VIII-BOB. MENEJER FAOLIYATINI TASHKIL QILISH
169
Boshqaruvchilik mehnati nihoyatda turli-tumandir, shu bilan bog‗liq
ravishda uning operatsiya va protseduralarini aniq tasniflab va tiplashtirib
bo‗lmaydi. Bundan tashqari, boshqaruvchilik operatsiyalari muttasil kengayib
boradi, operatsiyalarning o‗zi bir tomondan, boshqaruv usullari o‗zgarishi,
ikkinchi tomondan, yangi texnik vositalar ishlatilishi ortishi natijasida boshqa
shakllarga kiradi. Shunga qaramay, boshqaruvchilik mehnatining eng xarakterli
(ko‗zga ko‗ringan) operatsiyalarini ajratib ko‗rsatish mumkin, ular, avvalambor,
boshqaruvchilikka oid qarorlar ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida
uchraydi. Ular quyidagilardir:
-
muammoni o‗rtaga tashlash;
-
qo‗lda va kompyuter yordamida axborot izlash;
-
axborotni tahlil qilish;
-
axborotni guruhlash(qo‗lda yoki kompyuter yordamida);
-
kompyutersiz eng oddiy hisob-kitoblar;
-
kompyuter yordamida hisob-kitoblar;
-
qarorni tayyorlash;
-
qarorlarni shaxsiy qabul qilish;
-
qarorlarni bamaslahat qabul qilish;
-
hujjatlarni rasmiylashtirish, xatlar yozish va h.k.z.
Ma‘muriy-boshqaruvchi xodimlarning birgalikdagi mehnat mahsulotiga
ta‘siri axborotdan foydalanish va uni tegishli qarorlar shakliga keltirish yo‗li bilan
amalga oshiriladi. Bu ish qo‗yilgan maqsadlarga erishish yo‗lida ob‘ektning
holatini o‗zgartirish uchun bajariladi.
SHuning uchun ma‘muriy-boshqaruvchi
xodim mehnatining asosiy xususiyati ular mehnati predmeti va mahsulotining
axborot xarkterida ekanligidir. Bu esa mehnat jarayonining (uning mazmuni va
natijalariga ko‗ra) mehnatning boshqa turlaridan butunlay farqlanishida namoyon
bo‗ladi.
Boshqaruvchilik mehnatining yana bir xususiyati uning aqliy mehnatga
asoslanganligidir. Bu mehnat predmeti va mahsulotining axborot xarakteridan
kelib chiqadi, shu boisdan, odatda, ma‘muriy-boshqaruvchi xodimlar, ayniqsa,
170
qarorlar izlash va amalga oshirishda ko‗p miqdorda asabiy-hissiy kuch
ishlatishlariga to‗g‗ri keladi.
Mehnat faoliyatining barcha turlaridagi kabi boshqaruvda ham mehnatni
taqsimlash mavjuddir. U boshqaruv ob‘ektlari farqlanishi bilan bog‗liq ravishda
namoyon
bo‗ladi.
Boshqaruv
turkumlari,
ko‗rinishlari
farqliligi
boshqaruvchilarning tarmoq, iqtisodiy faoliyat toifasi, boshqarilayotgan ob‘ekt
turiga bog‗liq ravishda ixtisoslashuviga zaruriyat tug‗diradi. Boshqaruvchilik
faoliyati turlari bo‗yicha, boshqaruvchilik ixtisoslari bo‗yicha farqlanish mavjud,
masalan, tahlilchilar, rejalovchilar, hisobchilar, menejerlar.
Boshqaruvchilik mehnati bilan shug‗ullanuvchi xodimlar bajaradigan ishlar,
operatsiyalar, protseduralarning aniq mazmuni, ularning boshqaruvchilik qarorlari
qabul qilinishidagi ahamiyati nuqtai nazaridan olganda boshqaruv xodimlari turli
guruhlarga ajratiladi. Bunday farqlanish alohida operatsiyalarning murakkabligi,
kasbiy mahoratga qo‗yiladigan talablar, qarorlar qabul qilishdagi vakolatlar
darajasini aks ettiradi. Boshqaruvda ishtirok etuvchi xodimlar bajaradigan
vazifalari mazmuni va xususiyatiga ko‗ra uch toifaga bo‗linadi:
- boshqaruv qarorlari qabul qilish, bevosita boshqarish vakolatlariga ega
bo‗lgan rahbar va menejerlar;
- boshqaruv xizmati apparati xodimlari; boshqaruv ob‘ekti to‗g‗risidagi
axborotni tahlil qiluvchi, boshqaruv qarorlarini tayyorlash, muhokama qilishda
qatnashuvchi, boshqaruvchilar uchun ko‗rsatmalar tayyorlovchi amaldor-
mutaxassislar;
- boshqaruvchi va mutaxassislarga xizmat ko‗rsatuvchi, boshqaruv jarayoni
va uning qatnashchilari uchun yordamchi vazifalarni bajaruvchi texnik xodimlar.
Ushbu guruhlarning har birida ularning mehnati mazmuni va aqliy
yuklamalari xususiyati nuqtai nazaridan ham, mehnat jamoasi faoliyati natijalariga
ta‘siri nuqtai nazaridan ham o‗ziga xos xususiyatlar mavjud.
Chunonchi, tashkilotlar va ularning bo‗linmalari rahbarlari faoliyat
maqsadlari va yo‗nalishlarini aniqlaydilar; xodimlarni tanlaydilar va
joylashtiradilar; ijrochilar, ishlab chiqarish(savdo-sodiq) va boshqaruvchilik
171
bo‗linmalarining ishini muvofiqlashtiradilar; tegishli jamoalarning ahil, inoq va
samarali mehnat qilishlarini ta‘minlaydilar. Ular mehnatida ijodiy yondashuvlar
bo‗ladi, vaholanki, rahbarlar ham har xil bo‗lishi mumkin. Boshqaruvchi mehnati
juda xilma-xil va mas‘uliyatlidir. Unda shaxsiy, kollegial va jamoaviy faoliyat
mujassam bo‗ladi.
Mutaxassislar (muhandislar, texniklar, iqtisodchilar) mehnati birmuncha
aniq belgilangan - ular yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot turlarini,
texnologik jarayonlarni, shuningdek, mehnat va boshqaruvni tashkil qilish
shakllarini ishlab chiqadilar va joriy qiladilar; korxonani kerakli hujjatlar,
maetariallar, ta‘mirlash va boshqa xizmatlar bilan ta‘minlaydilar; savdo-sotiq
ishlarini bajaradilar, ya‘ni ma‘lum vazifa yoki uning bir qismini bajaradilar.
Mutaxassislar faoliyatida ijodiy va takrolanuvchi operatsiyalar mujassam bo‗ladi,
lekin ular orasida ham sezilarli farqlanish mavjuddir.
Texnik ijrochilar (kotib(a)lar, ish yurituvchilar, hisobchilar va b.sh.q.)
rahbarlar va mutaxassislar faoliyatini ta‘minlash bilan bog‗liq turli ishlarni
bajaradilar. Ularning mehnati eng oddiy deb hisoblanadi va ko‗proq takrorlanuvchi
operatsiyalardan iborat bo‗ladi. Vaholanki, axborot texnikasidan foydalanish
ortishi, boshqaruv axboroti hajmining sezilarli ko‗payishi natijasida ularning
mehnati tezkor murakkablashadi; tayyorgarlik, bilim, tajriba talab qiladi va
boshqaruv jarayonlari sifatiga tobora ko‗proq ta‘sir o‗tkazadi.
Hozirgi sharoitda boshqaruvchilik mehnatining uch turini ajratib ko‗rsatish
mumkin: evristik(unumli ijodiy fikrlash), ma‘muriy va operatorlik.
Evristik mehnat
– avvalo rahbar va mutaxassislar mehnati. U ijodiy va aqliy
faoliyat tabiatini, uning ruhiy-jismoniy mohiyatini nihoyatda to‗liq aks ettiradi. O‗z
mazmuniga ko‗ra evristik mehnat ikki turdagi operatsiyadan tashkil topadi: tahliliy
va konstruktiv. Birinchisi qaror qabul qilish uchun zarur bo‗lgan axborotni olish va
idrok qilishdan iboratdir. Keyingisi turli qarorlar tayyorlash va qabul qilish bilan
bog‗liq.
Ma‟muriy mehnat
– aqliy mehnatning o‗ziga xos ko‗rinishi bo‗lib, uning
vazifasi insonlarning mehnat faoliyati jarayonida ularning harakati va axloq-
172
odobini bevosita boshqarishdan iborat. Ma‘muriy mehnat jarayoni quyidagi
tashkiliy-ma‘muriy
operatsiyalarni bajarishdan tashkil topadi: xizmat-
kommunikatsiyaviy, nazorat-baholash, muvofiqlashtirish.
Operatorlik mehnati
– asosan texnik ijrochilarning bir turdagi
operatsiyalarni bajarishdagi mehnati, u ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini
axborot bilan ta‘minlash uchun kerakdir.
Shuni ta‘kidlash lozimki, ma‘muriy-boshqaruv xodimlari mehnati mohiyati
o‗zgarmasdir. Tadqiqotlar ko‗rsatishicha, ular hisobga olish, axborot va hujjatga
oid operatsiyalarga 70% ish vaqtini sarflaydilar. Biroq texnik vositalarni qo‗llash,
ularga ba‘zi vazifalarni yuklash, mehnatning yangi usul va vositalarini yaratish,
boshqaruvni tashkil qilishni takomillashtirish ma‘muriy-boshqaruv xodimlari
mehnatining mohiyatini o‗zgartiradi, ularning mehnatida ijodiy operatsiyalarning
hissasi oshadi.
Boshqaruv mehnatini oqilona tashkil qilish juda muhim amaliy ahamiyatga
egadir. Bunda ―boshqaruv mehnatini eng yaxshi tashkil qilish‖ tushunchasidan
foydalanish qabul qilingan.
Ma‘muriy-boshqaruv xodimlari mehnatini
Do'stlaringiz bilan baham: |