AD = S + I + G + Xn.
Baholar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi oʻrtasidagi bogʻliqlikni ifoda etuvchi chiziq yalpi talab egri chizigʻi deb ataladi. Buni chizma koʻrinishida tasvirlash mumkin (1-chizma).
1-chizmadan koʻrinib turibdiki, yalpi talab egri chizigʻi doimo pastga yoki oʻngga suriladi.
P
Bahodan boshqa omillar ta’siri
AD1
AD
Baho omillarining ta’siri Y
22.1-chizma. Yalpi talab egri chizigʻi
Bunday surilishning sababi har xil. Ma’lumki, alohida olingan tovarlar bozorida talab egri chizigʻining surilishiga asosan daromad samarasi va oʻrinbosar tovarlar sabab boʻladi. Ayrim tovarlarning bahosi pasayganda, iste’molchilarning pul daromadlari koʻproq mahsulot sotib olish imkonini beradi (daromad samarasi). Shuningdek, baho pasayganda iste’molchi ushbu tovarni koʻproq boshqa sotib oladi, chunki u boshqa tovarlarga nisbatan arzonroq boʻladi (oʻrnini bosadigan tovarlar).
Milliy bozorda AD-egri chizigʻining trayektoriyasini, ya’ni uning quyiga egilganligini, avvalo pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yordamida izohlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |