139
Bizning jamiyatimizga o‗zini mukammallashtirishga intiladigan, avvalo,
ma‘naviy barkamol, ishonchli menejerlar zarur. Uning butun diqqat-e‘tibori
insoniyat madaniyati yaratgan jamiki boyliklarni o‗zlashtirib olishga qaratilgan
bo‗lishi, ya‘ni u keng gumanitar ilmlar sohibi bo‗lishga majbur.
Imijni shakllantirishga quyidagi tamoyillar asos qilib olinishi lozim:
-
takrorlash tamoyili;
-
ta‘sirni uzluksiz
kuchaytirish tamoyili;
-
‖ikkiyoqlama da‘vat‖ tamoyili;
Takrorlash tamoyili insonning xotirlash xususiyatini nazarda tutadi:
takrorlangan axborot xotirada yaxshi saqlanadi. Unutgan xabari xotirasida
muhrlanib qolishi uchun odamlarga vaqt kerak bo‗ladi. Ko‗p martalab takrorlash
esa inson ruhiyatiga singib qoladi.
Ta‘sirni uzluksiz kuchaytirish tamoyili dalil-isbotli va his-hayajonli
murojaatni oshirishga asos bo‗ladi. Bunda shosha-pisha emas, balki qunt bilan
takrorlash nazarda tutiladi. Buning boisi shuki, insonning sezgi apparati
axborotning kuchli oqimini yoqtirmaydi.
‖Ikkiyoqlama da‘vat‖ qoidasining ma‘nosi shuki, axborot faqat aql bilan
idrok qilinmaydi. Ongosti ruhiy jarayonlar, his-tuyg‗ularga ta‘sir qilishi muhim
ahamiyatga ega bo‗ladi.
Imij odamlarning diqqat-e‘tiborini tortsa, ularning g‗ayrat-harakatlarini
kerakli tomonga bura olsa, so‗ng ularning fe‘l-atvorini boshqara olsagina, o‗z
rolini o‗ynagan bo‗ladi.
Imij odamlarga AIDA formulasi orqali ta‘sir o‗tkazadi, bunda A (inglizcha
attention - e‘tibor) - e‘tiborni jalb qilish; I (interest) - imijga qiziqishni uyg‗otish; D
(demand - talab, ehtiyoj) - harakatga ehtiyoj uyg‗otish; A (action) - harakatga
undash ma‘nolarni bildiradi. Bunda imijni namoyish qilish: e‘tiborni jalb etish -
qiziqish uyg‗otish, ehtiyoj uyg‗otish - harakatga undash yordamida odamlarning
fe‘l-atvorini bosqichma-bosqich boshqarish sxemasidir.
140
Imijni hosil etishda turli namunalar asos qilib olinadi. Tadqiqotchilarning
ta‘kidlashicha, hosil qilingan taassurotlarning 92 foizi insonning ko‗rinishiga va
gap-so‗ziga bog‗liq.
Shu sababli ko‗pgina siyosatchilar va menejerlar artistlik qobiliyatini
o‗zlashtirishga va:
- jilmayish san‘atini;
- ovozni sozlashni;
- harakat mahoratini o‗rganishga intiladilar.
Bunda imijmeykerlar - imijni hosil qiluvchi mutaxassislar yordamga
keladilar.
Ba‘zi mamlakatlarda etakchining imiji hosil qilinmaydi, balki unga
moslashtiriladi. Shu sababli imijmeykerlar rahbarning o‗z imkoniyatlariga imijni
moslashtirish bilan shug‗ullanadilar, chunki ko‗pchilik etakchilar o‗zimizda
xarizma
oshib-toshib
yotibdi,
deb
hisoblaydilar.
Rahbarning
imijni
shakllantirishdagi roli imijmeykerlarga imkon qadar yordam berishdan, ularning
aytganini bajonidil bajarishdan, ularning tavsiyalarini o‗ziga harakat dasturi deb
qabul qilishga tayyor turishdan iborat.
Ko‗p hollarda menejerning imiji aniq vaziyatga mohirona moslashish va
xulq modelini to‗g‗ri tanlashga bog‗liq.
Xullas, menejer o‗ziga xos bo‗lgan albatta yuqori madaniy xulqqa, oliyjanob
qiyofaga ega bo‗lishi, muvaffaqqiyatning yarmini kafolatlashdan tashqari
faoliyatdan doimo qanoat hosil qilish kayfiyatini baxsh etadigan imijga ega
bo‗lishi zarur.
Doimo omadli va yuqori madaniyatli bo‗lishni istagan menejer:
-
va‘dasini muddatida bajarishi, mabodo bajara olmasa, o‗zini oqlashga
urinmay, yangi muddatni kelishib olishi va kechikib bo‗lsa-da, so‗zining ustidan
chiqishi;
-
―behuda‖ takliflarga ham e‘tibor
bilan xolisona qarashi;
-
keraksiz takliflarni odob va xushmuomalalik bilan rad qilishi;
-
o‗ziga ishonishi, ammo manmanlikka
bormasligi;
141
-
zarur qaror qabul qilishni qo‗l ostidagilarga yuklamaslik, agar bu ish
ularning vazifalari jumlasiga kirmasa yoki ular sizdan tegishli topshiriq yoxud
tavsiya olmagan bo‗lsa;
-
qo‗l ostidagi xodimlarni bezor qilmay, to‗g‗ri tarbiyalash, ularning
unumli mehnati va tashabbusini rag‗batlantirish;
-
sizning fikringiz yoki nuqtai nazaringiz hamisha ham yaxshi
bo‗lavermasligini, yaxshiroq fikr va nuqtai-nazarlar ham bo‗lishi mumkinligini
esdan chiqarmasligi;
-
birorta muvaffaqqiyatsizlik, nuqson va kamchiliklarni puxta tahlilsiz
qoldirmasligi;
-
juda asabiylashmasligi, toqatsizlik, maydakashlik kabi illatlarga yo‗l
qo‗ymasligi;
-
biznesga xalaqit bermaydigan kamchiliklarga parvo qilmasligi;
-
insonni so‗z bilangina emas, qiya qarash, xo‗mrayish, imo-ishora
bilan ham xafa qilib qo‗yish mumkinligini yodda tutishi;
-
siz
bilan
unchalik
chiqishmaydigan
insonning
ishchanlik
qobiliyatlariga nisbatan adolatli bo‗lishi;
-
iste‘dodli xodimlarga adovat ko‗zi bilan qaramasligi;
-
tashkilot maqsadiga erishish uchun xodimlarga erk berib qo‗yishi;
-
odamlar oldida maqtashi va
yakka holda tanbeh berishi;
-
insonni kamsitishdan ko‗ra ham qattiqroq va alamliroq haqorat
yo‗qligini esda tutishi; bunday haqorat hech qachon esdan chiqmasligini va
kechirilmasligini yodda tutishi;
-
o‗zgalar
fikrini tinglay bilishi, g‗oyat sabr-toqatli bo‗lishi darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: