh  kefir  ommaviy  iste‟mol  kefiridan  farq  qilib,  1-3 

sutka  mobaynida  saqlanib  yetiltiriladi.  Yetiltirish  muddatiga  ko„ra  shifobaxsh 

kefir  kuchsiz, o„rta va o„tkir kefirlarga  bo„linadi.  

Kuchsiz  kefirning  spirti ortig„i bilan 0,2%; nordonligi 90°C gacha bo„lib, 

bir  sutka mobaynida etnltiriladi; bu xil kefir oshqozonni bo„shashtiradi. O„rtacha 

kefirning  spirti  ortig„i  bilan  0,4%;  nordonligi  505°C  gacha  bo„lib;  ikki  sutka 

mobaynida  yetiltiriladi.  O„tkir  kefirning  spirti  ortig„i  bilan  0,6%;  nordonligi 

120°C  gacha  bo„lib,  uch  sutka  mobaynida  yetiltiriladi,  u  oshqozonni 

mustahkamlaydi,  ichni  qotiradi.  Kefir  yog„li,  yog„siz  qilib,  ba‟zida  S  vitamini 

qo„shib tayyorlanadi.  




Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   416




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish