Bank chakana kreditlashi bo'yicha kredit qo'mitasi. Qo'mitaning asosiy maqsadi Bankning Kredit siyosatini amalga oshirish va Bankning Kredit siyosatiga, bankning mahalliy hujjatlariga va O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq munosib tavakkalchilik darajasi bilan chakana kreditlash bo'yicha Bankning kredit operatsiyalari portfelini shakllantirishdan iborat. Qo'mitaning asosiy vazifalari va funktsiyalari quyidagilardan iborat:
jismoniy shaxslarni chakana kreditlash masalalarini ko'rib chiqish;
kredit operatsiyalari bo'yicha chakana kredit portfelining holatini ichki nazorat qilish jarayonlari va usullarini ishlab chiqish;
yangi qarz (ssuda)lar berish tartibini ko'rib chiqish va tasdiqlash yoki mavjud qarz(ssuda)larning shartlarini o'zgartirish;