O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti sanjar Sobirjonov



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/166
Sana01.01.2022
Hajmi2,12 Mb.
#292325
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   166
Bog'liq
fayl 1991 20211005

ish  yuzasidan
 
munosabatlari
  haqida  alohida  gapirish  kerak.  Avvalo,  u  jamiyatda  o‗zini  tutish 
qoidalariga amal qilishi kerak. Ba‘zi misollarni aytib o‗tamiz. 
Xodimning xonasiga  qaysi  lavozimdagi boshliq  kirmasin, yoshi  va  jinsidan 
qat‘iy nazar, xona egasi birinchi bo‗lib qo‗l uzatadi. Qarshingizga yurib kelayotgan 
odamga  yoki  stol  ortidan  zinhor  qo‗l  uzatmang.  O‗rningizdan  turib,  mehmon 
yoniga  borib  osoyishta  qo‗l  uzatsangiz,  u  bilan  omonlashib,  o‗tirishni  taklif 
qilsangiz  to‗g‗ri  bo‗ladi.  Jamoat  joylarida  hamma  xizmatdoshlar  bilan  ko‗rishish 
shart  emas,  bosh  irg‗ab  qo‗ya  qolsangiz  kifoya.  Ammo  bunda  yoshlar  qo‗l 
qovushtirib,  yoki  qo‗lni  ko‗krakka  qo‗yib  ta‘zim  qilishlari  kerak.  Kengash 


151 
 
qatnashchilarining  hammasi  bilan  qo‗l  olishib  yoki  bosh  irg‗atib  salomlashish 
mumkin. 
Qo‗l  ostidagilar  bilan  do‗stona  munosabatlar  ofisdan  tashqarida  bo‗lishi 
kerak. Ish yuzasidan munosabatlar o‗zaro hurmat va tenglikka asoslanishi, ammo 
talabchanlik  ruhida  bo‗lishi  lozim,  chunki  ayrim  vaziyatlarda  rahbar  biron-bir 
topshiriqning bajarilishini talab qilib qolishi zarur bo‗lib qoladi. Bir yoki bir necha 
xodimga  alohida  munosabat  jamoadagi  odamlarning  birligi  va  hamjihatliligiga 
yordam bermaydi.  
Odamlarning  izzat-nafsiga  tegmaslik  kerak.  Har  qanday  tanqid  oqilona, 
asosli  va  o‗rinli  bo‗lishi  lozim.  Eng  yaxshisi,  xodimning  o‗z  qilmishini  qanday 
izohlashini tinglab, hech kimning ishtirokisiz tanqidiy mulohaza bildirish lozim. 
Vaqtni  tayinlashda  va  va‘da  berishda  aniqlikka  rioya  etish  muhim  qoida 
hisoblanadi.  Betayinlik,  intizomsizlik    vaqtni  yoki  boshqalarning  manfaatlarini 
bilmaslikdir. 
Ofisni bezashning
 ham muhim ahamiyati bor. Gap shundaki, firmaning imiji 
kasbiy  ishchanlik,  ma‘naviyat  va  tashqi  estetik  fazilatlaridan  hosil  bo‗ladi. 
Ularning  hammasi  birga  uyg‗unlashib  mijozlar  va  hamkorlarda  firmaning 
ishonchliligiga  taassurot  tug‗diradi,  bu  esa  firmaning  muvaffaqqiyatini 
kafolatlaydi.  Siz  odamlarni  qabul  qiladigan  xona  ularda  yaxshi  taassurot 
qoldiradigan bo‗lishiga intiling. U muassasangizda odat bo‗lgan me‘yorlarga mos 
bo‗lishi,  shuningdek,  sizning  firmangiz  va  uning  faoliyat  turiga  munosib  kelishi 
zarur. 
Ofisning  jihozlanishiga  qo‗yiladigan  asosiy  talablar  shundan  iboratki, 
umumiy  foydalaniladigan  joylar  ozoda  bo‗lishi,  xizmat  xonalarining  qulayligi 
firma xodimlariga o‗z ishi bilan samarali shug‗ullanish imkonini beradigan bo‗lishi 
lozim. 
Bajariladigan  ishning  toifasi,  xonalarning  hajmi,  ofisda  qancha  kishi 
ishlashi,  mehnat  muhofazasi  qoidalari  va  ish  sharoitlari  kabi  omillar  ofisning 
qanday tuzilganligini belgilaydi. 


152 
 
O‗z  faoliyatingiz  uchun  eng  yaxshi  qulayliklarlar  yaratish  bilan  birga  har 
qanday ishda dam olishingiz zarur bo‗lishini esdan chiqarmang, shu sababli, ishdan 
bosh ko‗tarishingizda qandaydir zavq olib huzur qila olishingiz muhimdir. Buning 
uchun  ofisning  devorlari,  deraza  pardalari,  gullar  va  rasmlar  yuqori  did  bilan 
tanlangan  bo‗lishiga  e‘tibor  bering.  Ular  naqadar  sinchkovlik  bilan  tanlangan 
bo‗lsa, ularga qarash ko‗nglingizga tegmaydi. 
Mebellarga  ayniqsa  jiddiy  ko‗z  bilan  qarang.  Ulardan  foydalanish  qulay, 
xodimlarning  ish  turiga  mos  bo‗lishi,  ofis  xonalarini  toraytirib  yubormasligi, 
mehmonlarda yaxshi taassurot qoldiradigan bo‗lishi zarur. Ofis mebeli bir uslubda 
bo‗lgani yaxshi. Hech bo‗lmaganda, har bir xonadagi mebelning ko‗rinishi bir xil 
bo‗lgani ma‘qul. 
Odamlarning  ishi  maxfiyligini  ta‘minlash  zarur.  Buning  uchun  ko‗pgina 
firmalarda  har  bir  xodim  uchun  alohida  ish  joyi  yaratiladi.  Ba‘zi  firmalarda 
xizmatchilar  uchun  xonalar  oyna  bilan  to‗sib  qo‗yiladi.  Ulardagi  odamni  tanib 
bo‗lmaydi,  ovozlar  eshitilmaydi,  ammo  xona  sohibi  uchun  ham  tashqarida 
ishlayotganlar uchun ham ochiqligi seziladi. 
Ish  xonalari  saranjom-sarishta  bo‗lishi  zarurdir.  Tartibsizlik  mehnat 
samarasiga salbiy ta‘sir qiladi. Kompaniya haqidagi fikrga putur etkazadi. 
Ishdagi  etiketning  milliy  xususiyatlari
  borligini  eslatib  o‗tish  lozim.  SHu 
munosabat bilan xorijiy sheriklar bilan doimiy amaliy munosabatni davom ettirish 
uchun ishdan etiketning eng oddiy tamoyillariga rioya etish, mazkur mamlakatning 
urf-odatlariga muvofiq tarzda o‗zni tutish zarur. 
Bizning  tadbirkorimiz  qaerda  bo‗lmasin,  o‗z  mamlakatining  munosib 
vakilidek  harakat  qiladigan  bo‗lsin.  U  o‗z  hamkorining  an‘analariga  g‗oyat 
e‘tiborli  bo‗lsin.  Unchalik  zaruratsiz  siyosiy  yoki  diniy-falsafiy  munozaraga 
berilmasin,  o‗z  Vatani  haqida  yomon  gap  aytmasin,  o‗zi  borgan  mamlakatdagi 
tartiblarni  tanqid  qilmasin.  Hamkorlarga  nisbatan  toqatli  bo‗lsin.  Hurmat  bilan 
qarash, xushmuomalalik namunalarini ko‗rsatish o‗zaro manfaatli natijaga erishish 
istagini ro‗yobga chiqarishga yordam beradi. 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish