O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti sanjar Sobirjonov



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/166
Sana01.01.2022
Hajmi2,12 Mb.
#292325
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   166
Bog'liq
fayl 1991 20211005

Menejerning  imiji
  (inglizcha  image  –  qiyofasi  )    -  muayyan  menejerning 
hech kimga o‗xshamaydigan, faqat o‗ziga xos bo‗lgan, uni boshqa menejerlardan 
ajratib  turadigan  xususiyati,  uning  aniq  bir  maqsadni  ko‗zlovchi  shaxslararo 
munosabatlarni yo‗lga qo‗yuvchi, yaqqol ko‗zga tashlanib turadigan qiyofasi. Ayni 
vaqtda  imij  tushunchasi  insonning  tashqi  ko‗rinishidan  tashqari  ichki  dunyosi, 
ruhiy kayfiyatining nishonasi hamdir. 
Kasb  imijini  hosil  qilish  ishbilarmon,  etakchi  uchun  shunchaki  maqsad 
emas,  ammo  uning  shaxsi  va  kasb  mahoratini  tasvirlovchi  va  amaliy  ahamiyatga 
ega bo‗lgan belgi hisoblanadi. 
‖Imij‖  tushunchasining  mohiyati  turli  tarkibdan  iborat.  Eng  muhimi 
ma‘naviyatdir.  Gap shundaki,  ma‘naviyati  boy  kishi insoniyat tajribasidan o‗tgan 
axloqiy qoidalar asosida yashash zarurligini anglaydi, ma‘naviyatsiz inson esa o‗z 
xohishlari va bachkana xohishlari asiri  bo‗lib, ko‗ngliga kelgan noma‘qulchilikni 
qilaveradigan bo‗ladi. 


139 
 
Bizning  jamiyatimizga  o‗zini  mukammallashtirishga  intiladigan,  avvalo, 
ma‘naviy  barkamol,  ishonchli  menejerlar  zarur.  Uning  butun  diqqat-e‘tibori 
insoniyat  madaniyati  yaratgan  jamiki  boyliklarni  o‗zlashtirib  olishga  qaratilgan 
bo‗lishi, ya‘ni u keng gumanitar ilmlar sohibi bo‗lishga majbur. 
Imijni shakllantirishga quyidagi tamoyillar asos qilib olinishi lozim: 
-
 
takrorlash tamoyili; 
-
 
ta‘sirni uzluksiz kuchaytirish tamoyili
-
 
‖ikkiyoqlama da‘vat‖ tamoyili; 
Takrorlash  tamoyili  insonning  xotirlash  xususiyatini  nazarda  tutadi: 
takrorlangan  axborot  xotirada  yaxshi  saqlanadi.  Unutgan  xabari  xotirasida 
muhrlanib qolishi uchun  odamlarga vaqt kerak  bo‗ladi.  Ko‗p martalab  takrorlash 
esa inson ruhiyatiga singib qoladi. 
Ta‘sirni  uzluksiz  kuchaytirish  tamoyili  dalil-isbotli  va  his-hayajonli 
murojaatni  oshirishga  asos  bo‗ladi.  Bunda  shosha-pisha  emas,  balki  qunt  bilan 
takrorlash  nazarda  tutiladi.  Buning  boisi  shuki,  insonning  sezgi  apparati 
axborotning kuchli oqimini yoqtirmaydi. 
‖Ikkiyoqlama  da‘vat‖  qoidasining  ma‘nosi  shuki,  axborot  faqat  aql  bilan 
idrok  qilinmaydi.  Ongosti  ruhiy  jarayonlar,  his-tuyg‗ularga  ta‘sir  qilishi  muhim 
ahamiyatga ega bo‗ladi. 
Imij  odamlarning  diqqat-e‘tiborini  tortsa,  ularning  g‗ayrat-harakatlarini 
kerakli  tomonga  bura  olsa,    so‗ng  ularning  fe‘l-atvorini  boshqara  olsagina,  o‗z 
rolini o‗ynagan bo‗ladi. 
Imij odamlarga AIDA formulasi orqali ta‘sir o‗tkazadi, bunda A (inglizcha 
attention - e‘tibor) - e‘tiborni jalb qilish; I (interest) - imijga qiziqishni uyg‗otish; D 
(demand  -  talab,  ehtiyoj)  -  harakatga  ehtiyoj  uyg‗otish;  A  (action)  -  harakatga 
undash  ma‘nolarni  bildiradi.  Bunda  imijni  namoyish  qilish:  e‘tiborni  jalb  etish  - 
qiziqish  uyg‗otish,  ehtiyoj  uyg‗otish  -  harakatga  undash  yordamida  odamlarning 
fe‘l-atvorini bosqichma-bosqich boshqarish sxemasidir. 


140 
 
Imijni  hosil  etishda  turli  namunalar  asos  qilib  olinadi.  Tadqiqotchilarning 
ta‘kidlashicha,  hosil  qilingan  taassurotlarning  92  foizi  insonning  ko‗rinishiga  va 
gap-so‗ziga bog‗liq. 
Shu  sababli  ko‗pgina  siyosatchilar  va  menejerlar  artistlik  qobiliyatini 
o‗zlashtirishga va: 
- jilmayish san‘atini; 
- ovozni sozlashni; 
- harakat mahoratini o‗rganishga intiladilar. 
Bunda  imijmeykerlar  -  imijni  hosil  qiluvchi  mutaxassislar  yordamga 
keladilar.
 
Ba‘zi  mamlakatlarda  etakchining  imiji  hosil  qilinmaydi,  balki  unga 
moslashtiriladi.  Shu  sababli  imijmeykerlar  rahbarning  o‗z  imkoniyatlariga  imijni 
moslashtirish  bilan  shug‗ullanadilar,  chunki  ko‗pchilik    etakchilar  o‗zimizda 
xarizma 
oshib-toshib 
yotibdi, 
deb 
hisoblaydilar. 
Rahbarning 
imijni 
shakllantirishdagi  roli  imijmeykerlarga  imkon  qadar  yordam  berishdan,  ularning 
aytganini  bajonidil  bajarishdan,  ularning  tavsiyalarini  o‗ziga  harakat  dasturi  deb 
qabul qilishga tayyor turishdan iborat. 
Ko‗p  hollarda  menejerning  imiji  aniq  vaziyatga  mohirona  moslashish  va 
xulq modelini to‗g‗ri tanlashga bog‗liq. 
Xullas, menejer o‗ziga xos bo‗lgan albatta yuqori madaniy xulqqa, oliyjanob 
qiyofaga  ega  bo‗lishi,  muvaffaqqiyatning  yarmini  kafolatlashdan  tashqari 
faoliyatdan  doimo  qanoat  hosil  qilish  kayfiyatini  baxsh  etadigan  imijga  ega 
bo‗lishi zarur. 
Doimo omadli va yuqori madaniyatli bo‗lishni istagan menejer: 
-
 
va‘dasini muddatida bajarishi, mabodo bajara olmasa, o‗zini oqlashga 
urinmay,  yangi  muddatni  kelishib  olishi  va  kechikib  bo‗lsa-da,  so‗zining  ustidan 
chiqishi; 
-
 
―behuda‖ takliflarga ham e‘tibor bilan xolisona qarashi
-
 
keraksiz takliflarni odob va xushmuomalalik bilan rad qilishi; 
-
 
o‗ziga ishonishi, ammo manmanlikka bormasligi


141 
 
-
 
zarur  qaror  qabul  qilishni  qo‗l  ostidagilarga  yuklamaslik,  agar  bu  ish  
ularning  vazifalari  jumlasiga  kirmasa  yoki  ular  sizdan  tegishli  topshiriq  yoxud 
tavsiya olmagan bo‗lsa; 
-
 
qo‗l  ostidagi  xodimlarni  bezor  qilmay,  to‗g‗ri  tarbiyalash,  ularning 
unumli mehnati va tashabbusini rag‗batlantirish; 
-
 
sizning  fikringiz  yoki  nuqtai  nazaringiz  hamisha  ham  yaxshi 
bo‗lavermasligini,  yaxshiroq  fikr  va  nuqtai-nazarlar  ham  bo‗lishi  mumkinligini 
esdan chiqarmasligi; 
-
 
birorta  muvaffaqqiyatsizlik,  nuqson  va  kamchiliklarni  puxta  tahlilsiz 
qoldirmasligi; 
-
 
juda  asabiylashmasligi,  toqatsizlik,  maydakashlik  kabi  illatlarga  yo‗l 
qo‗ymasligi; 
-
 
biznesga xalaqit bermaydigan kamchiliklarga parvo qilmasligi; 
-
 
insonni  so‗z  bilangina  emas,  qiya  qarash,  xo‗mrayish,  imo-ishora 
bilan ham xafa qilib qo‗yish mumkinligini yodda tutishi; 
-
 
siz 
bilan 
unchalik 
chiqishmaydigan 
insonning 
ishchanlik 
qobiliyatlariga nisbatan adolatli bo‗lishi; 
-
 
iste‘dodli xodimlarga adovat ko‗zi bilan qaramasligi; 
-
 
tashkilot maqsadiga erishish uchun xodimlarga erk berib qo‗yishi; 
-
 
odamlar oldida maqtashi va yakka holda tanbeh berishi
-
 
insonni  kamsitishdan  ko‗ra  ham  qattiqroq  va  alamliroq  haqorat 
yo‗qligini  esda  tutishi;  bunday  haqorat  hech  qachon  esdan  chiqmasligini  va 
kechirilmasligini yodda tutishi; 
-
 
o‗zgalar fikrini tinglay bilishi, g‗oyat sabr-toqatli bo‗lishi darkor. 
 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish