O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 . 3 . 3 .   D udla ng a n  va   qo qla ng a n  ba liq



Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/416
Sana02.01.2022
Hajmi2,17 Mb.
#309226
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   416
Bog'liq
Tovarshunoslik. O‘quv qo‘llanma

8 . 3 . 3 .   D udla ng a n  va   qo qla ng a n  ba liq  

 

Dudlangan  baliq. 

Baliqlarning  ta‟mi  yoqimli,  hidi  xushbo„y,  tashqi 

ko„rinishi  chiroyli  va  saqlashga  chidamli  bo„lishi  uchun  dudlanadi.  Dudlangan 

baliqlar  qaynatilmaydi,  qovurilmaydi,  dudlangan holida  iste‟mol qilinaveradi.   

Baliqlar  issiq  va sovuq usul bilan dudlanadi. 

Issiq usulda dudlanadigan 

baliqlar

  yangi,  sovutilgan  va  muzlatilgan,  faqat  ta‟mi  uchungina  tuzlangan 

baliqlardan 

tayyorlanadi. 

Dudlash  uchun  tozalangan  va  tozalanmagan 

(zyabreniy,  bo„laklarga  bo„lingan va b. ) baliqlardan  foydalaniladi.   

Tutunning  harorati  taxminan  110-120°C  bo„lganda  30 

minutdan

  to  4 


soat

  atrofida  dudlanadi.  Dudlash  vaqtida  baliqqa  tutunning  xushbo„y  moddalari 

singib  boradi.  Baliqning  usti  oltinsimon  qizg„ish-sariq  rangga  kirib  yaltiraydi, 

mayin,  shirador  va  yumshoq  konsistentsiyaga,  yoqimli  ta‟m  va  hidga  ega 

bo„ladi.  

Issiq  usulda  dudlanadigan  baliq  mahsulotlari  quyidagi  guruhlarga 

ajratiladi:  osetrlar,  seldlar,  kopchushka  (salaka,  kilka,  ryapushka,  koryushka, 

barabulya  hamda  boshqa  mayda  baliqlar)  va  boshqa  tur  baliqlar.  Dudlangan 

osetr  baliqlari  sifat  jihatidan  ikki:  1-  va  2-navlarga  bo„linadi.  Seldlar  va  boshqa 

tur baliqlar  tovar navlariga  ajratilmaydi.   



Issiq  usulda  dudlangan  baliqlarning  asosiy  nuqsonlari 

quyidagilardan 

iborat:  belobochka  (baliqlar  dudlanadigan  xonalarda  zich,  bir-biriga  tegadigan 

qilib  joylashtirilishi  natijasida  ba‟zi  joylari  chala  dudlanib  oq  bo„lib  qoladi); 

kuyish  (baliq  tanasidagi  olovning  alangasidan  kuygan  qismlari),  prosir 

(baliqning  boshi,  umurtqa  pog„onasi  va  tanasining  boshqa  joylaridagi 

dudlanmay  qolgan  qismi;  bunday  joylardagi  go„shtni  suyakdan  ajratish  qiyin 



169 

 

bo„ladi);  dudlanmay  yumshab  qolishi  (go„shtni  haddan  tashqari  pishirib 



yuborish  natijasida  juda  ham  yumshoq,  bo„sh  konsistentsiyali  bo„lib qolishidir); 

toloknyanka  (xom  baliq eskirib qolganligidan go„shti bo„sh, g„ovak bo„lib, issiq 

baliqqa xos ta‟m va hiddan mahrum bo„lganligidir).   

Sovuq  usulda  dudlash

  uchun  ko„pincha  tuzlangan  baliqlardan 

foydalaniladi.  Bu  baliqlar  tuzlanish  jarayonida  etilib,  tayyor  oziq  holiga  kelgan 

bo„ladi. Semga, keta, oq baliq, seldlar, vobla, ribets, kutum, shemaya, skumbriya 

va  boshqalar  ana  shunday  baliqlardir.  Dudlashdan  oldin  baliqlar  yuvilib 

quritiladi.  Baliqlar  odatda  20-40°C  haroratli  tutunda  dudlanadi;  baliqning  katta-

kichikligiga  qarab, dudlash taxminan  8 soatdan to 7 sutkagacha davom etadi.  

Sovuq  usulda  dudlangan  baliqlar  savdoga  tozalanmagan,  ichak-chavog„i 

tozalangan  (kallasi  bilan  yoki  kallasi  olinib),  zyabreniy,  plast  (qatlam),  yarim 

plast,  orqa  go„shti  (baliq),  laxm  va  bo„lak-bo„lak  chiqariladi.  Sovuq  usulda 

dudlangan  baliq  issiq  usulda  dudlangan  baliqqa  nisbatan  saqlashga  birmuncha 

chidamlidir.  Sovuq  usulda  dudlangan  baliqlar  1-va  2-navlarga  bo„linadi.  1-navli 

dudlangan  sarxil  baliqlar  tekis  och  tilla  rangdan  to  to„q  tilla  rangli  va  jigar  rang 

tusli  bo„lishi;  usti  toza  va  quruq,  dudlanmay  qolgan  va  kuygan  joylari 

bo„lmasligi;  ushbu  zot  baliqqa  xos  xushbo„y  ta‟m  va  hidli,  zich konsistentsiyali 

va  go„shti  shirali  bo„lishi  lozim.  Bunday  baliqlar  yog„i  bir  oz  oqdan,  jabra 

qopqoqchalari  oldida  tuz  yig„ilgan,  tangachalari  qisman  tushgan  bo„lishi 

mumkin.  2-nav  dudlangan  baliqlarda  esa  yog„i  birmuncha  oqqan  bo„lishi,  qorni 

biroz  yumshagan,  ustida  biroz  yorilgan  joylari,  tutun  tegmay  qolgan  oq  dog„lari 

va shunga o„xshash kamchiliklar  bo„lishiga yo„l qo„yiladi.   

Sovuq  usulda  dudlangan  baliqdagi  nuqsonlarga  quyidagilar  kiradi: 

belobochka;  podparka  (dudlash  vaqtida  haroratning  haddan  tashqari  ko„tarilishi 

tufayli  kelib  chiqadi;  buning  natijasida  baliq  dudlanmay,  bug„lanib  pishadi; 

bunday  baliq  yaxshi  saqlanmaydi,  terisi  ko„chib,  go„shti  g„ovak,  ta‟msiz  bo„lib 

qoladi);  qovurg„alar  ochilib  qoladi (dudlashdan oldin tuzini ketkazish maqsadida 

suvda ko„proq saqlash tufayli paydo bo„ladi).  




170 

 

Sovuq  usulda  dudlangan  baliq  noto„g„ri  saqlansa,  uning  sifatini 



pasaytiruvchi  bir  qancha  nuqsonlar  kelib  chiqadi;  jumladan:  tuz  kristallari  (rapa) 

ajralib  chiqadi,  qorni  yumshab  qoladi,  namlanadi,  burqsiydi,  mog„orlaydi, 

shashel  (pishloq  pashshasining  lichinkasi)  paydo  bo„ladi.  Bu  kabi  nuqsonlar 

baliqning  sifatini  ancha pasaytiradi.   

Issiq  usulda  dudlangan  baliqlar  sig„imi  20 

kg

  gacha  bo„lgan  yog„och 

yashiklar  va  drankadan  qilingan  savatlarga 

joylanadi. 

Sovuq  usulda  dudlangan 

baliqlar  sig„imi  30 

kg

  gacha  bo„lgan  yog„och  yashik  yoki  karton  qutilar, 

drankadan  qilingan  hamda  to„qilgan  savatlar,  shuningdek  hajmi  100  l  gacha 

bo„lgan  yog„och  bochkalarga  joylanadi.  Baliqlar  idishlarga  turi,  navi,  katta-

kichikligi  va  ishlov  usuliga  qarab,  tekis  va  zich  qator  qilib  joylanadi.  Idishlar 

mustahkam,  toza,  quruq,  shuningdek  ichidan  pergament  yoki  boshqa  o„rov 

materiali  solingan  bo„lishi lozim. 

 

Dudlangan  baliq  mahsulotlarini  toza,  quruq  va  havo  yaxshi  almashinib 

turadigan  binolarda 

saqlash  lozim. 

Issiq  usulda  dudlangan  baliqlarni  8°C  dan 

yuqori  bo„lmagan  haroratda  3  sutkagacha,  birmuncha  yuqori  haroratda  esa  eng 

ko„pi  bilan  6  so



at

  saqlash  mumkin.  Sovuq  usulda  dudlangan  baliqlarni 

sovutiladigan  binolarda  15  sutkagacha  va  sovutilmaydigan  binolarda  eng  ko„pi 

bilan  7 sutkagacha saqlash ruxsat etiladi.   




Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   416




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish