O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/416
Sana02.01.2022
Hajmi2,17 Mb.
#309226
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   416
Bog'liq
Tovarshunoslik. O‘quv qo‘llanma

6 . 3 .   S a riyo g ‗ 

 

Sariyog„  juda  xushta‟m  bo„lib,  past  haroratda  (26-31°C)  eriydi,  uning 

tarkibida  ko„p  miqdorda  A,  D  va  E  vitaminlari  bo„ladi,  u  kishi  organizmida 

yaxshi  (97-98%)  hazm  bo„ladi.  Sariyog„  yuqori  kaloriyali  mahsulotdir. 

Sariyog„ning  eritilgani  ham  bo„ladi.  Sariyog„  qaymoqni  maxsus  yog„ tayyorlash 

mashinalarida  haydash  yo„li  bilan,  eritilgan  sariyog„  esa  sariyog„ni  eritish  yo„li 

bilan  olinadi.  Sariyog„da 81-83%, eritilgan  sariyog„da - 98% yog„ bo„ladi.  

Sariyog‗ning:

  chuchuk,  tuzli,  Vologodskiy,  Lyubitelskiy  va  qo„shilmali 

(kakao  kukunli,  asalli,  shakarli,  mevali,  rezavorli  va  h.k.)  turlari  mavjud. 

Qo„shilgan  mahsulotlariga  ko„ra  shokoladli,  asalli,  mevali,  detskiy  va  boshqa 

sariyog„lar  bo„lishi  mumkii.  Chuchuk  va  tuzli  sariyog„  uyutilmay 

pasterizatsiyalangan  yoki  sof  sut  achituvchi  bakteriyalar  bilan  uyutilgan 

qaymoqdan tayyorlanadi.  

Vologodskiy  sariyog„i  -  saralangan,  yangi,  uyutilmagan,  yuqori 

haroratda  pasterizatsiyalangan  chuchuk  qaymoqdan  tayyorlanib,  yoqimli 

yong„oq  ta‟m  va  hidiga  ega  bo„ladi.  Lyubitelskiy  sariyog„i-  uyutilmagan 

pasterizatsiyalangan  qaymoqdan  tayyorlangan  chuchuk  sariyog„  bo„lib,  boshqa 

tur sariyog„larga  qaraganda namligi  ko„p (20%) va yog„i kam (78%) bo„ladi.  

Shokoladli  sariyog„da  kamida  62%  yog„,  kamida  18%  shakar,  2,5% 

kakao-kukuni  va  namligi  ortig„i  bilan  16%  bo„ladi.  Asalli  sariyog„  tarkibida 

25% tabiiy asal, 25% yog„ va ko„pi bilan 18% namlik bo„ladi. Mevali sariyog„da 

shakar  bilan aralashgan rezavor-meva pyuresi yoki sharbati bo„ladi. Undagi yog„ 

miqdori  -  62%,  shakar  -  16%,  namlik  -  18%  ni  tashqil  qiladi.  shakarli  (Detskiy) 



132 

 

sariyog„ga  8%  shakar,  bir  ozroq  vanil  yoki  vanilin  qo„shiladi.  Undagi  yog„ 



kamida  76% bo„lishi kerak.  

Eritilgan  sariyog„  sutning  eritilgan  yog„i  bo„lib,  sovutilganda  tuzilishi 

mayda donador yoki yirik donador bo„ladi. Mayda donador sariyog„ eng yaxshi 

hisoblanadi.  Tarkibidagi  yog„  -  98%,  namlik  -  1%  bo„ladi.  Yog„ning  hamma 

turlari  (qo„shilmalilaridan  tashqari)  a‟lo  va  1-navlarga  bo„linadi.  Navlarga 

ajratishda  yog„ning  ta‟mi,  hidi,  rangi,  konsistentsiyasi,  tashqi  ko„rinishi,  tuzlash 

sifati  va  joylanish  holati  asos  qilib  olinadi.  yog„da  shuningdek,  yog„  suv  va  tuz 

ham me‟yorlashtiriladi.   

Sariyog„  sifatiga  organoleptik  baho  yuz  balli  tizim  asosida  beriladi.  Har 

bir  ko„rsatkich  uchun  ma‟lum  miqdor  ball  beriladi:  ta‟m  va  hidiga  -  50  ball, 

konsistentsiyasiga  va  tashqi  ko„rinishiga  -  25,  rangiga  -  5,  tuzlanishiga  -  10  va 

joylanishiga  10  ball  beriladi.  Nuqsonlari  bo„lgan  taqdirda  ball  baholari  jadvaliga 

muvofiq  baho  kamaytariladi.  Agar  yog„da  berilgan  organoleptik  ko„rsatkichlar 

bo„yicha  ikkita  nuqson  bo„lsa,  unda  bahoni  ko„proq  pasaytiruvchi  nuqson 

nazarga  olinib  baho  kamaytariladi.  88-100  ball  olgan  yog„lar  a‟lo  nav,  80  -  87 

ball  olgan yog„lar 1-nav  hisoblanadi.  

Sarxil  yog„ning  rangi  sal  sarg„imtir  yoki  oq;  ta‟mi va hidi shu turga xos, 

10  -  12°C  da  bir  xil  zich  konsistentsiyali;  kesilganida  usti  quruq  yoki  juda 

mayda  nam  zarrachalari  tekis  taqsimlangan,  sal-pal  yaltillab  turadigan  bo„ladi. 

Eritilgan  sariyog„  yumshoq,  donador  konsistentsiyali  bo„lishi,  erigan  holatida 

esa cho„kindisiz butunlay  tiniq bo„lishi lozim.   

Baliq,  metall,  tutun  ta‟mi  kelib  turadigan,  burqsigan,  kuygan, 

mog„orlagan  va  xashak  hidli,  ichidan  mog„orlagan,  begona  qo„shilmalari 

bo„lgan,  kir-chir  yoki  noaniq  markalangan  idishga  joylangan  yog„  savdoga 

chiqarilmaydi.  Sariyog„ni 

joylash

  uchun  25,4 



kg

  sig„imi

 

toza,  quruq  taxta  va 



faner  yashiklar  hamda  50,8 

kg

  sig„imi

 

yog„och  bochkalar  ishlatiladi. 



Lyubitelskiy  sariyog„  24 

kg

  sig„imi

 

yashiklar  va  48  kg  sig„imli  yog„och 




133 

 

bochkalarga  joylanadi.  Sariyog„  shuningdek,  100.  200,  250,  500 



g

  dan 


qadoqlanib, pergament qog„ozga o„raladi.  

Eritilgan  yog„  sof  og„irligi  50  dan  100 



kg

  gacha  archa,  qora  qayin,  lipa, 

torterak,  qayin  taxtasidan  yasalgan  bochkalarga  joylanadi.  Eritilgan  sariyog„ 

sig„imi


 

500  g  gacha  bo„lgan  shisha  idish  va  parafinlangan  qog„oz  stakanlarga 

qadoqlab  joylanadi.  Sariyog„ni  magazin  sharoitida  10°C  dan  oshmagan 

haroratda  va  nisbiy  namligi  75  -  80%  bo„lgan  xonada  saqlash  tavsiya  qilinadi. 

Sovutkichlarda  yog„  -6  dan 18°C gacha bo„lgan haroratda saqlanadi. Sariyog„ni 

yozda  3  kungacha,  qishda  -5  kungacha,  eritilgan  sariyog„ni  butun  yil  davomida 

15  kungacha  saqlash  mumkin.  Yil  fasllari  va  rayonlarning  joylanishiga  ko„ra 

tabiiy  kamayish  me‟yori  sariyog„  uchun  0,19-0,35%,  Eritilgan  sariyog„  uchun 

0,30-0,45% dir.  


Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   416




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish