Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent



Download 12,22 Mb.
bet23/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

Misol: Talab va taklifning oʻzgarishi. Faraz qilaylik, issiq havo va boʻron bir yozning oʻzida sodir boʻldi. Bu kombinatsiyani tahlil qilish uchun biz yana uch qadamga ergashamiz.

    1. Biz ikkala chiziqning ham siljishini aniqlashimiz zarur. Issiq havo talab egri chizigʻiga ta’sir etadi, chunki bu iste’molchilarning istalgan narxda sotib olishni xohlagan muzqaymoq hajmini oʻzgartiradi. Bir vaqtning oʻzida boʻron shakar narxini oshirsa, bu muzqaymoq uchun

taklif egri chizigʻini oʻzgartiradi, chunki bu firmaning har qanday narxda muzqaymoq sotish hajmini oʻzgartiradi.

    1. Egri chiziqlar biz avval tahlil qilganimizdek bir xil yoʻnalishda oʻzgaradi: talab egri chizigʻi oʻngga siljiydi va taklif egri chizigʻi chapga siljiydi. 12-rasmda bu oʻzgarishlar tasvirlangan.





    1. 12-rasmdan koʻrinib turibdiki, ikkita mumkin boʻlgan natija talab va taklifning nisbiy oʻzgarishiga bogʻliq. Ikkala holatda ham muvozanatli narx oshadi. (a) rasmda taklif biroz tushganda talab koʻproq oshmoqda, muvozanatli miqdor ham oshmoqda. (b) rasm bilan qiyoslaganda, talab biroz oshganda taklif biroz tushmoqda, muvozanatli miqdor ham pasaymoqda. Shu sababli, bu hodisalar muzqaymoq narxini shubhasiz oshirmoqda, lekin sotilgan musqaymoq miqdoriga ta’siri ikki xil (bu ikki xil yoʻl bilan ham ketishi mumkin).

Biz muvozanat oʻzgarishini tahlil qilish maqsadida talab va taklif egri chiziqlaridan qanday qilib foydalanishni uchta misolda koʻrib chiqdik. Biror hodisa taklif egri chizigʻini, talab egri chizigʻini yoki ikkala egri chiziqni oʻzgartirsa, siz bu usullardan muvozanatli miqdor va sotilgan mahsulot narxiga qanday ta’sir qilishini prognoz qilishingiz mumkin. 4-jadvalda ikkala egri chiziqning har qanday kombinatsiyasida natija qanday boʻlishini prognoz qilish mumkinligi koʻrsatilgan. Talab

va taklif usullaridan qanday foydalanish kerakligini tushunganlikka ishonch hosil qilish uchun bu jadvalga bir nechta ma’lumotlar kiriting va nima sababdan jadval prognozlarni oʻz ichiga qamrab olishini tushintirib bera olishingizga ishonchingiz komil boʻlsin.

Mos rasmda agarda pomidor narxi oshsa, pitsa uchun bozorda qanday oʻzgarish boʻlishini koʻrsating. Boshqa bir rasmda agarda gamburger narxi tushsa, pitsa uchun bozorda qanday oʻzgarish boʻlishini koʻrsating.

Bizning qarorlarimiz muzqaymoq bozorini oʻz ichiga olgan holda chiqarilgan boʻlsada, bu dars boshqa koʻpchilik bozorlar uchun ham oʻrinlidir. Siz qachon boʻlsa ham doʻkonga xarid qilgani borganingizda, siz biror tovar uchun talab bildirasiz. Siz qachon boʻlsa ham ish qidirganingizda, siz mehnat xizmatiga talab bildirasiz. Chunki talab va taklif shunday tarqalgan iqtisodiy hodisa, talab va taklif modeli tahlil uchun kuchli qurol. Biz bu modeldan kelgusi boblarda takroran foydalanamiz.

Oʻnta iqtisodiy tamoyillardan biri, ya’ni bozorlar iqtisodiy faoliyatni tartibga solib turishning yaxshi yoʻli ekanligi 1-bobda muhokama qilingan edi. Bozorning oqibati yaxshi yoki yomon ekanligini hal qilishga hali erta ekanligiga qaramasdan, biz ushbu bobdan bozorning qanday qilib ishlashini koʻrishni boshladik. Har qanday iqtisodiy tizimda cheklangan resurslar raqobatchilar oʻrtasida taqsimlanishi zarur. Bozor iqtisodiyotining tayanchi talab va taklifning oʻzaro bir-birini toʻldirib turishidir. Talab va taklif iqtisodiyotdagi koʻplab turli xil tovar va xizmatlarning

narxini aniqlab beradi, narxlar bir tomondan resurslarni taqsimlash uchun yoʻl hisoblanadi.

Misol uchun, sohil yerining taqsimlanishini olaylik. Ushbu yerning cheklanganligi sababli hamma ham bu qimmat sohil yerida rohatlana olmaydi. Bu resurslarni kim oladi? Javob kimda xohish va toʻlash uchun yetarli puli boʻlsa oʻsha kishi. Sohil yeriga boʻlgan talab va taklifning balansi uning narxini tartibga solib turadi. Shu sababli bozor iqtisodiyotida narxlar cheklangan resurslarni tartibga soib turish uchun mexanizm hisoblanadi.

Shunga oʻxshash, narxlar kim har bir tovardan qancha ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Masalan, firmalarni olaylik. Bizga ovqat yashash uchun kerak, odamlarning firmada ishlashi bu muhim. Kim fermer va kim fermer emasligi qanchalik muhim? Erkin jamiyatda, bu qarorni qabul qilish uchun hukumat rejalashtirish agentliklari yoʻq. Buning oʻrniga, ishchilarni firmaga taqsimlash millionlab ishchilarning ish qaroriga bogʻliq. Bu markazlashmagan tizim juda yaxshi ishlaydi, chunki bu qarorlar marxga bogʻliq. Oziq-ovqat narxlari va firma ishchilarining maoshi (mehnat narxi) yetarlicha insonlar fermerlikni tanlash uchun tartibga solib turiladi.



Agarda biror shaxs bozor iqtisodiyotini harakatini biror marta koʻrmagan boʻlsa, barcha gʻoyalar oʻrinsiz boʻlib koʻrinishi mumkin. Iqtisodiyot koʻpchilik guruh odamlarining birgalikda faoliyat yuritishidir. Millionlab insonlarning xohish va turli xil qobiliyatlari bilan bogʻliq harakatlarini nima muvofiqlashtiradi? Nima orqali biror narsaga boʻlgan ehtiyoj bilan qondiriladi? Javobi bir soʻzda, ya’ni narx. Agar Adam Smitning mashhur nazariyasiga koʻra koʻrinmas qoʻl bozor iqtisodiyotini boshqarsa, unda narx tizimi bu iqtisodiy orkestrga dirijyorlik qiluvchi oʻsha koʻrinmas qoʻldir.

Download 12,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish