o„rin egallaydi (ovlanadigan jami baliqlarning salkam 1/3 qismi tuzlanadi).
Ammo tuzlanadigan baliq salmog„i yildan-yilga kamayib bormoqda va buning
tuzlashda oqsil va boshqa to„yimli moddalarning bir qismi namakobga o„tib,
nobud bo„ladi. Tuzlashdan keyin ko„pgina baliq mahsulotlarining o„zlashtirilishi
pasayadi, ta‟mi va xushbo„ylik xususiyatlari yo„qoladi. Lekin seld, skumbriya,
164
anchous va ba‟zi losos baliqlari bundan mustasno bo„lib, aksincha tuzlash
jarayonida ularning go„shti etiladi, mazasi yaxshilanadi va u qo„shimcha issiq
ishlov berilmasdan ham iste‟molga loyiq bo„ladi.
Saqlashda tez buziladigan va eb bo„lmaydigan qimmati kam qismlarini
olib tashlash hamda tuzlanish jarayonini tezlashtirish uchun baliq tozalanadi.
Ba‟zi turdagi baliqlar tozalanmasdan, butunligicha tuzlanadi. Tozalash usuliga
qarab, tuzlangan baliqlar quyidagi xillarga bo„linadi:
-zyabryonaya –
jabralari va ichak-chavog„i olib tashlanib (ikra va urug„
bezlari qoldirilib) tuzlanadi;
-ichak-chavog‗i olib tashlangan baliq –
kallasi olingan va olinmagan
bo„lishi mumkin; qorni yorilib ichak-chavog„i ikra va urug„ bezlari bilan birga
hammasi olib tashlanadi;
-semujniy usulida kesib tozalangan baliq –
qorni bo„ylab uzunasiga ikki
joyidan tilinadi va ichak-chavog„i olib tashlanadi;
-plast
(kallasi olingan va olinmagan) – orqa tomonidan yuqori labidan to
dum suzgich qanotigacha kesilib, ichak-chavog„i, ikrasi va urug„ bezlari bilan
birga olib tashlanadi;
-yarim plast –
orqa tomonidan umurtqasi bo„ylab o„ng ko„zidan to dum
suzgich qanotigacha kesilgan baliq; ichki qismlari butunlay olib tashlangan
(ikrasi
va urug„ bezlari qoldirilishi ham mumkin);
-bo‗lak –
kami 10
sm
dan ko„ndalangiga bo„lak-bo„lak qilib kesilgan
baliq: ichak-chavog„i, ikrasi va urug„ bezlari olib tashlangan;
-spinka-baliq –
qorin qismi olib tashlangan baliq.
Baliq turi va tuzlash usuliga ko„ra barcha tuzlangan baliq mahsulotlari
quyidagi guruhlarga bo„linadi.
Tuzlangan losos baliqlar guruhiga
syomga balig„i va Kaspiy, Baltika
dengizi lososlari hamda ko„lda yashovchi lososlar, shuningdek, Uzoq sharq
suvlaridagi lososlar (keta, gorbusha, nerka, sima, chavicha, kijuch va boshq. )
kiradi.
165
Tuzlangan kaspiy lososlari
ichak-chavog„i olingan, semujniy usulida
kesilgan holda tuzlab chiqariladi. Ular Uzoq sharq lososlariga qaraganda kam
tuzli (2 dan to 10% gacha) bo„ladi, go„shti yumshoq, yog„liq ta‟mi va hidi
yoqimli bo„ladi. Sifat jihatidan ular 1-va 2-navlarga bo„linadi. Navlarga
bo„lishda baliqlarning tashqi ko„rinishi, tozalash sifati, go„shtining
konsistentsiyasi, ko„ndalang kesilganligi, rangi, ta‟mi, hidi va tuzi asos qilib
olinadi. Eng qimmatlilari kaspiy lososlari, syomga va zalom hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: