Taklif inflyatsiyasi bu, mamlakat iqtisodiyotida tovar va xizmatlar taklifining kamayishi natijasida tovar va xizmatlar baholarining oshishidan paydo boʻladi. Bunday hollarda ortiqcha talab boʻlmasa ham tovarlarning baholari oshib boradi. Hatto ish bilan bandlik va YaIM ishlab chiqarish kamaygan yillari tovarlarning bahosi oshadi. Jami taklif qisqarishining asosiy sababi mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarning oʻsishi hisoblanadi. Bunda nominal ish haqi, xomashyo va yoqilgʻi narxlarining oshishi natijasida ishlab chiqarish tannarxi ham oshadi.
Taklif inflyatsiyasining kelib chiqishiga, shuningdek, taklif mexanizmining buzilishi ham ta’sir qiladi. Taklif mexanizmi esa tasodifiy holda asosiy ishlab chiqarish omillari bahosining keskin koʻpayishidan kelib chiqadi. Iqtisodchi olimlarning fikriga koʻra, taklif inflyatsiyasi oʻz-oʻzini cheklaydi. Ishlab chiqarishning pasayishi xarajatlarning qoʻshimcha oʻsishini cheklaydi, chunki ishsizlikning oʻsishi nominal ish haqining asta-sekin pasayishiga olib keladi. Talab
inflyatsiyasini cheklash uchun esa maxsus chora-tadbirlar koʻrish zarur boʻladi. Inflyatsiya darajasi yuqori boʻlgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi qisqarishi bilan bir vaqtda nominal hajmining ortib borishi kabi vaziyat sodir boʻladi. Daromadlarni ishlab chiqarish tomonidan ta’minlanmagan oʻsishi aholi qoʻlidagi pulning taklif qilinayotgan tovar va xizmatlardan oshiqchaligiga olib keladi. Bunday hol pul birligining xarid quvvatini pasaytiradi, bir miqdordagi pulga joriy yilda oʻtgan yildagiga nisbatan aholi kamroq mahsulot sotib oladi, ya’ni, uning real daromadi kamayadi. Misol uchun, joriy yilda aholining nominal daromadlari 30% ga koʻpaygan, narxlar darajasi 50% ga oshgan boʻlsa, unda aholining real daromadlari 20% ga kamaygan boʻladi. Chunki, narxlarning oʻsishi aholi pul daromadlarining oʻsishidan yuqori boʻlgan (30% - 50%q- 20%).
Inflyatsiyani real daromadlar darajasiga ta’siri u kutilayotgan yoki kutilmayotganiga ham bogʻliq. Kutilayotgan inflyatsiya sharoitida daromad oluvchi inflyatsiyaning u olayotgan daromadga ta’sirini kamaytirish, ya’ni real daromadi darajasini saqlab qolish chorasini koʻradi.
Bu uchun Fisher tenglamasidan foydalanish mumkin:
i = r + kut., bu yerda i-nominal foiz stavkasi;
r- real foiz stavkasi;
kut - kutilayotgan inflyatsiya darajasi.
Inflyatsiya sur’ati 10 foizdan oshganda Fisher tenglamasi quyidagi koʻrinishni oladi:
i - kut. r = 1+ kut.
Do'stlaringiz bilan baham: |