Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


Siyosatni amalga oshirish va uning oqibatlarida vaqt oraliqlari



Download 12,22 Mb.
bet357/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

Siyosatni amalga oshirish va uning oqibatlarida vaqt oraliqlari

Agar siyosatning ta’sirlari natijasi kutishga majbur qilmasa, iqtisodiyotni barqarorlashtirish oson boʻlardi. Siyosatni barpo qilish mashina haydash kabi boʻladi: iqtisodiyotni kerakli yoʻlda saqlab qolish uni asboblar orqali rostlash demakdir. Iqtisodiy siyosatni yuritish katta kemada yoʻl koʻrsatishga qaraganda koʻproq mashina boshqarishga oʻxshaydi. Mashina yoʻnalishini oʻzgartirishda rul burilgandan keyin deyarli zudlik bilan yoʻnalish oʻzgaradi. Aksincha, kemani yoʻnalishini oʻzgartirish uchun kapitan rulini rostlaydi, keyin yelkanni tiklab oʻzgartiradi va uzoq vaqt davomida aylantirishni davom ettiradi. Agar kema haydovchisi endi ish oʻrgangan boʻlsa, aylantirish davomida qarama-qarshi tomonga kema yoʻnalishini oʻzgartirguncha katta-kichik xatolarga yoʻl qoʻyiladi.

Kema boshqaruvchisiga oʻxshab iqtisodiy siyosatni amalga oshiruvchilar uzoq kechikishlar natijasida muammolarga duch keladi.

Albatta siyosatchilar uchun muammolar qiyinroq kechadi. Chunki uzoq va oʻzgaruvchan muddatli davrda monetar va fiskal siyosat yuritishni bashorat qilish oson ish emas.

Iqtisodchilar iqtisodiy siyosatga olib boruvchi ikki muhim vaqt oraligʻini ajratadilar: ichki va tashqi. Ichki oraliq – bu iqtisodiy larza yuzaga kelgan vaqt bilan bunga javoban iqtisodiy siyosat chora- tadbirlarini qabul qilish vaqti oʻrtasidagi vaqt oraligʻi boʻlib, inqiroz yuz berganligini va unga muvofiq chora-tadbirlarni hayotga tatbiq etishni his qilish uchun qandaydir vaqt zarur boʻlganligi uchun ham yuzaga keladi.

Tashqi oraliq – bu iqtisodiy siyosatning u yoki bu chora-tadbirlari qabul qilingan vaqt bilan bu chora-tadbirlar oʻz natijalarini bera boshlagan vaqt oʻrtasidagi oraligʻidir. U bu chora-tadbirlar xarajatlar, daromadlar va bandlik darajalarini birdaniga oʻzgarishga olib kelmasligi sababli yuzaga keladi.Iqtisodiyotni barqarorlashtirishda fiskal siyosatni amalga oshirish uzoq davom etadigan ichki oraliqlarning markaziy muammosidir. Ayniqsa bu holat AQSh uchun haqiqat, chunki byudjet xarajatlari yoki soliqlarni qayta koʻrib chiqish uchun odatda prezident va Kongressning ikkala palatasi roziligiga erishish zarur. Qonunni qabul qilish jarayoni sekin va murakkab boʻlib, koʻpincha kechikishlarga olib keladi, bu esa iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun fiskal siyosatning mujmal vositasi hisoblanadi. Bu ichki oraliqlar, Buyuk Britaniya kabi parlament tizimidagi mamlakatlarda kechikishlar qisqaroq boʻladi, chunki koʻpincha siyosatni muntazam oʻzgartirishda hokimiyat tepasidagi partiya amalga oshirishi mumkin.

Barqarorlashtirish siyosatining “avtomatik stabilizatorlar” deb ataluvchi ba’zi chora-tadbirlari shu oraliqlarni qisqartirish uchun maxsus oʻylab topilgan. Ular siyosiy yoʻnalishni maxsus oʻzgartirishlarsiz iqtisodiy oʻsishni toʻxtatish yoki ragʻbatlantirishga imkon beradi. Bunday stabilizatorlarning daromad soliqlari tizimi misol hisoblanadi yaʼni: iqtisodiy pasayish davrida fuqarolar va korporatsiyalar daromadlarining qisqarishiga qarab soliq qonunchiligiga qandaydir maxsus oʻzgartirishlarsiz soliqlar avtomatik ravishda kamayadi. Xuddi shunday tarzda ishsizlik boʻyicha ijtimoiy tolovlar tizimida ham iqtisodiy pasayish oqibatida ishsizlikni oʻsishi toʻlovlarni avtomatik koʻpayishiga olib keladi, chunki koʻproq odamlar nafaqa olish uchun arizalar bilan murojaat qilishadi. Bu avtomatik stabilizatortlar ichki oraliqlarga bogʻliq boʻlmagan fiskal siyosatning turini oʻzida aks ettiradi.

Bashoratlashdagi xatolar, “Ozroq yogʻingarchilik, oʻzgaruvchan bulutlilik va oʻrtacha shamollar”. Bu ob-havo bashorati 1987-yil 14- oktyabrda Britaniyaning mashhur ob-havo xizmati tomonidan taqdim qilingan. Ertasi kuni Britaniyada oxirgi ikki asrdagi eng kuchli boʻron boʻlgan.

Ob-havo maʼlumotlarini bashoratlash kabi iqtisodiy bashoratlar ham xususiy va ommaviy qaror qabul qilishning muhim asosidir. Biznes rahbarlari bashoratlarga tayanib, qancha ishlab chiqarish kerak, zavodga va uskunalarga qancha investitsiya tikish kerakligi boyicha qaror qabul qiladi. Hukumat siyosatchilari iqtisodiy siyosatni bashoratlarga asoslanib ishlab chiqadilar. Afsuski, ob-havo bashoratlariga oʻxshab, iqtisodiy bashoratlar ham kamdan-kam toʻgʻri chiqadi.

AQSh iqtisodiyotining tarixida eng ogʻir pasayish 1930-yillardagi Buyuk Depressiya boʻlib, iqtisodiy bashoratchilar uchun butunlay kutilmagan hodisa boʻldi. 1929-yildagi fond bozorining qulashidan keyin ham, ular iqtisodiyot qiyinchiliklarsiz oʻzini oʻnglay oladi deb ishontirishgan edi. 1931-yilning oxirida iqtisodiyot oʻzining eng past nuqtasiga yetganida, taniqli iqtisodchi Irving Fisher, iqtisodiyot tez qayta iziga tushadi deb bashorat qilgan. Keyingi voqealar koʻrsatishicha bu bashoratlar juda ham optimistik boʻlgan: ishsizlik darajasi 1933-yilga qadar oʻsishni davom etdi va u oʻn yillikni oxirigacha ham yuqori surʼatlarda saqlanib qoldi14.

Ikkinchi mavzu iqtisodchilar oʻrtasida muhokama qilinganda iqtisodiy siyosat qonun-qoida tomonidan yoki mulohazakorlik bilan boshqarilishi lozim. Siyosat qonun qoida tomonidan boshqarilsa siyosatchilar oldindan qay darajada siyosatni turli vaziyatlarga javob berishini va oʻzlarini oʻsha mulohaza orqali borishini ta’kidlaydi. Siyosat mulohazakorlik bilan olib borilsa siyosatchilar voqealarni hajmi ular zarur deb hisoblangan siyosatni tanlash imkoniyatiga ega boʻladilar. Qoidalarga va mulohazalarga bogʻliq bahslar faol siyosatning passiv nisbatlari ustidan munozara qiladi. Siyosat qonun-qoida bilan boshqarilganda aktiv yoki passiv misol uchun passiv siyosat qonun qoidasida barqaror oʻsishni yiliga 3 foiz pul talabini ajratish orqali

koʻrishimiz mumkin. Foal siyosat qoidasi boʻlishi uchun







14 Kathryn M. Dominguez, Ray C. Fair,va Matthew D. Shapiro, “Depressiyani prognoz qilish: Harvard Yalega qarshi”, Amerika iqtisodiy tahriri 78 (1988 sentabr): 595-612. Bu maqola shuni ko’rsatadiki, buyuk depressiya davrida iqtisodiy bashoratlash qanday yomon amalga oshirilganini korishimiz mumkin va bu ular hozirgiday bashoratlashni amalga oshira olishmaganini bildiradi.

Pulning oʻsishi = 3%+(ishsizlik darajasi -6%)


Bu qoidaga koʻra pul massasi 3% ga oʻsadi, ishsizlik darajasi 6% boʻladi, ammo har bir foiz ishsizlik darajasi bilan pul bazasi oʻsishi 6% koʻproqdir. Bu qoida iqtisodiyotda pul massasini oʻsishini kuchaytirish orqali, qachonki iqtisodiyotda turgʻunlik boʻlganda barqaror holatga erishtirishga harakat qiladi.

Monetar siyosat sababli agar Federal zaxira nol foiz inflyatsiya siyosatini sodir etsa, katta ishsizlik darajasisiz kamroq inflyatsiya vujudga keladi, yaʼni:



  • investitsiyani kuchaytirish hukumat kapitaldan daromad soligʻi boʻlmaganligini eʼlon qiladi. Ammo fabrikalar qurilgandan keyin hukumat oʻzining soliq daromadlarini kuchaytrishni vaʼda berganligiga ishontiradi;

  • qayta oʻrganib chiqishni kuchaytirishda hukumat muntazam kompaniyalarga yangi dori-darmon ishlab chiqarish uchun monopoliya berganligini eʼlon qiladi, ammo bitta dori yaratilgandan keyin hukumat patentni bekor qilishga yoki dorini narxini pasaytirishga koʻndiradi;

  • yaxshi xatti-harakatni ragʻbatlantirishda ota-ona farzandi qonun qoidani buzganda uni jazolash kerakligini eʼlon qiladi, bola tartib- qoidani buzmaganda esa ota-ona uni kechirishligini aytadi, chunki oʻzini bolasini jazolash ota-ona uchun ogʻir hisoblanadi.




    1. Download 12,22 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish