Moliya qo‘mitasi. Moliya qo‘mitasining funksiyalari quyidagilar hisoblanadi: Bankning adekvat to‘lovga layoqatliligida likvidlilik va daromadlilikning optimal nisbatini ta’minlash. Qo‘mitaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
bankning biznes-rejasi va siyosatini ishlab chiqishda ishtirok etish;
bankda likvidliligi bilan birgalikda olib boriladigan avtiv operatsiyalarning daromadliligini nazorat va tahlil qilinishi, hamda passiv operatsiyalarning xarajatdorligini ta’minlovchi, bank aktivlari va passivlari tuzilmasini optimallashtirish bo‘yicha uslublar, sxemalar va mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy etish;
tahliliy ishlarni aktiv-passiv operatsiyalarni boshqarishga nisbatan zamonaviy boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun adekvat ma’hlumotlar olinishini ta’minlaydigan darajada tashkil etish, muvofiqlashtirish va olib borish;
bankning bank xizmatlari bozorida va moliya bozoridagi jozibadorligini ta’minlash uchun innovatsion loyihalarni tashkil etish va muvofiqlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |