O‘simlik moylarining turlari.
Kungaboqar moyi
tarkibida 27-35% yog„
bo„lgan kungaboqar urug„ini presslash yoki ekstraktsiya qilish yo„li bilan
olinadi. O„simlik moylari ichida kungaboqar moyi etakchi o„rin egallaydi.
Tozalash darajasiga qarab o„simlik moyi rafinatsiya qilinmagan, gidratatsiya
qilingan va rafinatsiyalangan moylarga bo„linadi. Rafinatsiya qilinmagan
kungaboqar moyi qovurilgan uruqqa xos tabiiy ta‟m va hidli, shaffof sariq
rangda bo„lib, uch navga - oliy, 1- va 2-navlarga bo„linadi.
Gidratatsiya qilingan kungaboqar moyi birmuncha ochroq rangli bo„lib,
u 1- va 2-navlarga bo„linadi. Rafinatsiyalangan kungaboqar moyi navlarga
bo„linmaydi.
U
neytralizatsiyalanib,
dezodoratsiya
qilinmagan
va
neytralizatsiyalanib dezodoratsiyalangan bo„ladi.
Paxta moyi
tarkibida 17 dan 27% gacha yog„ bo„lgan chigitdan presslash
yoki ekstraktsiya qilish yo„li bilan olinadi. Presslash yo„li bilan olingan xom
paxta moyi qizg„ish-qoramtir rangli va yoqimsiz, taxir ta‟mli bo„ladi. Bunday
holda u oziq-ovqatga yaroqsiz bo„ladi, shu sababli u albatta tozalanadi.
182
Tozalanganlik darajasiga ko„ra paxta moyi rafinatsiyalanmagan va
rafinatsiyalangan
(neytralizatsiyalanib
dezodoratsiya
qilingan
va
neytralizatsiyalanib, dezodoratsiya qilinmagan) bo„ladi. Sifat jihatdan paxta
moyi oliy, 1- va 2- navlarga bo„linadi. Oziq-ovqat uchun faqat oliy va 1-navli
rafinatsiyalangan moy ishlatiladi; u shaffof och sariq rangli, yoqimli ta‟m va
hidli bo„ladi.
Zaytun moyi
zaytun daraxtining mevalaridan sovuq usulda presslash
yo„li bilan olinadi. Bu mevalar tarkibida 55% gacha yog„ bo„ladi. Zaytun moyi
ham yaxshi o„simlik moylaridan hisoblanadi. Bu moy rafinatsiyalanmagan holda
chiqariladi; tovar navlariga bo„linmaydi. Zaytun moyi shaffof, sariq rangli,
loyqasiz, tabiiy ta‟m va hidli bo„lishi kerak.
Gorchitsa moyi
tarkibida 30-38% gacha yog„ bo„lgan gorchitsa
urug„idan sovuq yoki issiq usulda quruq holida va nisbatan past haroratda
presslash yo„li bilan olinadi. Kunjarasidan gorchitsa kukuni tayyorlash uchun
foydalaniladi. Gorchitsa moyi rafinatsiya qilinmaydi. Sifat jihatidan oliy va 1-
navli bo„ladi. Ikkala navdagi moy ham sarg„ish tilla rangli, yoqimli ta‟m va
hidlidir.
Soya
moyi
oldindan tozalab ishlangan va tarkibida 14-25% yog„ bo„lgan
soya urug„idan presslash yoki ekstraktsiya qilish yo„li bilan olinadi. Tozalash
darajasiga
qarab,
soya
moyi
rafinatsiyalanmagan,
gidratatsiya
qilinib
rafinatsiyalangan (neytralizatsiyalangan va neytralizatsiyalanib dezodoratsiya
qilingan) turlarga bo„linadi. Rafinatsiyalanmay gidratatsiya qilingan moylar sifat
jihatidan 1- va 2-navlarga bo„linadi. Rafinatsiyalanmagan 2-navli soya moyi
ovqatga ishlatilmaydi. Rafinatsiyalangan moyning rangi - poxol tusli sarg„ish,
rafinatsiyalanmagan moyniki - to„q sariq bo„ladi.
Kokos moyi -
quritilgan va maydalangan kokos palmasi yong„og„ini issiq
usulda presslash yo„li bilan olinadi. Kokos yong„og„ining tarkibida 75% gacha
moy bo„ladi. Margarin ishlab chiqarishda foydalaniladi, shuningdek o„zini
bevosita
ovqatga
ham
ishlatilaveradi.
Faqat
rafinatsiyalanib
(albatta
183
dezodoratsiya qilinib ham) ishlab chiqariladi; navlarga ajratilmaydi. Uy
haroratida oq rangli, yumshoq konsistentsiyali, yoqimli ta‟m va hidli bo„ladi.
Er yong‗oq moyi
tarkibida 35-60% gacha moy bo„lgan er yong„oq
(araxis) urug„ini sovuq yoki issiq usulda presslash yoki ekstraktsiya qilish yo„li
bilan olinadi. yong„oqlarning avvalo po„sti tozalanadi, aks holda moy sifatsiz
bo„lib qoladi. Tozalanish usuliga qarab, er yong„oq moyi rafinatsiyalanmagan va
rafinatsiyalangan
(neytralizatsiyalanib
dezodoratsiya
qilinmagan
va
neytralizatsiyalanib
dezodoratsiya
qilingan)
holda
ishlab
chiqariladi.
Rafinatsiyalanmagan er yong„oq moyi oliy va 1-navli bo„ladi: yoqimli, tabiiy
ta‟m va hidga ega bo„ladi. Rafinatsiyalangan moy navlariga ajratilmaydi;
yoqimli hid va ta‟mli, biroz bilinadigan och sariq rangli bo„ladi. Issiq usulda
presslangan va ekstraktsiya qilingan moylar oziq-ovqatga ishlatilmaydi, ulardan
faqat texnikaviy maqsadlarda foydalaniladi.
Kunjut moyi
moyning eng ko„p tarqalgan turlaridan hisoblanadi. Bu moy
kunjut urug„idan presslash va kamdan- kam hollarda ekstraktsiya qilish yo„li
bilan olinadi. Kunjut urug„i tarkibida 60% gacha yog„ bo„ladi. Sovuq usulda
presslash yo„li bilan olingan moyi oziq-ovqat uchun ishlatiladi; u och sariq
rangli va yoqimli ta‟mli bo„lib, sifat jihatidan zaytun moyidan qolishmaydi. Issiq
usulda presslash yo„li bilan olingan kunjut moyi to„q sariq rangli, o„tkir
achishtiruvchi ta‟mli, hidi esa uncha yoqimli bo„lmaydi Ekstraktsiya qilish yo„li
bilan olingan moyning hidi va ta‟mi umuman yoqimsiz bo„ladi; undan faqat
texnikaviy
maqsadlardagina
foydalaniladi.
Kunjut
moyi
ikki
xil:
rafinatsiyalanmagan (1-va 2-navli) va rafinatsiyalangan (navlarga ajratilmagan)
holda chiqariladi.
Makkajo‗xori moyi -
dumbul makkajo„xorini presslash yoki ekstraktsiya
qilish yo„li bilan olinadi. Dumbul makkajo„xorida yog„ 30% dan ortiq bo„ladi.
Makkajo„xori moyi qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda va bevosita
ovqatga ishlatiladi. Ovqatga ishlatiladigan makkajo„xori moyi to„la
184
rafinatsiyalanadi; navlarga ajratilmaydi. Bu moy rangsiz, hidsiz va quyqasiz,
ta‟mi yoqimli bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |