Muzlatilgan baliq.
Baliqlar uzoq muddat saqlash uchun muzlatiladi.
Sovutkichlarda to„g„ri saqlanganda baliqning sifati olti oygacha yaxshi
saqlanadi.
Tirik, yangi uxlagan yoki sovutilgan baliqlar muzlatiladi. Tirik baliqlar,
odatda butunligicha muzlatiladi, yangi uxlagan va sovutilganlari esa ko„pincha
tozalanib muzlatiladi. Baliqlar qishda ov qilingan joyda tabiiy ravishda quruq
yoki ho„l usul ishlatib yoki muz-tuz aralashmasi bilan sun‟iy ravishda
muzlatiladi. quruq usulda muzlatilganda baliqlar stellajlarga joylanadi yoki
ilgaklarga osiladi va sovuq haroratda muzlatiladi. Ho„l usul bilan muzlatilganda,
baliq qattiq sovutilgan namakobga solib muzlatiladi. Muzlatilgan baliq
go„shtining harorati - 6
0
S dan yuqori bo„lmasligi lozim. Bu usul bilan
muzlatilgan baliqlar ba‟zan sirlanadi. Baliq 2-3
mm
qalinlikda tekis muz qatlami
bilan qoplanadi va muz baliq tanasiga shuncha qattiq yopishgan bo„ladiki, qo„l
bilan asta chertganda muz ko„chmaydi.
Muzlatilgan baliqlar sifat jihatidan 1-va 2-navlarga bo„linadi. Baliqlarni
tovar navlariga bo„lishda tashqi ko„rinishi, muzlatilgan baliqning tozalanganlik
sifati, shuningdek, muzdan tushgandan keyingi konsistentsiyasi va hidi kabi
ko„rsatkichlar asos qilib olinadi. Muzlatilgan sarxil baliqlarning usti toza,
ezilmagan bo„lishi; tangachalari to„kilmagan; ko„zi ichiga botmagan va tiniq;
jabralari qizil yoki pushti; qorni shishmagan; engil, chertib ko„rilganda tiniq
ovoz beradigan bo„lishi lozim. Baliq muzdan tushgandan so„ng konsistentsiyasi
zich, hidi - yangi baliqning hidiga xos bo„lishi kerak. 2-nav baliqlarning
konsistentsiyasi bo„shroq, jabralari va ustidan achimsiqroq hid kelishi mumkin.
Muzlatilgan baliqlar toza va mustahkam yog„och yoki karton
yashiklarga, tok yoki tol novdasidan to„qilgan savatlarga chipta qoplar,
bochkalar, savatlar, qamishdan to„qilgan qop va boshqa idishlarga joylanadi
.
Yashik, bochka, korzina va savatlar ichiga toza, quruq chiptalar, o„rash uchun
ishlatiladigan qog„oz
yoki boshqa izolyatsiya materiallari solinishi lozim. Bu
163
ishlar muz bilan sirlangan baliqlar uchun qo„llanishi shart, boshqa baliqlarni
ham shu tahlitda joylash maqsadga muvofiqdir.
Muzlatilgan baliq filesi
tirik, yangi uxlagan yoki sovutilgan yirik
baliqlardan tayyorlanadi. Buning uchun baliq
tangachalardan tozalanadi (treska
balig„idan tashqari), suyak, suzgich qanotlari, ichak-chavoqlari, qornidagi qora
parda, quyulib qolgan qonlari olib tashlanadi, briket qilib presslanadi va
muzlatiladi. Briketlar og„irligi 0,5; 1; 2
kg
va undan ham og„irroq bo„ladi-yu,
ammo 10
kg
dan ortiq bo„lmasligi kerak. Treska filesi nimta-nimta donalab,
muzlatib chiqariladi.
File briketlari tekis, toza, usti quruq, zich konsistentsiyali, sarxil baliqqa
xos ta‟mi va hidi bo„lishi lozim (baliqning ta‟mi u pishirilgandan so„ng
aniqlanadi). Muzlatilgan baliqlarning past haroratini saqlash uchun baliq
joylangan yashiklarni bir-biriga zich qilib taxlab, ustini brezent yoki boshqa
mato bilan yopish tavsiya etiladi.
Do„konlarda muzlatilgan baliqlarni 2°C va undan ham pastroq haroratda
15 sutkagacha; 0 dan to 5°C gacha haroratda - ikki sutkagacha va sovutilmagan
binolarda - eng ko„pi bir sutka saqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |