|
|
bet | 363/395 | Sana | 31.12.2021 | Hajmi | 12,22 Mb. | | #251964 |
| Bog'liq MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)
Vaqtlararo byudjet chegarasi – shaxsning daromadi va ssuda foizi stavkasi bilan aniqlanadigan vaqtlararo ustun koʻrish kartasidagi chiziqning holati.
Vaqtlararo muvozanatlik – joriy va kelajakda iste’mol qilish oʻrtasida tanlayotgan shaxs uchun maksimal naflik keltiruvchi holat.
Gollandcha auksion – bu auksionda stavka yuqoridan pastga tovar sotilgunga qadar pasayib boradi.
Daromad (revenue, yalpi daromad, TR) – sotilgan tovar miqdorini narxga koʻpaytirilganiga teng, mahsulotlarni sotishdan tushgan tushum.
Daromad samarasi – ishchining ish haqining oʻsishi natijasida ish vaqtining qisqarishi hisobidan dam olish vaqtining ortishi.
Reeksport - mamlakatga oldin import qilingan tovarlarni hech qanday savdo-texnologik ishlov bermasdan eksport qilish.
Qayd etilgan valyuta kursi (fixed exchange rate) – Markaziy bank tomonidan valyuta intervensiyasi yordamida ta’minlab turiladigan valyuta kursi.
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|