O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti


Amaliyot obyektining istiqboldagi rivojlanish yo`nalishlarini o’rganish



Download 371,4 Kb.
bet12/18
Sana02.01.2022
Hajmi371,4 Kb.
#306434
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
Hisobot Iqtisod bank 2

4. Amaliyot obyektining istiqboldagi rivojlanish yo`nalishlarini o’rganish

Bankning strategik maqsadi Respublika moliya bozoridagi etakchilik mavqeini hamda yillar davomida to’plangan boy tajribani saqlab qolishga qaratilgan. 2016 yilda Ipoteka-bank o’z faoliyatini yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga, xizmatlar sifatini yuksaltirishga, taklif etila yotgan xizmat turlarini bank mijozlari uchun qulay va manfaatli tarzda kengaytirishga, ishlab chiqarishni modernizasya va diversifikasya qilish jara yonlarida faol ishtirok etishga yo’naltiradi.

Bank rivojlanish strategiyasi:

Xalqaro standartlarga muvofiq bankning kapitallashuv, barqarorlik va likvidlilik darajalarini yanada oshirish.

Bank aktivlari, jumladan kredit portfelini yanada o’stirish va sifatini yaxshilash, xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish.

Jozibador omonatlarni joriy qilish va doimiy ravishda yangilab borish orqali aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlari bo’sh pul mablag’larining bank depozitlariga jalb qilinishini rag’batlantirish.

Yangi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish, korxonalarni modyrnizaciya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo’yicha investiciya loyihalarini uzoq muddatli kreditlash mexanizmlarini, investiciya va kredit siyosatini yanada takomillashtirish.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash orqali “Sog’lom ona va bola yili” Davlat Dasturini amalga oshirishda ishtirok etish.

Strategik investorlarga sotish maqsadida Bank balansiga qabul qilingan iqtisodiy nochor korxonalar faoliyatini tiklash.

Aholi va xo’jalik sub’ektlariga ko’rsatilayotgan moliya-bank xizmatlari hajmi va turlarini kengaytirish.

Moliya-bank hisobi va hisobotini yuritish bo’yicha bankda zamonaviy texnologiyalar va uslublarni ishlab chiqish hamda amalga joriy qilish, moliya-bank va kredit axborotlari sifati darajasini oshirish, undan keng ommaning foydalanishini ta’minlashga qaratilgan.

Ipoteka-bankning Respublika moliya sohasida eng jadal rivojlanayotgan muassasalardan biri sifatidagi maqomi saqlanib qolayotganligi va tobora mustahkamlanayotganligi, bank faoliyatining universalligi, keng mijozlar bazasi, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, filiallar tarmog’ining rivojlanganligi va kapitallashuv darajasining yuqoriligi – bularning barchasi tayanch tarmoqlar korxonalari va tadbirkorlar moliyaviy faoliyatini yanada yaxshilashga hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini to’liq bajarishga xizmat qiladi.

“Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki bugungi kunda 20 filiali va 39 ta mini-banki orqali mamlakatimizning barcha hududlarida yuridik va jismoniy shaxslarga keng ko’lamli xizmatlar ko’rsatib kelmoqda. Mijozlarga tezkor va qulay xizmatlar ko’lamini kengaytirish, eng avvalo, bank jozibadorligi va unga bo’lgan ishonchni oshirishga olib keladi. Bu borada “Ipoteka-bank” ATIB chakana xizmatlar bozorining eng jadal rivojlanayotgan segmenti, ya’ni plastik kartochkalar ommabopligini oshirish maqsadida, mijozlarga turli yechimlardagi kartalarni taklif etadi.

Jumladan, “Ipoteka-bank” ATIB 2019 yil boshidan NFC (kontaktsiz aloqa) tizimida ishlovchi “Mastercard” xalqaro plastik kartalarini to’laqonli emissiya qilishni boshladi. Shu turdagi kartalarga “IPOTEKA MOBILE” mobil ilovasi orqali cheklanmagan miqdorda xorijiy valyuta sotib olish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, “Ipoteka-bank” ATIBning barcha terminallari hamda 24/7 rejimida ishlovchi bankomatlari orqali naqd xorijiy valyutani yechib olish imkoniyati yaratilgan.

Shu bilan birga, “Mastercard” kartalarining keng imkoniyatlarini yetkazib berish maqsadida, “Mastercard Europe S.A.” kompaniyasi bilan hamkorlikda aksiyalar tashkillashtirilib kelinmoqda. Mazkur aksiyalar doirasida 7000 ga yaqin mijozlarga bepul Mastercard kartalari ochib berildi hamda 90 dan ziyod mijozlarga har xil turdagi maxsus sovg’alar taqdim etildi. Hozirda asosiy sovg’a Neksiya III yengil avtomobili o’z egasini kutmoqda. Kelajakda “Mastercard Europe S.A.” kompaniyasi bilan hamkorlikda ko’plab shu turdagi aksiyalar o’tkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, “Ipoteka-bank” ATIB “Visa Classic”, “Visa Gold”, korporativ mijozlar uchun “Visa Business” kartalari hamda milliy valyutadagi “Humo” va “UzCard” kartalarini ham mijozlarga taklif etadi.

So’nggi vaqtlarda O’zbekiston va Saudiya Arabistoni o’rtasidagi hamkorlik ijobiy sur`atlar bilan rivojlanib bormoqda, jumladan, Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi (XSRIK) va Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi (XISMK) kabi moliyaviy muassasalar bilan olib borilayotgan ishlarni ta`kidlash joiz. Yuqorida keltirilgan muassasalarning moliyalashtirishi hisobidan qurilish, qishloq xo’jaligi, infratuzilma va transport sohasidagi loyihalar amalga oshirilmoqda.

Mamlakat rahbariyati tomonidan respublika vazirliklari va idoralari, shu jumladan, tijorat banklariga istiqbolli loyihalarni keyinchalik moliyalashtirish uchun to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish vazifasi yuklatilgan. Qo’yilgan vazifalarni ijro etish maqsadida “Ipoteka-bank” ATIB tomonidan XSRIK va XISMK bilan birgalikda Murobaha tamoyili asosida moliyalashtirishni jalb etish maqsadida muayyan ishlar olib borildi.

“Ipoteka-bank” ATIB delegatsiyasining Jidda (Saudiya Arabistoni Qirolligi) shahriga rasmiy tashrifi doirasida O’zbekiston Respublikasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirish uchun XSRIK bilan 10,0 mln. AQSH dollari va XISMK bilan 6,0 mln. AQSH dollari miqdoridagi kelishuvlar imzolandi. XSRIK bilan kelishuv O’zbekiston Respublikasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga texnologik uskunalar va asosiy vositalarni xarid qilish uchun 5 yilgacha bo’lgan muddatga uzoq muddatli moliyalashtirishni jalb etish imkonini beradi.

XISMK bilan kelishuv O’zbekiston Respublikasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga aylanma mablag’larni to’ldirish (xomashyo va tovarlarni xarid qilish) uchun 1 yilgacha muddatga moliyalashtirishni jalb etish imkonini beradi. Bular “Ipoteka-bank” ATIBning to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo’yicha ilk bitimlari bo’lib, Bank boshqa moliya muassasalari bilan liniyalarni jalb etish yuzasidan ishlarni davom ettirmoqda.

Bundan tashqari, O’zbekiston va Xitoy o’rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik va hamkorlik ruhida ijobiy sur`atlar bilan rivojlanib bormoqda. Shu o’rinda, Xitoy Eksimbanki kredit liniyalarini jalb etish sohasidagi hamkorlikni alohida ta`kidlab o’tish kerak.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 02 maydagi “2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to’g’risida”gi PQ-2947-sonli Qaroriga muvofiq 2017 yildan “Ipoteka-bank” ATIB tomonidan gidroelektrostansiyalar qurilishi va ularning modernizatsiya qilish bo’yicha jami 9ta loyihalarni moliyalashtirish maqsadida, Xitoy Eksimbankining umumiy qiymati 144,4 mln. AQSH dollariga teng kredit liniyalari jalb etildi.

Joriy yilda 2ta yangi KGES ishga tushirildi. (Tuyabo’g’iz suv ombori qoshida, KGES 2019 yil mart oyida ishga tushirildi, stansiya quvvati 12 MVT va yillik o’rtacha elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati 41,2 mln. kVt.s.ni tashkil etadi, Katta Farg’ona kanalidagi KGES kaskadi 2019 yil iyun oyida ishga tushirildi va yillik o’rtacha elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati 72,8 mln.kVt.s.ni tashkil qiladi) va 3ta yangi KGESlarni barpo etish va 4ta KGESlarni modernizatsiya qilish bo’yicha ishlar olib borilmoqda, ularning 2020 yil oxirigacha ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 2 maydagi 275-sonli hamda 276-sonli Qarorlari ijrosi doirasida Pekin shahrida o’tkazilgan, O’zbekiston RespublikasiBosh vaziri A.N.Aripov boshchiligidagi hukumatlararo komissiya ishi jarayonida “Ipoteka-bank” ATIB va Xitoy Eksimbank o’rtasida “Chirchiq GES kaskadi(GES-10)”UK, “Samarqand GES kaskadi(GES-2B)” UK va “Toshkent GES kaskadi(GES-1)” unitar korxonalarini modernizatsiya qilish,“Samarqand viloyati Darg’om kanalida Shaudar kichikGES qurilishi, Darg’om kanali 135+50 Piketida kichik GES qurilishi”loyihalarini moliyalashtirish uchun 65,5 mln. AQSH dollari miqdoridagi qarz kelishuvlari imzolandi.

Ta`kidlash joizki, yuqorida keltirilgan 5 ta gidroelekrostansiyalar qurilishi va modernizatsiya qilinishi bo’yicha moliyalashtirilayotgan loyixalar natijasida, stansiyalarning kelgusida yillik o’rtacha elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati 469,9 mln.kVt.s.ni tashkil qiladi.

Hozirgi kunda “Ipoteka-bank” ATIB, “O’zbekgidroenergo” AJ bilan hamkorlikda Respublikamizning Surxondaryo, Sirdaryo hamda Samarqand viloyatlarida gidroelektrostansiyalar qurish va modernizatsiya qilish loyihalariga 120,3 mln.AQSH dollari miqdoridagi mablag’larni jalb qilish bo’yicha ishlar olib borilmoqda.



Bugungi kunda “Ipoteka-bank” ATIB Yunusobod filiali o’zida
mijozlariga maksimal darajada keng ko’lamli moliyaviy xizmatlarni taklif etuvchi,
ma’suliyatli hamda barqaror tashkilot degannomga ega universal moliyaviy institutdir. Ko’p yillik mehnat tajribasi bankka mijozlarning salmoqli sonini
shakllantirishga imkon berdi. So’nggi yillar davomida kichik biznesni va xususiy
tadbirkorlikni, kasanachilikni, yosh oilalarni va kollej bitiruvchilarini qo’llab - quvvatlash bo’yicha davlat dasturlarida ishtirok etishning ijobiy tajribasi orttirildi.

Bank biznes ko’lamini barqaror o’sishini namoyish etmoqda va aktivlar va
mablag`lar hajmi va o’z moliyaviy natijalari va infratuzilmasining ko’lami
bo’yicha mamlakatimizning yirik banklari qatoridan joy olishga muvaffaq bo’ldi.
Ushbu o’sish O’zbekiston Respublikasi bank sohasining jadal rivojlanishi
sharoitida ro’y berdi.Bugungi kunda bank o’zida mijozlariga keng ko’lamli xizmatlar taklifetuvchi universal moliyaviy institutni kasb etadi.
Soha rivojlanishining ushbu bosqichida faqat an’anaviy bank mahsulotlaribilan amaliyot o’tkazish evaziga muvaffaqiyatga erishish ancha mushkul.Zamonaviy bank sohasida texnologiyalar va mijozlar istaklari tez sur’atlar bilano’zgarmoqda, iqtisodiyot kundan-kunga narx-navoning o’zgaruvchanligiga vamavhumligiga duch kelyapti, banklar o’rtasidagi raqobat oldingiga nisbatan anchakuchli, tartibga solishda talabchanlik ortmoqda, bank biznesining rentabelligiqisqarmoqda.
Shu munosabat bilan, bank rahbariyati tomonidan, bankni zamonaviyyuqori texnologiyalarga asoslangan moliya institutga aylantirish bo’yicha ushbustrategik reja ishlab chiqilgan edi.

Bozorda faoliyat yuritish mobaynida bank tomonidan o’tkazilgan ishlar:


Download 371,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish