134
Ma‘lum sharoitda boshqaruvning aniq-ravshan uslubini ob‘ektiv va
sub‘ektiv tusdagi omillar belgilaydi. Bu omillar quyidagicha:
-
korxona faoliyati va maqsadining xarakteri;
-
jamoaning ishlash sharoitlari;
-
jamoaning miqyosi va
tuzilmasi;
-
rahbarning o‗ziga
xos fazilatlari, tayyorgarligi va
tajribasi;
-
mehnat jamoasi a‘zolarining kasb-kor tayyorgarligi va onglilik
saviyasi;
-
mehnat jamoasining etuklik va jipslik darajasi.
Boshqaruv uslublarining bir-biridan farqini quyidagi ikkita gap yaqqol
isbotlaydi: ―Davlat – mening o‗zim!‖ (Lyudovik XIV); ―Rossiyani men emas, 35
ming amaldor boshqaradi‖ (Nikolay I ). Bular so‗z o‗yini emas, balki ikki davlat
boshlig‗ining o‗z idora usuli mohiyatini va faoliyat uslublaridagi tafovutni
ifodalovchi ma‘nodor gaplardir.
Rahbarlik uslublari doirasi to‗liq demokratiyadan mutlaq avtokratiyagacha –
hammasini o‗z ichiga oladi. Rahbarlarning turli toifalari va ularning faoliyat
samaradorligi borasida ruhshunos va sotsiologlar o‗tkazgan tadqiqotlar natijasida
rahbarlikning eng ko‗p uchraydigan uchta uslubi aniqlangan, bular – avtoritar yoki
avtokratik, demokratik va liberal uslublardir.
Rahbarlikning har bir uslubiga xos asosiy belgilar 7.3-jadvalda ko‗rsatilgan.
Avtoritar uslubidan
foydalanuvchi avtokrat rahbar e‘tirozga toqat qilmaydi.
Qo‗l ostidagilarga u kamdan-kam axborot beradi. Hech kimga ishonmaydi va o‗z
niyatlarini hech kimga aytmaydi. U o‗z harakatlari yo‗nalishini tez o‗zgartiradi.
Qo‗l ostidagilar bilan mensimay muomala qiladi, shosha-pisha qarorlar chiqaradi.
Odatda, u savodli va aqlli kishilar bilan til topisha olmaydi. Bunday sharoitda
uning fikrini payqab oladiganlar eng yaxshi xodim hisoblanadi. Xodimlar hamma
masalalar xususida ―boshliq‖qa murojaat qiladilar. Avtokrat rahbarning fikri
o‗zgaruvchan bo‗ladi. Uning biror voqeaga qanday qarashini hech kim bilmaydi.
Rahbarlikning bunday uslubida tez-tez mojarolar chiqib turadi. Avtokratning
manmanligi boshboshdoqlikka olib boradi va ish samaradorligini pasaytiradi.
135
Boshqaruv usuli asosan buyruq berish, jazolash, tanbeh, xayfsan berish, turli
imtiyozlardan mahrum qilish bo‗ladi. Paternalistik munosabati ana shunday
boshqaruv uslubining bir turi hisoblanadi. Uning mohiyati aslida xo‗jako‗rsinga
mehribonlik qilishdan iborat bo‗lib, haqiqatda xodimlarni rahbarga tobe qilib
qo‗yishdan iborat. Xizmat axboroti yuqoridan pastga tarqatiladi, faoliyat nazorati
rahbarning ra‘yiga qarab o‗tkaziladi. Rossiya tashkilotlariga xos bo‗lgan bunday
uslub sharoitida butun hokimiyat rahbarning ixtiyoriga topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: