O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti sanjar Sobirjonov


-§. Menejerlarning etiket qoidalari



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/166
Sana01.01.2022
Hajmi2,12 Mb.
#292325
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   166
Bog'liq
fayl 1991 20211005

5
-§.
Menejerlarning etiket qoidalari 
Menejer  uchun  muayyan  ijtimoiy  muhitda  vujudga  kelgan  fe‘l-atvor 
qoidalari  bo‗lmish  ishdagi  xulq  (etiket)ni  bilish  va  unga  amal  qilish  muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Etiket – inson axloq-odobini tartibga solish omillaridan biri hamdir. Ammo 
etiket  qoidalari  rasmiy  xaraktergagina  ega  bo‗lib,  insonni  erkin  tanlash 
muammosiga  duchor  qilmaydi.  Ularni  bilish  va  ularga  rioya  qilish  kerak,  xolos. 
Etiket  tili  asosan  umuminsoniy  xushmuomalalik  talablarini  ifodalaydi,  ammo  shu 
bilan  birga  odamlarning  ishi,  xizmat  va  jins  tafovutlariga  qarab  birmuncha 
o‗zgaradi,  unda  vaziyatga  qarab  harakat  qilish  avvaldan  aytib  qo‗yiladi  va  aniq 
harakatga oid tayyor modellar tavsiya etiladi. 
Etiketning xususiyati ikkiyoqlamalikdan iborat bo‗ladi, o‗zaro muloqotdagi 
kishilar  uning  qoidalaridan  xabardor  bo‗lishlarini  taqozo  etadi,  buni  bir  tilda 
so‗zlashish  deyiladi.  Zamonaviy,  madaniy  muhitda  hammaga  ma‘lum  etiket 
qoidalari quyidagilardan iborat: 
Tadbirkorning ust-boshi
 uning jamiyatdagi mavqeiga, gavdasiga, yoshiga va 
uning qaerga borayotganligiga munosib bo‗lishi kerak. 
Mutaxassislarning  nazarida  tadbirkor  erkaknini  uchta:  ishga,  tadbirkorlikka 
va  oqshomga  mos  kiyimi  bo‗lishi  lozim.  Har  bir  holatda  bo‗yinbog‗  zarur.  Ish 
kiyimi,  avvalo,  odatdagi  kostyum  (shim  va  pidjak),  shuningdek,  shim  va  charm 
pidjak, yaxshi tikilgan kurtkadan; tadbirkorlik kiyimi har qanday rangdagi shim va 
pidjak,  ularga  moslab  tanlangan  ko‗ylak  va  bo‗yinbog‗;  oqshom  kiyimi  modaga 
munosib  bo‗lgan  bir  xil  rangdagi  shim  va  pidjak,  albatta  oq  ko‗ylakdan  iborat 
bo‗ladi. 


149 
 
Tadbirkor ayolning kiyimi asosiy rangli ikki uch predmetdan iborat bo‗lishi 
kerak.  Agar  yubka va  pidjagi  qora  bo‗lsa,  tuflisi  yoki sumkasi  ham  qora  bo‗lsin. 
YUbka, bluzka, ko‗ylak va kostyum ayollar uchun umumiy kiyimdir. Kechqurun 
ko‗ylak yoki ko‗ylak-kostyum kiyadi. Ayolni avvalo soch turmagi, tufli, sumka va 
bijuteriya bezaydi. 
Nutq  madaniyati
  -  insonning  o‗qimishliligi,  tarbiyaliligi  va  madaniyatining 
muhim  ko‗rsatkichlaridan  biri.  Firmaning  muvaffaqqiyatli  faoliyati,  uning  imiji 
muayyan  darajada  uning  rahbarlari,  xizmatchilari  to‗g‗ri  so‗zlashishiga, 
yozishmalarni naqadar savodli olib borishlariga ham bog‗liq bo‗ladi. 
Inson  nutq  madaniyatining  umumiy  belgilari:  jumlaning  to‗g‗ri  tuzilishi; 
tilning  boyligi  (o‗ziga  xosligi);    lo‗ndaligi;  ravshan  va  aniqligi;  ta‘sirchanligi 
hisoblanadi.  
Qisqa  va  sodda  jumlalar  oson  tinglanadi,  lekin  qisqa  iboralarning  ko‗pligi 
nutqni uzuq-yuluq va keskin qilib qo‗yadi. Uzun iboralar aniq mantiq va ohangda 
talaffuz qilinsa, notiqning fikrlarini ma‘noli ifodalaydi, nutqni ravon qiladi. 
So‗zlarning  to‗g‗ri  va  o‗rinli  ishlatilishi  notiq  madaniyatining  eng  muhim 
belgilaridan  biridir.  Har  bir  so‗z  o‗z  ma‘nosida  ishlatilsa  va  boshqa  so‗zlar  bilan 
yaxshi bog‗lansa, tinglovchiga yaxshi ta‘sir qiladi. O‗tkazilgan kuzatuvlarda ayrim 
so‗zlar va iboralarning noto‗g‗ri ishlatilish hollari kuzatildi. Masalan: 
-
 
atoqli so‗zlarni aytoqli deb aytish odat bo‗lib qolgan; 
-
 
paronim  (talaffuzi  o‗xshash,  ma‘nosi  har  xil)  so‗zlarni  almashtirib 
yuborish (‖qurilish‖-‖qirilish‖, o‗tkazish-o‗tqazish, ahl-ahil, asr-asir kabi); 
-
 
 ruscha,  inglizcha,  o‗zbekcha  so‗zlarni  aralash-quralash  qalashtirib 
tashlash; 
-
 
oddiy  voqealarni  ifodalash  uchun  bolaxonador  iboralarni  ishlatish 
(‖falon ishni qiyvordi‖ kabi); 
-
 
kelishik qo‗shimchalarini almashtirib ishlatish (– ning o‗rniga – ni, -da 
o‗rniga –ga va sh.k.b.); 
-
 
shevada so‗zlashish. 


150 
 
Tinglovchilarning  asosiy  e‘tibori  so‗zning  ma‘nosiga  qaratilgan  bo‗ladi, 
shuning  uchun  notiq  puxta  o‗ylab,  dona-dona  qilib  vazmin  gapirishi  yaxshi 
taassurot  qoldiradi.  U  so‗zning  odatdagi  shaklini  o‗zgartirsa,  ohang  bir  maromda 
bo‗lsa, tinglovchining g‗ashi keladi, beixtiyor xayoli boshqa yoqqa ketadi. 
Nutq qisqa va aniq bo‗lishi kerak. Fikrni qisqa, ravshan bayon etish,  ifodali 
va  jo‗shqin  gapirish  lozim.  Ezmalik  notiqning  savodsizligi  va  dudmalligini 
namoyish  qiladi.  Ba‘zan  ezmalik  haqiqiy  ahvoldan  chalg‗itishga  harakat  qilishi 
mumkin.  ‖Mana  shunaqa‖,  ‖bilasizmi?,  ‖xo‗sh‖,  ‖aytmoqchi‖,  ‖demak‖,  ‖ha, 
aytganday‖,  ‖umuman  olganda‖,  ‖uzun  gapning  qisqasi  shuki‖  kabi  tez-tez 
takrorlanadigan ma‘nosiz, mantiqsiz so‗z va iboralardan qochging keladi. 
Fikr-mulohazalarning cho‗zilib ketishi ensani qotiradi. Zamonaviy tadbirkor 
hech  qanday  yangilik  bermaydigan  suhbatdan  bezor  bo‗ladi.  Ifodali,  yoqimli 
gapirish  mahoratini  o‗rganish  uchun  badiiy  adabiyotni  qunt  bilan  o‗qib,  uqib 
borish,  atoqli  notiqlarning  san‘atini  o‗rganish,  ensiklopediya  va  lug‗atlarga 
murojaat qilish tavsiya etiladi. 
Imkoni  boricha  tabiiy  gapirish,  tashqi  hashamdorlik  va  balandparvozlikka 
berilmaslik  lozim.  Ayni  vaqtda  imo-ishora  va  qo‗l  harakatlariga  e‘tiborli  bo‗lish 
darkor.  Aytilgan  tavsiyalarni  e‘tiborga  olish  bilan  birga  har  kim  o‗ziga  xos  nutq 
uslubini yaratgani ma‘qul. 
Menejerning  o‗z  qo‗l  ostidagilar,  kasbdoshlar  bilan 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish