O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti sanjar Sobirjonov


Vaziyatga  xos  etakchilik  konsepsiyasi



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/166
Sana01.01.2022
Hajmi2,12 Mb.
#292325
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   166
Bog'liq
fayl 1991 20211005

Vaziyatga  xos  etakchilik  konsepsiyasi
.  Bu  nazariyaning  asosiy  g‗oyasi 
turli vaziyatlarda etakchilik xulqi turlicha bo‗lishi kerak, degan taxmindan iborat. 
Unda  vaziyatlardagi  o‗zgarishlarning  etakchilikka  ta‘siri  o‗rganiladi,  buning 
oqibatida  etakchining  xulqi  qanday  bo‗lishi  va  uning  oqibatlari  qanday  bo‗lishini 
prognozlashga  urinib  ko‗riladi.  Mazkur  nazariyalarning  asosiylarini  ko‗rib 
chiqamiz. 
Tannenbaum-Shmidtning  etakchilik  xulqi  kontinuumi
ga  binoan  etakchi  etti 
ehtimol namunasidan birini tanlab oladi. Bu namunalar uch omil: etakchining o‗zi, 
uning  izdoshlari  va  vujudga  kelgan  vaziyatning  etakchilik  munosabatlariga  ta‘sir 
kuchiga asoslanadi. Mazkur uslublarning butun majmuasi munosabatlarga va ishga 
qiziqish  bilan  belgilanuvchi  demokratik  va  avtoritar  uslublar  o‗rtasida  joylashgan 
bo‗ladi. 
Ana shu chekkadagi uslublar o‗rtasidagi tafovut etakchining o‗z hokimiyati 
manbai va inson tabiati to‗g‗risidagi taxminlariga asoslanadi. Demokrat etakchi, bu 
hokimiyat menga izdoshlarim tomonidan berilgan va odamlar motivlash sharoitida 
o‗zini o‗zi boshqara oladi, deb hisoblaydi. Avtokrat etakchi esa, hokimiyat menga 
tashqi mavqeim tufayli nasib etdi, odamlar yalqov, deb o‗ylaydi. Birinchi holatda 
odamlarning boshqaruvida qatnashuvi mumkin bo‗lsa, ikkinchi holatda maqsad va 
vositalarni  etakchi  belgilaydi.  Mazkur  bir-biriga  zid  qarashlar  o‗rtasida  beshta 
oraliq uslub mavjud. 
Mazkur  modelning  rivojlanishi    etakchilik  munosabatlaridagi  aloqalarni 
aniqlash  chog‗ida  etakchi,  izdoshlar  va  vaziyat  o‗rtasida  ehtimol  tutilgan  barcha 
harakatlarning qiyinchiliklariga duch keldi. 


130 
 
Vaziyat  etakchiligi  modeli  (F.Fidler
).  Bunda  eng  kam  afzal  ko‗riladigan 
xodimlar  tavsifi  shkalasidan  foydalaniladi.  Bunday  sharoitda  etakchilarning  ishi 
unchalik muvaffaqiyatli bo‗lmaydi. 
Tadqiqotlardan ma‘lum bo‗lishicha, yuqori ball olgan, ya‘ni o‗z xodimlarini 
juda  ijobiy  baholagan  etakchilar  xodimlar  bilan  munosabatlarga  yo‗naltirilgan 
uslubda, kamroq ball olgan etakchilar esa ishga yo‗naltirilgan uslubda ishlaydilar.  
Bu  modelda  vaziyatni  nazorat  qilish  darajasi  quyidagi  o‗zgaruvchan 
ko‗rsatkichlar bilan belgilanadi: 
―etakchi  -  izdoshlar‖  munosabatlari  (izdoshlarning  etakchiga  xayrixohligi, 
madadkorligi va hurmati darajasini ifodalaydi); 
ish  tuzilmasi  qanchalik  mukammalligi  (bajarilayotgan  topshiriqlar 
tuzilmasining  darajasini  aks  ettiradi  va  maqsadning  ravshanligi,  qarorning 
asosliligi va o‗ziga xosligi, maqsadga erishish vositalarining ko‗pligi kabi tarkibiy 
qismlari vositasi bilan o‗lchanadi); 
lavozim hokimiyati (etakchining rasmiy hokimiyati darajasini aks ettiradi). 
Vaziyatning  o‗zgaruvchanligi  belgisi  ikkita  etakchilik  uslubiga  qo‗shilib, 
vaziyatlarning sakkizta toifasini hosil qiladi. 
Model  tashkilot  yoki  guruhda  vujudga  kelgan  vaziyatga  mos  keluvchi 
rahbarni  tanlab  olish,  hamda  vaziyatni  o‗zgartirish  yo‗lini  ko‗rsatish  imkonini 
beradi. 
Bundan  tashqari  rahbar  vaziyatni  o‗ziga  ma‘qul  bo‗lgan  tomonga 
o‗zgartirish uchun quyidagilarni amalga oshirishi mumkin: 
-
 
qo‗l ostidagi xodimlar bilan munosabat darajasini o‗zgartirish; 
-
 
ishning tuzilmaviy darajasini o‗zgartirish; 
-
 
tashkilotdagi mavqei darajasini o‗zgartirish. 
Ushbu  model  rahbarni  qanday  qilib  samarali  etakchi  bo‗lishga,  uning 
etakchilik  qobiliyatini  yaxshilash,  eng  qulay  sharoitda  hokimiyat  va  nufuzdan 
foydalanishga  o‗rgatish  mumkinligini  ko‗rsatadi.  Tegishli  ta‘lim  dasturi 
munosabatni  ko‗zlovchi  etakchi  uchun  foydali  bo‗lishi,  ishni  ko‗zlovchi  etakchi 
uchun zarar keltirishi mumkin. 


131 
 
Xersey  Blapsharning  vaziyat  etakchiligi  modeli.
  Izdoshlarning  etukligi 
modelning  eng  muhim  omillardan  biridir.  Uning  tarkibida  kasb-kor  va  ruhiyat 
qismlari  bor.  Izdoshlar  etuklikning  to‗rt  bosqichidan  birida  turgan  bo‗lishlari 
mumkin. Etakchilik uslubi to‗rtga bo‗linadi: 
-
 
ko‗rsatuvchilik; 
-
 
ishontiruvchilik; 
-
 
qatnashuvchilik; 
-
 
vakillik qiluvchilik. 
Samarali  menejer  izdoshi  ―ulg‗aygan‖iga  qarab  bir  uslubdan  ikkinchisiga 
o‗tadi.  Uning  faoliyati  samaradorligi  o‗zi  foydalanayotgan  uslubning  vaziyat 
qulayligiga mos kelishiga – izdoshning etuklik darajasiga bog‗liq.  
Bu  model  menejerlarni,  vaziyatga  qarab,  turli  modellardan  foydalanishga 
yo‗llaydi,  shuningdek,  rahbarning  u  yoki  bu  uslubni  tanlashga  xodimlar  ishining 
natijalari  emas,  balki  tanlangan  uslub  ishlarning  bajarilish  darajasi  oshishiga 
ko‗maklashmog‗i lozim. 
Xauz  va  Mitchellarning  “yo„l-maqsad”  etakchilik  modeli
.  Kutishni 
motivlash nazariyasi negiziga qurilgan. G‗ayrat – ish natijalari – ish haqi tarzidagi 
qat‘iy  aloqaga  rioya  etilgan  taqdirda  xodimlarning  ishi  unumli  bo‗ladi,  deb 
hisoblanadi. Bunda etakchilikning quyidagi uslublari alohida ajratib ko‗rsatiladi: 

 
buyruq berish; 

 
qo‗llab-quvvatlash; 

 
yutuqni ko‗zlash; 

 
ishtirok etish. 
Samarali  etakchi  vaziyatga  va  izdoshning  holatiga  qarab,  ish  uslublaridan 
birini (yoki bir nechasini) va zarur motivatsiyani ishga soladi. 
Vrum  Yetton-Yagoning  vaziyatga  qarab  qaror  qabul  qilish  modeli.  Uning 
asosiy  farqi  -  shundan  avvalgi  modelni  rivojlantiradi,  quyidagi  uslublardan 
foydalanishni taklif etadi: 

 
avtokratik (yakka hokimlik); 

 
avtokratik
 
(xodimlar faqat axborot to‗plashga jalb etiladi); 


132 
 

 
maslahatchilik (jamoa bilan maslahatlashish); 

 
maslahatlashish (yakka maslahatlashish); 

 
guruhchilik (qaror qabul qilishda guruhning roli kattaligi). 
Modelning  asosiy  g‗oyasi  shundan  iboratki,  qaror  qabul  qilishning  barcha 
vaziyatlari uchun yaroqli birdan-bir usuli yo‗q, qaror qabul qilishga xodimlarni jalb 
qilish darajasi yoki pog‗onasi vaziyatga bog‗liq bo‗ladi. 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish