Odamlarning mavhumlikdan qo„rqishi
. Mavhumlikka odamlar ko‗pincha
xavfsirab qaraydilar. Ishdagi har qanday o‗zgartirish mavhumlikni keltirib
chiqaradi. Masalan, yangi ish boshlayotgan kishilar bu ishni talab darajasida bajara
olishlariga shubha bilan qaraydilar. Bunday vaziyatlarda o‗zgartirishlarning o‗zi
emas, balki ularning nomaqbul oqibatlarga olib kelishi mumkinligi shubhaga sabab
bo‗ladi.
Iqtisodiy sabablar
. Agar o‗zgartirishlar davomida o‗z daromadlari kamayib
qolsa yoki kamayish daragi bo‗lsa, odamlar bunday o‗zgartirishlarga qarshilik
qilishlari mumkin. Ishlayotgan odamlar muayyan miqdordagi pulni qanday qilib
topishni biladilar. Ilgarigi ish tartibi o‗zgarishi oqibatida ish haqi kamayib
qolishidan cho‗chiydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |