Bertran muvozanati (Bertrand equilibrium) – bozor duopolik boʻlganda firmalar tovar narxini tushirish va mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali bir-biri bilan raqobatlashadi. Tovar narxi chekli xarajatga teng boʻlganda muvozanat holat barqarorlashadi.
Befarqlik chizigʻi (indifference curve) – shaxs uchun bir xil naf beradigan boʻsh vaqt, ish vaqti va ish haqi (daromad) kombinatsiyalarini ifodalovchi egri chiziq (bu yerda boʻsh vaqt va ish vaqti 0 dan 24 soatgacha qiymat qabul qiladi va har bir ish vaqti ma’lum daromadni, ish haqini ifodalaydi).
Do'stlaringiz bilan baham: |