O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti


Amaliyot obyektining moliyaviy hisobotlari bilan tanishish



Download 371,4 Kb.
bet11/18
Sana02.01.2022
Hajmi371,4 Kb.
#306434
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Hisobot Iqtisod bank 2

3. Amaliyot obyektining moliyaviy hisobotlari bilan tanishish

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlashda faol ishtirok etayotgan “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki barcha ko’rsatkichlarning barqaror o’sishiga ham erishmoqda. Bu esa xalqaro va milliy reyting agentliklari tomonidan e`tirof etib kelinmoqda. Jumladan, o’tgan yili “Standard&Poor`s” xalqaro reyting agentligi tomonidan moliyaviy muassasaning rivojlanish istiqbollari bir pog’onaga ko’tarilib, “V/V” “barqaror” darajasida tasdiqlandi.

Joriy yilda ham bir qator muhim vazifalarni amalga oshirish ko’zda tutilgan. Xususan, 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasida qayd etilgan ustuvor yo’nalishlardan kelib chiqib, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida turli tadbirlarni amalga oshirish davom ettirilmoqda.

Respublika moliya bozorida o’z o’rnini mustahkamlash maqsadida “Ipoteka-bank”da 2019-2021 yillarga mo’ljallangan strategik rivojlanish rejasi ishlab chiqilgan bo’lib, mazkur strategiya asosida barqarorlikni ta`minlash uchun barcha imkoniyatlardan foydalanilyapti. Moliyaviy muassasaning bugungi kunda 20 ta filiali, 37 ta minibanki, 36 ta xalqaro pul o’tkazish, 23 ta valyuta ayirboshlash shoxobchasi va 43 ta kommunal, jamg’arma va maxsus kassasi orqali 22 mingdan ziyod yuridik hamda 600 ming nafardan ortiq jismoniy shaxslarga xizmat ko’rsatish yo’lga qo’yilgan. Zamonaviy menejment uslubida va belgilangan strategiya asosida ish yuritishga alohida e`tibor qaratilayotgani bois salmoqli natijalarga erishilmoqda.

Pirovardida 2019 yilning birinchi choragida bank aktivlari 3,5 trln. So’mni tashkil etib, ushbu ko’rsatkich o’tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 trln. So’mga yoki 161 foiz ko’payishiga erishildi. Aktivlarning ko’payishi, asosan, kredit qo’yilmalarining 1,5 trln. So’m va jami bank kapitali 50,2 mlrd. So’mga ortganligi hissasiga to’g’ri keladi. Bankning likvidlilik, ishonchlilik, to’lovga qobiliyatlilik kabi asosiy ko’rsatkichlari barqarorligi ta`minlanib, jami kapitali 106 foiz o’sib, 924 mlrd. So’mni tashkil etdi.

Jumladan, joriy yilning o’tgan davrida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash uchun 314,4 mlrd.so’m, mikrokreditlarga 21 mlrd. So’m, ayollar tadbirkorligini moliyaviy qo’llab-quvvatlashga 34,7 mlrd. So’m, oilaviy tadbirkorlik va xunarmandchilikni rivojlantirishga 24 mlrd. So’m, xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishga 110 mlrd. So’m miqdorida kredit mablag’lari ajratilgani bu boradagi ishlarning amaliy samarasidir.

Shuningdek, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi hamda davlatimiz rahbarining “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga asosan, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish va ularning ish bilan bandligini ta`minlash hamda ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadida jami 47,4 mlrd. So’m miqdorida mikrokreditlar yo’naltirildi. Pirovardida ko’plab ish o’rinlari yaratildi, ayniqsa, yoshlarning bandligi ta`minlandi.

Eng asosiysi, respublikamiz Prezidentining 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, ko’rsatiladigan xizmat turlarini kengaytirish maqsadida aholining shaxsiy ehtiyojlarini qondirishni moliyalashtirish uchun o’tgan yildan boshlab “Mikroqarz”, ya’ni IPOTEKA MOBILE mobil ilovasi joriy etilib, onlayn tarzda kreditlar ajratish yo’lga qo’yildi. Jami 7,7 mlrd.so’m miqdorida, shundan 52 mln. So’mi mobil ilova orqali onlayn tarzda mikroqarz berildi.

Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish maqsadida 841,2 mlrd. So’m miqdoridagi investitsion kreditlar yo’naltirildi. Xususan, qishloq xo’jaligi uchun 185,6 mlrd. So’m, yangi obyektlarni qurish va modernizatsiyalash yo’nalishiga 248,3 mlrd. So’m, sanoatga 195,7 mlrd. So’m, xo’jalik yurituvchi subyektlarning moddiy-texnik bazasini ta`minlash va maishiy xizmat ko’rsatishga 64,5 mlrd. So’m, transport va kommunikatsiya tarmog’iga 42,4 mlrd. So’m va boshqa maqsadlarga 104,7 mlrd. So’m miqdorida investitsion kreditlar ajratildi. Davlatimiz rahbarining hududlarga tashriflari davomidagi topshiriqlarini bajarish uchun 175 ta loyihani moliyalashtirishga 313,8 mlrd. So’m kredit mablag’i berilib, loyihalarning to’liq ishga tushirilishi natijasida 1 000 tadan ortiq yangi ish o’rni yaratildi. Bundan tashqari, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida meva-sabzavotchilikni rivojlantirish bo’yicha 25 mln. AQSH dollari va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida chorvachilikni rivojlantirishga 10 mln. AQSH dollari hamda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida meva-sabzavotchilik tarmog’i uchun 40 mln. AQSH dollari miqdorida mablag’lar jalb etilgan.

Shuningdek, mamlakatimizdagi mavjud GESlarni modernizatsiya qilish, yangi kichik GESlarni qurish uchun bugungi kunda Xitoy Eksport-import bankining 58,5 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit mablag’larini jalb qilish yuzasidan kelishuv imzolangan bo’lib, loyihalar moliyalashtirilmoqda. Ayni paytda mazkur yo’nalish bo’yicha Xitoy Eksport-import banki bilan yana qo’shimcha 85,8 mln. AQSH dollari miqdorida kredit mablag’larini jalb qilish yuzasidan kelishuvga erishilib, 4 ta GESni modernizatsiya qilish va 5 ta kichik GESni qurish ishlarini moliyalashtirish boshlab yuborilgan.

Joriy yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” davlat dasturi hamda 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasidagi belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, bank tomonidan ko’plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qayd etish joizki, bankniig likvidlilik, ishonchlilik, to’lovga qobiliyatlilik kabi asosiy ko’rsatkichlari barqarorligi ta`minlangan bo’lib, uning jami kapitali joriy yil 1 iyul xolatiga 852,8 mlrd. So’mni tashkil etdi. O’z navbatida, bank kredit qo’yilmalari birinchi iyul holatiga ko’ra 1427,9 mlrd. So’mga yetdi.

Ayni damda eng muhim bo’lgan — tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash borasida bank tomonidan birgina 2018 yilda 507,9 mlrd. So’m miqdorda mablag’ ajratildi. Bular orasida yosh tadbirkor uchun 2,4 mlrd. So’m, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandlikni rivojlantirish uchun 27,1 mlrd. So’m, servis sohasiga 260,0 mlrd. So’m, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga 1,9 mlrd. So’m, ishbilarmon ayollar rahbarlik kilayotgan korxonalarga 52,4 mlrd. So’m miqdorida kreditlar ajratildi. Mazkur sarmoyalar evaziga ko’plab yangi ish o’rinlari yaratilganini alohida ta`kidlash o’rinlidir.

Shuningdek, bank tomonidan Prezidentimizning joriy yil 23 martda qabul qilingan “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorida yuzasidan ham qator ishlar qilingan. Jumladan, xizmat iste`molchilariga qulayliklar yaratish maqsadida bank tomonidan respublikaning har bir hududiy filiallarida terminallar o’rnatilib, ular orqali xorijiy valyutani naqd shaklda yechib olish mexanizmi joriy etildi. Shuningdek, bank tomonidan savdo va xizmat ko’rsatish shaxobchalariga o’rnatilgan 4 059ta terminallar orqali milliy hamda chet el valyutasidagi plastik kartalariga xizmat ko’rsatish imkoniyatlari yaratildi.

Tizimda “IPOTEKA MOBILE” mobil ilova joriy etilgan bo’lib, ushbu tizim orqali onlayn tarzda jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi kartalaridan pul mablag’larini muddatli omonatlarga o’tkazish, onlayn tarzda konversiya amaliyotlarini amalga oshirish kabi xizmat turlari ko’rsatib kelinmoqda. 2018 yil 1 iyul holatiga mobil ilova orqali bank mijozlari tomonidan 312,5 ming AQSH dollari sotildi va 121,8 mln. sum pul mablag’lari milliy valyutadagi omonatlarga joylashtirilgan. Masofaviy bank xizmatlari qamrovini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar natijasida “Internet-banking”, “SMS-banking” hamda “Mobil-banking” tizimlari foydadanuvchilari soni bir necha barobarga oshib bormokda. Shuningdek, bank bilan mijoz o’rtasidagi ish jarayonini yanada soddalashtirish hamda sarflanadigan vaktni tejash maqsadida, xorijiy valyutadagi to’lov topshiriqnomalarini bank-mijoz dasturi orqali avtomatik tarzda o’tkazish joriy etilgan bo’lib, ushbu xizmat turi bank tizimini yanada takomillashtirishga imkon yaratdi.




Download 371,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish