Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


BOB. IS-LM MODELI VA UNING QOʻLLANILISHI



Download 12,22 Mb.
bet301/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

BOB. IS-LM MODELI VA UNING QOʻLLANILISHI





    1. IS - LM modelining mohiyati va AD-AS modeli bilan bogʻliqligi

Tovar va pul bozorida umumiy muvozanatga erishish shartlari va makroiqtisodiy siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga ta’sirini umumlashtirib tadqiq qilish IS - LM modeli yordamida bajariladi.

IS-LM modeli birinchi marta 1937-yilda J.Xiks tomonidan keynsning makroiqtisodiy konsepsiyasini izohlash uchun taklif etildi hamda 1949- yilda A. Xansenning “Monetar nazariya va fiskal siyosat” nomli kitobi nashr qilinganidan soʻng keng yoyildi. Shu sababli bu model Xiks modeli yoki Xiks-Xansen modeli deb ham yuritiladi. IS - LM modeli qisqa muddatli davrga ham tovarlar ham pul bozorida birgalikda muvozanat oʻrnatilishi mexanizmini xarakterlaydi. Bunda tovarlar bozori deganda ham iste’mol ham investitsion tovarlar bozori tushuniladi. Garchand iste’mol va investitsion tovarlarga talab turli omillar bilan belgilansada IS - LM modelida ular bir butun deb qaraladi. Pul bozori deganda xazina veksellari va tijorat qogʻozlari koʻrinishidagi qisqa muddatli kredit vositalarini oldi-sotdi mexanizmi tushuniladi. Bu bozorni obligatsiyalar bozoridan farqlash zarur. Pulning obligatsiyalarda ifodalangan nisbiy bahosi obligatsiyalar boʻyicha foiz stavkasidir.

IS - LM modeli (investitsiyalar-jamgʻarmalar, likvidlilikni afzal koʻrish – pul) – yalpi talab funksiyasini belgilovchi iqtisodiy omillarni aniqlash imkonini beruvchi tovar-pul muvozanati modeli”*. AD-AS modelida tovar va pul bozorlarining aloqasi e’tiborga olingan edi. Ya’ni tovarlar va xizmatlar baholarining koʻtarilishi pulga boʻlgan talabni oshirishi bu esa oʻz navbatida foiz stavkasining koʻtarilishiga olib kelishi, oqibatda investitsiya xarajatlari va umuman yalpi xarajatlar kamayishi AD-AS modelida koʻzda tutilgan edi. IS-LM modeli AD-AS modelini





  • Агапова Т.А.Серегина С.Ф. Макроэкономика:Учебник.-7-е изд.перераб. и доп.-М.:Издательство “Дело и сервис”, 2005. с.191.

qisqa muddatli davrga aniqlashtiradi va bu modelda har ikkala bozor yagona makroiqtisodiy tizimning sektorlari sifatida namoyon boʻladi. Model bu sektorlarda tarkib topgan sharoitlarga bogʻliq tarzda foiz stavkasi R bilan daromad darajasi Y ning muvozanatli darajasini belgilaydi.

Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va narxlar darajalarining tebranishlarini hamda ular oʻzgarishining oqibatlarini oʻrganish uchun asosiy model boʻlib hisoblanadi va boshqa bir qancha modellar AD-AS modelining xususiy holi hisoblanadi. AD- AS modeli yordamida davlat iqtisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin.

Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli yalpi talab – yalpi taklif modelini qisqa muddatli makroiqtisodiy siyosat maqsadlarida aniqlashtirgan boʻlib, uning xususiy holi hisoblanadi. Yalpi talab va yalpi taklif modelidan farqli oʻlaroq bu modelda narxlar darajasi va ish haqi oʻzgarmas miqdorlar hisoblanadi. Ayni shu sababga koʻra tovar moddiy zaxiralarining oʻsishi qisqa muddatda makroiqtisodiy muvozanatga erishishni belgilovchi omil boʻladi.

Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin boʻlgan yoʻqotishlarning oldini olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. Shuning uchun ham Keynsning iqtisodiy nazariyasini koʻp hollarda jami talab nazariyasi deb yuritiladi. Jami talab komponentlari, ayniqsa investitsiyalarning oʻzgarishi makroiqtisodiy beqarorlik sabablaridan biridir.

Narxlarning muvozanatli darajasi deganda shunday narx darajasi tushuniladiki, unda yalpi talab va taklif hajmi bir-biriga mos kelishi yoki teng boʻlishi kerak.

IS egri chizigʻi bozordagi tovar va xizmatlar muvozanatini aks ettiradi, LM esa bozorda real pul qoldiqlar muvozanatini aks ettiradi, buning natijasida, qachonki narx darajasi belgilangandagina IS-LM birgalikda foiz stavkasi va milliy daromad qisqa vaqt ichida ishga tushirilishini aniqlaydi. Oʻz navbatida IS-LM modelining 2 muhim masalalarini tahlil qilish zarur.

Birinchidan, milliy daromadning potensial oʻzgarishlar sababini koʻrib chiqmoq lozim. Biz milliy daromad oʻzgarishi salohiyati sabablarini nazada tutgan holda IS-LM modelining qanday ekzogen oʻzgaruvchan holatlari (davlat xaridi, soliqlar va pul taʼminoti) berilganda narx darajasining endogen oʻzgaruvchan (foiz stavkasi va milliy daromad) taʼsirini koʻrishimiz mumkin. Shuningdek, tovarlar bozorida (IS egri chizigʻi) va pul bozori (LM egri chizigʻi) boʻyicha turli qisqa muddatlik foiz stavkasini va milliy daromadga qanday taʼsir qilishini koʻrib chiqish kerak.

Ikkinchidan, IS-LM modelining jami talab va jami taklif modeli bilan moslashishini koʻrib chiqish zarur. Shu jumladan, biz IS-LM modelining jami talab yigʻindisini va oʻrnini tushuntirish nazariyasini taʼminlab beramiz. Bu yerda biz oʻz taxminlarimizni susaytirishimiz va belgilangan narxlar darajasini va IS-LM modelidagi narxlari darajasini va milliy daromad oʻrtasidagi salbiy munosabatni nazarda tutgan holda koʻrsatishimiz kerak. Model bizga yana jami talabning qanday yonalishda kengayishini aytib berishi mumkin.




    1. Download 12,22 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish